Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc



Yüklə 255 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/76
tarix01.01.2022
ölçüsü255 Kb.
#50845
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

32

qilishga vazmin keladigan narsani yodlashdan ko’ra xayrlirokdir. 



Agar talaba o’z vaqtida tushunib olishga harakat qilmay, sustkashlikka yo’l qo’ysa bunga o’rganib 

qoladi. Natijada oddiy va oson so’zni ham tushuna olmaydigan bo’lib qoladi. Demak, talaba saboqni 

olayotganida uni ilg’ab olishga, chukur anglab olishga beparvolik qilmas-ligi kerak ekan. Balki, jiddi-

jahd qilsin. Alloh taologa duo qilsin, tazarru-shikastalik bilan yalinsin! Zero, Haq taolo duo qilganning 

duosini, so’raganning so’raganini ijobat qiladi. Umid qilganni noumid qo’ymaydi. 

 

Ustoz, shayxul islom, buyuk imom, Qavvomuddin hazrat Hammod ibn Ibrohim ibn Ismoil assig’oriy 



al-Ansoriy shogirdlari, jalolatli qozi Halil ibn Ahmad Saraxsiy (a.r.) hazratlariga shunday vasiyat 

qilganlar: -Ilmga xizmating ko’p foyda beruvchi xizmat bo’lsin! Darslarga tirishqoqlik, jiddiy 

yondashish bilan bardavom bo’l! Agar biror foydani yodlasang, uni takror qilgin! So’ng uni aniqlab, 

qayd qilib qo’ygin! Shunda xohlagan vak^ingda yodingga olishga imkon yaratasan. Qayd qilib qo’yish 

bilan har qachon bu saboqga qayta olursan va yo’qotishdan omon bo’lasan. 

 

Odat qilgin biron yangi narsani o’rganmoqni, Ham odat qilgin o’tgan darsni takrorlamoqni Mana 



shunda ilming bo’lur ziyoda, Insonlarga ilm bilan muzokara qil, Bu yo’l bilan hayot bahsh etmoqni 

odat qil, Mana shunda ilming bo’lur ziyoda. Bo’lgin orifu-oqil va lek Zinhor bo’lma insonlarga yot! 

Ya’ni, odamlardan uzoq, ularga foyda bermaydigan ilmli kishi bo’lishdan yiroq bo’lgin! 

 

Bilginki, ilmni yashirsang, so’rapgan vaqgda bilganingni bildirmasang, uni unitasai. Keyin o’zingni 



ilmsiz va dangasa holda ko’rasan. Qiyomat kuni esa, yashirgan ilmingni og’zingga o’tdan yugan qilib 

solinadi. Yana qattiq alamli, qizigan olov bilan azoblanasan. 

 

Тolibi ilm uchun, o’zlashtirgan darslarini pishiq va puxta bo’lishi uchun muzokara, munozara va ilmiy 



bah-slar, ya’ni mukolamaning ahamiyati kattadir. Insof bilan, anglamaganini bilib uchun bo’lmog’i 

mukolama qilishi kerak. Uni  chuqur mulohaza bilan bahslarni shoshilmasdan olib borishi talab 

qilinadi. Shunda janjal, nosog’lom muhitdan hamda bir-birini yomon ko’rish, g’azablanish, o’zaro 

dushmanlikdan saqlaniladi. Zero, bahsu-munozara va muzokara mashvarat, mas-lahatdir. Mashvaratni 

esa, faqat to’g’ri javobni topish uchun, muammolarni haqqoniy, rost yo’lda hal qilish uchun 

o’tkaziladi. Bu insof bilan, chukur mulohaza yuritish bilan hosil bo’ladi, janjal, adovatu-xusumat qilish 

bilan, bir-biriga g’azab qilish, insofsizlik va takabburlik bilan aslo hosil bo’lmaydi. 

 

Shuning uchun, bahsu-munozara o’tkazishdan maqsadi, biron kishini mulzam, hijolat qilish, o’ch olish 



va shu kabilar bo’lsa, uni o’tkazish durust ham,  halol ham bo’lmaydi. 

 

Zero, Umari Odil (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, savollar mazmuniga ko’ra uch xil bo’lib, shundan 



ikkitasi sohibiga najot beradi, boshqasi qattiq malomatga qoldiradi. Najot beradigan savollarni avvali. 

bu ilmga, bilmaganni bilishga tashna bo’lib so’rash va ikkin-chisi o’zi biladi, ammo boshqalar ham 

bilishlari uchun, bilganlarini mustahkamlash uchun so’rash sohibiga ilm talab qilishdagi barcha 

fazilatlardan bahramand bo’lishni nasib etadi. Ammo, uchinchisi birovni mulzam qilish, uyaltirish, 

beobro’ qilish uchun, ilmi balan-droq ekanini bildirish va boshqa shu kabi g’arazlar bilan so’rash 

sohibini uqubatga mubtalo etar ekan. 

 

Ammo haqiqatni isbotlash, yolg’on va qalbaki narsani fosh qilish bo’lsa, muzokara o’tkazish to’g’ri va 



halol bo’ladi. Umuman bahsda, ayniqsa, ilmiy munozaralarda hiylanayrang qilish, yolg’on bilan 

haqdan chalg’itysh zinhor mumkin emas. Lekin, bahs yuritayotgan kishi sarkashlik qilib, haqiqatni tan 

olmasa, haqni talab qiluvchi bo’lmasa, shundagina joiz, balki zarur ham bo’ladi. Muhammad ibn 

Yahyo (a.r.) hazratlari biror mushkil ishga yoki muammoga yuzlansalar va uning yechimini topa 




Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

 

 




Yüklə 255 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin