4-FASL ILMNI VA ILM AHLINI ULUG’LASH HAQIDA
Bilgilki, tolibi ilm ham, tolibi kasb-hunar ham faqatgina ilm va ilm ahlini.hurmatini o’z o’rniga keltira
olishi uni hurmatlab, ta’zimini ado eta olishi bilangina ilmga, kasbga erishib, ulardan muvaf-faqiyat ila
manfaaat topadi. Ustozni hurmatiga e’ti-bor va uni qat’iyan ulug’lash, salobatli tutish esa alohida
ahamiyat kasb etadi. Donishmandlarimiz:
Hurmat saqlash toat-ibodatdan ko’ra afzalroqdir,-deganlar. Yana bir ulug’ zotdan:
-Ilm afzalmi yoki odob?- deb so’raganlarida, ul zot:
-Odob afzal,- deb javob berganlar.
Haqiqatda ham, go’zal xulq, odob har qanday olimu-xunar egasining benazir ziynatidir. Yana shunday
mo’’ta-bar insonlardan:
kim nimaga erishgan, fazilat va daraja topgan bo’lsa faqat hurmat, odob saqlash bilan erishibdi. Kimki
o’z obro’-e’tiboridan, erishgan fazilatidan ayrilgan bo’lsa, bilsinki, u faqatgina bu ayriliqni odob
saqlashni loyiq ko’rmagani, hurmat va e’zozni tark qilgani sababidandir,- deb ogoh qiladilar. Yana:
-Ogohlik, ziyrak fahm bilan bir oz fikr qilgin, inson gunohu ma’siyat bilan imondan ajrapmaydi. Balki
izzat-ikromni va odobni tark etgani uchun kofir bo’ladi.
Farishtalarga dars o’tagan Iblisni yodingga ol! U beodoblik va tarki ehtirom-la Alloh taoloning rahmat
dargohidan quvildi, Unga osiy bo’ldi.
Vahhobiylarni ko’r! Kattalarga hurmatlari, kichikka izzatlari yuzakilikka, yohud yo’qlikka yuz tutgani
sabab ustozning ulug’ligini e’tirof etmadilar. Barcha us-tozlarining norizolik dastorlarini boshlariga
qo’yib, ustlariga duoibaddan iboratliboslar kiydilar. «Ilmu taqvolari» bilan muborak, pok dinimizga
qancha zarar keltirdilar. Ushbu harakatlari natijasida to’g’ri yo’ldan chiqdilar, Allohning roziligiga
muyassar bo’ladigan yo’ldan adashib, dunyoga, shayton rizoligi tomoniga o’tdilar.
Musannif (a.r.) hazratlari, muallim va ta’lim-tarbiya beruvchi insonni hurmatini qoim qilish, ular
huzurida odobu ahloq sulukotlariga rioya qilish bevosita ilmni hurmati, ta’zimidan sanaladi, - deb qayd
etadilar. Hazrati Ali (r.a.)ning ushbu so’zlarini gapimizning tasdig’i desak, mubolag’a qilmagan
bo’lamiz. Hazrati Ali aytdilar:
- Menga bir dona harf o’rgatgan kishining quliman.
Хohlasa sotsin, xohlasa qullikdan ozod qilsin,
xohlasa kul qilib ishlatsin.
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |