Qovoqning kiprikli qirrasini ko‘z olmasi tomonga qayrilishi kasalligida kipriklar shox pardani
qirib shikastlantiradilar va yara hosil qilinlari ham mumkin. Qovoqni ichkariga burilish spastik (ya’ni
aylanma mushakning qovoq kismini spastik kiskarishi) va chandiqli (ya’ni tog‘ayni travma, traxoma,
kuyish oqibatida kiyshayishi) bo‘lishi mumkin. Spastik qovoqni ichkariga burilish ko‘pincha keratit va
qon’yunktivit bo‘lgan kariyalarda ham uchraydi. Davolash: qovoqni spastik ichkariga burilishini
davolashda avval keltirib chikaruvchi sabablarni yo‘qotish zarur. Xirurgik davolash: qovoq terisining bir
kismi olib tashlanadi va qovoqni tashqariga qaratuvchi iplar qo‘yiladi. Chandiqli qovoqni ichkariga
burilishi plastika qilish yo‘li bilan to‘g‘rilanadi.
Qovoqni tashqariga buralishi spastik, paralitik, atonik va chandiqli bo‘ladi.
Qovoqni spastik tashqariga burilishi surunkali blefaroqon’yunktivitlarda yuzaga keladi.
Qovoqni paralitik tashqariga burilishi yuz nervi paralichida ko‘zatiladi. Qovonni atonik
tashqariga burilishni odatda qariyalarda aylanma mushakning atrofiyasi va terining elastikligining
yo‘qolishi oqibatida bo‘ladi.
Qovokni chandiqli tashqariga burilishi travma, qo‘yish natijasida yuzaga keladi. Klinik
ko‘rinishda qovoq ko‘z olmasidan ajralib va pastga osilib turadi. Og‘ir holatlarda qovoq qon’yunktivasi
tashqariga ag‘darilib turadi va doimiy tashqi ta’sirga duchor bo‘lgani uchun gipertrofiyalanadi hamda
dag‘allashadi. Qovoqni tashqariga burilishi yosh nuqtalarning ham tashqariga burilishi bilan birgalikda
bo‘ladi, shuning uchun doimiy ko‘z yoshlanishi ko‘zatiladi. Davolash, asosan xirurgikdir. Keng
qo‘llaniladigan usullardan biri Kunit-shimanovskiy operatsiyasidir.
Dostları ilə paylaş: