Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc



Yüklə 255 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/76
tarix01.01.2022
ölçüsü255 Kb.
#50845
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   76
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

33

olmasalar, darhol mashvarat o’tkazar edilar. 



 

-Bu masala yuzasidan darhol munozara, muzokara qilishni o’zimga ma’qul ko’rar edim, - deydilar,- 

zero, har bir ilm sohibidan ko’ra biluvchiroq bor,- deb Alloh taolo o’z Kalomi majidida ogohlantiradi. 

 

Vaholanki, muzokaraning va o’zaro fikr almashishning foydasi yolg’iz takrorlashdan ko’ra ko’p va 



afzalro-kdir. Chunki, fikr almashish, munozara yuritishda saboqni takrorlab olish, ba’zi nozik 

tomonlariga e’tibor berish, ahamiyat qilinmagan o’rinlari ko’rinib uni egallab olish mumkin bo’ladi. 

Bu bilan ilm ziyoda va pishiq bo’ladi. Shuningdek, bilganini tili bilan izhor qilish, keyinchalik ilmiy 

suhbat o’tkazish iste’dodini rivojlantirish kabi xislatlari ham kamol topadi. 

 

Donishmandlarimiz aytibdilar: 



-Bir soat fikr almashib, muzokara o’tkazish bir oy takrordan xayrlirokdir. 

 

Muzokaraning sharti sherikni insofli, yaxshi niyat-li, xulqu tabiati mustaqim, to’g’ri va sog’lom 



bo’lishidir. 

Sen qaysar, haqni qabul qilmaydigan, irodasiz, xu-lqi mustaqim bo’lmagan, mulohazasi tez 

o’zgaradigan, hujjatsiz o’z fikrini g’olib qilish, tan oldirishga harakat qiladigan kishilar bilan bahs 

bog’lamagin! Bunday kishilardan uzoq bo’l! 

 

Qozonga yaqin yursang qorasi yuqar!- deganlaridek, bu noshoista xislatlar senga ham o’tishi mumkin. 



In-son tabiati zaif, shikasta va o’zgaruvchan, har tomonga moyil bo’luvchi bir tabiatdir, Shuning uchun 

ham, uni bundaylarning ta’siridan ehtiyot qilish kerak. 

 

Hazrat Halil bin Ahmad (a.r.)ning yuqorida zikr etilgan so’zlarida ham juda ko’p foydali o’gitlar bor. 



Ilm o’zi ulug’ va g’oyat mo’’tabardir. Mashoyixlarimiz aytdilar: 

kim ilmga xizmat qilsa, ilm unga barchani xizmat-chi qilib qo’yadi. 

 

Haqiqatda esa, bu ilm shartlaridan biridir, 



 

Тolibi ilmning yana bir zaruriy vazifalaridan biri, ilmning nozik, ahamiyat talab o’rinlarini doim 

o’ylab, fikr yuritishni odatlanishidir. Zero, mana shunda unga erishish mumkin bo’ladi. Shuninguchun 

ham, o’yla erishasan, idrok qilasan!- deganlar. 

 

Avval o’yla, keyin so’yla,- deganlaridek, har vaqt ga-pirishdan oldin uning oqibatini yaxshilab 



mulohaza qilish kerak bo’ladi. 

Тoki, gap to’g’ri va ma’noli bo’lsin, gap o’rinsiz, bekor va hijolat 

qiladigan bo’lmasin. Janob payg’ambarimiz (s.a.v.): 

-Uzr aytib, hijolat bo’lishingga sabab bo’ladigan so’zni gapirma!- deb, har bir so’zni e’tibor bilan ga-

pirishga buyuradilar. 

 

Aytilgan so’z esa otilgan o’q, boshqa narsalar kabi qaytarib bo’lmaydi. Shuning uchun bu xikmatlarga 



faqat amal qilinsa kifoyadir. Fikh olimlari usul kitoblarida bu qoidani asos va eng katta asldir, - 

debdilar. U ham bo’lsa, olim so’zini munozara va muzokaralar hamda boshqa vaqtlarda yaxshilab 

o’ylab, o’lchab-tortib gapirishligyni zarurligidir. 

 

Ulug’ donishmandlar: «Aqlning asosi va manbasi gapni sobitligi hamda uni tafakkur bilan 



aytilmog’idir»,- deganlar. «Agar maslahat qiluvchini o’z tug’ishgan akangdek qabul qilsang va 

so’zlarini jon deb qabul qilib, unga amal qilsang, mening bu so’zlarimga ham e’tibor ber!- deb bir 




Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

 

 




Yüklə 255 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin