Blefaritlar
Blefarit – qovoq, qirg‘oqlarining yallig‘lanishi bo‘lib, ko‘p uchraydigan va uzoq davom
etadigan ko‘z kasalliklaridandir. Kasallikning oddiy, qipiqsimon va yarali turladi bor.
Oddiy blefaritda qovoq kirroklarining qizarishi ko‘zatiladi. Bemorlar kichish, ko‘zlarining
tiqilishi tez-tez yumilib-ochilishi, ko‘z tirqishi chetlarida ko‘piksimon ajralma bo‘lishi ko‘zlarining
o‘qish-yozish va ayniqsa kechqurunlari sun’iy yorug‘likda tez charchashiga shikoyat qiladilar.
Qipiqsimon blefarit yoki qovoq seboreyasida qovok qirg‘oqlari doimo qizil bo‘lib dag‘allashadi.
Teri kiprik ildizlari atrofida mayda oq-kul rang qipiqlar bilan qoplangan bo‘lib, ular boshdagi
qazg‘oqlarni eslatadi. Agar ularni olib tashlansa tagidagi teri o‘ta qizarganligi va yupkalashganligini
ko‘rish mumkin. Bemorlar qovoqlarining kuchli, qiynoqli qichishiga, yorug‘lik va changga uta
sezgirligiga shikoyat qiladilar. Qechqurunlari yozish, o‘qish mumkin bo‘lmay qoladi.
Yarali blefarit uzoq va og‘ir kechadigan qovoq yallig‘lanish kasalliklaridan biridir. Asosan
bolalar va o‘smirlarda uchraydi. Bemorning shikoyatlari va mahalliy o‘zgarishlar qovoq seboreyasidek,
ammo o‘ta kuchli va rivojlangandir. Xarakterli xususiyatlaridan qovoq qirg‘oqlari va kiprik ildizlarida
sariq yiringli, kipriklarni birlashtirib yopishtiruvchi po‘stloqchalarning borligidadir Bu po‘stloqchalar
qovoq yog‘ bezchalarining qurib qolgan yiringli sekretidir. Ularni olib tashlash qiyin va og‘riqlidir. Ular
bilan kipriklar ham chiqib keladilar va urnida qonab turuvchi yaralar hosil bo‘ladi. Agar yiringli
yallig‘lanish bo‘lsa kipriklar olib tashlanishi bilan ular o‘rnida yiring paydo bo‘ladi. Bu joylarning
keyinchalik bitishi natijasida chandiklar hosil bo‘lib, kipriklarni noto‘g‘ri o‘sishiga olib keladi. Ba’zida
kipriklarning to‘kilib ketishi, boshqa o‘smasligi, qovoq kirroklarining deformatsiyasi gipertrofiyasi
yo‘g‘onlashishi va ichkariga qayrilishiga olib keladi. Blefaritlar odatda surunkali qon’yunktivitlar bilan
birgalikda uchraydi. Qovoqdagi dag‘al o‘zg‘arishlar shox parda tomonidan asoratlarra olib kelishi
mumkin
Etiologiya va patogenezi.
Blefaritni kelib chiqish sabablari ko‘p va turlidir. Umumiy sabablardan vitaminlar etishmasligi,
anemiya, oshqozon-ichak kasalliklari, gijja, endokrin va modda almashinuvining bo‘zilishi, allergik
kasalliklar aloxida ahamiyatga egadilar. Ko‘pgina hollarda tonzillit, burun polipi, adenoidlar, refraksiya
anomaliyasi ham sababchi bo‘ladilar, Balog‘atga etish vaqtida neyroendokrin o‘zgarishlar tog‘ay va yor
bezlarining funksiyasining buzilishiga olib keladi. Bu disfunksiya bir tarafdan gipersekretsiya, ikkinchi
tarafdan sekretni kerakli miqdorda chiqib ketishini ta’minlay olmasligidir. Qon’yunktival bo‘shliqdagi
mikroflora qovoq yog‘ bezchalari, kiprik ildizi qochalariga va tog‘ay bezlariga kirib autoimmun
sensibilizatsiya oqibatida ularning yallig‘lanishiga olib keladi.
Davolash: Blefaritlarni davolash umumiy va mahalliy tadbirlardan iboratdir. Avvalo kasallikni
kelib chiqish sabablari aniqlab ularni yo‘qotish. Organizmni sog‘lomlashirish va chiniqtirish. Mahalliy
davo: oddiy va chiranoksimon blefaritlarda tog‘ay
va yog‘ bezlarining funksiyasini yaxshilash uchun
qovoqlarni shisha tayoqchalar yordamida massaj qilish, antibakterial surtma dorilar va tomchilar berish.
Qovoq qirg‘oqlarini 1% li brilliant yashilning spirtli eritmasi bilan surtib chiqish kerak. Yarali
blefaritlarda esa qovoqlarni oldin yiringli po‘stloqlardan tozalash va 1% brilliant yashil bilan surtib turish
kerak.
Dostları ilə paylaş: |