www.ziyouz.com kutubxonasi
28
Ustoz Burhoniddin Marg’inoniy she’ri:
Bilki, Otangga maloiklar,
Ilmi chun sajda qildilar.
Ilm ne’matning oliy maqomi,
Sajda bo’ldi bunga alomat.
Chun sajda amallar mahbubi
Ilm endi uning sardori.
Тangrim etsa bandasin aziz,
Har makonida ul aziz.
Ilmning azizligiga shak yo’q,
Ilsmiz har yerida xo’rlikka to’q.
Ilm -oliy martabalarni oliyrog’idir.
Agar o’xshatish joiz bo’lsa, go’yo oliy martaba janoza ko’tarib keta-yotgan jamoatdagi tobutning
martabasi kabidir.
Тo-butni avaylab, yelkalari uzra ko’tarib baland tutadilar. Sohibi ilmning hurmati
orta-orta, boqiy qolur. Johilu nodon esa tufroqlar orasida qolur. Hayhot! Ilmning fayzu fazilatini
chegarasi qanday ham bepoyon ekan! Kim ilm bilan rivoju taraqqiy topsa, mulku davlat ham unga
keladi.
Тarix sahifalarida nomi boqiy qoladi.
Men shu ulug’ martabalar hosil bo’ladigan yo’llarni bir-bir aytib beray, quloqsoling! Menda bu ulug’
manzillar tadorigini qisqa ifodasi bor. Ilm nur, sohi-bini ma’naviy ko’rlikdan to’g’ri va haq yo’lga
hidoyat qilur. Ko’r ko’zlarini ko’radigan qiladi. Johil umrini zulmatu qorong’ulik ichida o’tkazadi.
Ya’ni, befoyda umri hayotini ma’nak zulmat ichida yashiradi.
Nur esa sohibiga panox beradigan ulug’ cho’qqi kabi bo’lib, iltijo qilganni o’z himoyasiga oladi.
Musibat va xayot so’qmoqlarida unga qarab yurgan, o’zini omon va salomaglikda sezadi. Bu nur bilan
kishilar najot toparlar, ammo odamlar undan g’afla gdadirlar. Bu nur Alloh fazlini umid qilishg a
haqlik qiladi. Agar ruhing, ya’ni jasading tuproq ostida qolsa ham, bu nur fazlidan noumid bo’lishga
yo’l qo’yma. Bu nur gunohkor kishilarga to’g’ri yo’lni ko’rsatish bilan shafoat qiladi. Shuningdek, bu
nur Parvardigor igoatiga qaygarish, ibodatiga moyil qilish bilan ham dunyoda shafoat qiladi.
Bu quyosh nuridek rryashandir. (puninguchun bu nur so-hibi ruzi mahsharda shafoat qilishiga shak
yo’kdir. Osiylarni olim qullar shafoat qilishi haqdir. Hatto olim qullar eng qattik azobga mustahiq
bo’lganlarni ham shafoat qilishga erishadilar.
Demak, kim bu nurni, ya’ni ilmni egallashni qasd qilgan ekan, barcha maqsadlarni niyat qilibdi. Kim
uni egallasa har bir ispaklarini qo’liga kiritibdi.
Ey aql sohibi! Ey ziyrak zot! Bilsang bu eng oliy mansabdir! Agar sen uning haqiqiy sohibi bo’la
olsang, ilm qalbingga kirgan bo’lsa, dunyoviy obro’yu mansablardan voz kechishing osonroq o’tadi.
Dunyo uchun g’am yemay, tashvishga botmaysan. O’z izzating bilan jamoat orasida yaxshi mavqs’
egasi bo’lasan. Zero, rivoyat qilishlaricha, ahli ilmlarning rizqu nasibalari doim oqib turishi uchun
Alloh taolo o’nta kasiba eshiklarini joriy qilgan ekan. Agar bitta eshik yopilsa, darhol boshqasi. gohbir
nechasi barobar ochiladi.
Mabodo, qo’lingdan mol-dunyo ketsa xasrat dasturxonini yozma! Dunyo ne’matlari yoqimli bo’lib
o’ziga rom etsa, undan ko’zingni yum! Zero, ilm Alloh taoloning bandalariga bergan ne’matlarining
eng xayrlirog’i va afzalidir. She’r:
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |