Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va
5
tarkibida banklar 67,1 % ni tashkil qilgan.
2
Bu boradagi muammolardan yana biri –
monetar siyosatning iqtisodiy o’sishiga nisbatan ta’sirining zaifligi hisoblanadi.
Monetizatsiya koeffitsienti darajasining past ekanligi fikrimizning isbotidir. 2011
yilda monetizatsiya koeffitsienti 21,7 foizni, 2012 yil holatiga ko’ra esa, 22 foiz
atrofida tashkil etgan. Xolbuki bu ko’rsatkich, Xalqaro valyuta fondi
ekspertlarining tavsiyasiga ko’ra, kamida 30 foizni tashkil etishi lozim.
Iqtisodiyotdagi ijobiy va salbiy holatlarni yaxshilash va bartaraf etish uchun
har qanday mamlakat hukumati har doim iqtisodiyotni barqarorlashtirishda aniq
maqsadlarga yo’naltirilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi. Buning uchun
hukumat pul-kredit va soliq-byudjet siyosatini davlat makroiqtisodiy siyosatida
belgilangan aniq maqsadlardan kelib chiqqan holda muvofiqlashti radi.
Jahon iqtisodiy amaliyotidan ma’lumki, ishlab chiqarishning pasayishini
to’xtatish, inflyatsiya darasini jilovlash va uni keskin pasaytirish hamda
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdek ma’suliyatli maqsadga qisqa vaqtda
erishib bo’lmaydi. Ushbu maqsadga bir necha yillar davomida qator islohotlarni
muvaffaqiyatli amalga oshirish orqaligina erishiladi. Shuningdek, makroiqtisodiy
barqarorlikka erishish uchun, har doim ham qisman amalga oshiriladigan islohotlar
yoki alohida olingan pul-kredit va fiskal siyosatining ta’siri yetarli deb bo’lmaydi,
albatta. Buning uchun hukumat tomonidan aniq maqsadlarga yo’naltirilgan qator
tuzilmaviy
va
iqtisodiy
islohotlarni
qamrab
oluvchi
makroiqtisodiy
barqarorlashtirish dasturi majmuasi ishlab chiqilishi hamda uni muvaffaqiyatli
amalga oshirilishi zarur.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublikamizda Markaziy bankning
monetar siyosatini takomillashtirish va uni iqtisodiy o’sish sur’atlariga ta’sirini
oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilishining
zarurligi, hamda mazkur holat iqtisodiy adabiyotlarda chuqur o’rganilishi, ushbu
ilmiy ishni tanlanishiga asos bo’ldi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Monetar siyosatni takomillashtirish,
uning makroiqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlashdagi rolini oshirishning
Dostları ilə paylaş: