www.ziyouz.com kutubxonasi
59
emasdir,- deb ogohlantirganlar.
Ko’chada o’tirma! Zarurat bo’lsa, masjidda o’tir!
Ey, o’g’lim! Bozor va masjidlarda taom tanovul qil-magin! Shuningdek, ko’chalarda ham ovqatlanma!
Joylarda sotilayotgan ichimlikni, ichimlik sotuvchilar qo’lidan ham ichmagin! Bundan saqlanish
o’zingga foydadir.
Ey, farzand! Yana bir nozik muhim ishni bilib olgin! Rasta vataom tanovul qilishga mo’ljallangan xon-
taxta (stol) ustiga o’tirma!
Ipak matoli turli harir hamda yaltir-yultir kiyimlarni kiyishdan saqlan! Chunki, bu kiyimlar erkaklarga
yarashmaydi. Hulq-atvorlarini bachkana bo’lishini va ayollar tabiatiga moyillikni keltiradi. (Shubhasiz,
turli taqinchoklar -uzuk, zanjirlar, hatto soatni ham ziynat uchun taqsa, mazkur xislatlar egasi bo’lib
qolganini o’zi ham bilmay qoladi.)
Ey, farzand! Ahli ayoling bilan uyda va bir o’rinda bo’lganingda ko’p gaplashma! Faqat zarurat
vaktida, shunda ham zarurat miqdoricha bo’lgani ma’kuldir.
Ko’p yaqinlik qilishdan, uni hadeb bag’ringga bosishdan saqlan. Unga yaxshi niyat bilan, Allohni yod
etib «bismillah» deb yaqinlash.
Ahli ayoling bilan bo’lganda boshqa ayollar to’g’risida hech gapirma!
Хatto o’z cho’risi va
boshqalarning cho’rilari haqida ham gap ochma.
Qaytar dunyo, deydilar. Begona ayollarni gapirganingda, ayoling ham begona erkaklar to’g’risida
gapirishi mumkin.
Agar qodir bo’lsang, zinhor beva, erdan ajragan yoki yolg’iz otasi va yoki onasi bilan qolgan yoki
farzandlari bo’lgan ayolga uylanma. Agar uni xotinlikka olsang, shu yaqinlaridan birontasi uyga
kelmasligi sharti bilan uylan. Chunki, agar xotin boy-badavlat bo’lsa, ota-onasi bu mollar bizniki, deb
da’vo qiladilar.
Mol-dunyo qo’lning kiri, vaqtinchalik beriladigan, tezda sarf bo’lib ketishga mahkum narsadir. Uni
deb qancha asabing va obro’ying ketadi.
Imkon qadar qaynotangni uyiga bormagin va albatta, ichkuyov bo’lishga rozi bo’lmagin! Agar
ichkuyov bo’lsang, ular molingni olib, yana topganingga tama qiladilar. Oldingi turmushidan farzand
orttirgan ayol bilan turmush qurishdan saqlan! Chunki, hech sir emas, bu ayol mol-dunyoni bolalariga
ajratib to’playdi, hatto seni mollaringni ham o’g’irlashga beradi. Shu bilan topganlarini hammasini
bolalariga infoq qiladi va senga ko’pincha ahamiyat ham, vaqt ham ajratmaydi. Molingga unda vafo
topishing juda mushkul bo’ladi. Negaki, uning bolasi sendan ham, molingdan ham ko’ra aziz,
qadrlirokdir.
Ey, o’g’lim! Dunyo gam-tashvishlaridandapos bo’lishing Uchun, zinhor bir hovlida ikki xotin (ikki
ro’zg’or) bilanturma! Ularning hovlisi ham, kirib-chiqadigan eshiklari ham boshqa-boshqa bo’lsin!
Agar hojatlarini ado etishga qodir bo’lishingga ishonsang, buning uchun kasb-hunar, sarmoyang
bo’lsa, keyingilarini xotinlikka olgin. Yo’qsa, bittasi bilan kifoyalan!
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |