Mavzu№1. Ko‘rish analizatori va uning yordamchi a’zolari klinik anatomiyasi va fiziologiyasi


Mavzu№5. Shox parda kasalliklari.Keratitlar



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/43
tarix07.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#51066
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Таркатма-материал-1

Mavzu№5. Shox parda kasalliklari.Keratitlar. 

Keratitlarning klinikasi va tasnifi. 

Shox  parda  ko‘zning  muhim  optik  muhitlariga  kiradi.  Shox  parda  ko‘z  tirqishining  ochiq 

qismida  joylashganligi  sababli  yorug‘lik,  issiq,  mikroorganizmlar,  yot  jismlar  ta’siriga  uchraydi  va 

natijada  unda  morfofunksional  o‘zgarishlar  vujudga  keladi.  Ayniqsa,  shox  pardaning  posttravmatik  va 

yallig‘lanishli  xastaliklari  og‘ir  kechadi,  chunki  ular  ko‘zning  boshqa  qismlari  bilan  qon  aylanish  va 

innervatsiyasi bo‘yicha bog‘liq. 



Keratitlar  (keratitis)  ko‘z  kasalliklari  orasida  0,5%  ni  tashkil  etadilar,  lekin  o‘zidan  keyin 

qoldiruvchi xiralanishlar sababli ko‘rishning o‘ta pasayishiga olib keluvchi ko‘rlik va ko‘rish sustalashuv 

bo‘yicha 20% ni tashkil etadilar. 

Keratitlarning  asosiy  belgisi  –  shox  pardaning  xar  xil  qismlarida  yallig‘lanish  infiltrati  paydo 

bo‘lishidir.  Infiltratlar  turli  shaklda,  kattalikda,  chuqurlikda,  rangda  bo‘lishi  mumkin.  Har  xil 

sezuvchanlik va vaskulyarizatsiyani uchratish mumkin. 

Keratitlarning  asosiy  belgilariga  yorug‘likdan  qo‘rqish,  blefarospazm,  yosh  oqishi,  ko‘zda  yot 

jism hissi borligi, og‘riq va perikorneal in’eksiya kiradi. Shox parda yallig‘lanishi uning xiralanishiga olib 

kelishi  sababli  ko‘rishning  turli  darajada  pasayishi  ko`zatiladi.  Infiltrat  rangi  uning  xujayra  tarkibiga 

bog‘liq.  Agar  leykotsitlar  soni  kam  bo‘lsa  infiltrat  kulrang,  yiring  miqdori  ko‘paysa  –  sariq,  u 

so‘rilgandan so‘ng esa – oqish tusda bo‘ladi. Yangi infiltratlar chegarasi noaniq, yallig‘lanish qaytishida – 

aniq  bo‘ladi.  Yuza  keratitlarda  infiltrat  yuzasida  epiteliy  buzilishi,  ko‘chishi  va  eroziya  xosil  bo‘lishi 

ko`zatiladi. Chuqur joylashgan infiltratlar esa yaraga aylanishi mumkin. 

Yuza  tomirlar  yorqin  qizil  rangda  bo‘lib,  shoxlaydi  va  anastamozlar  hosil  qiladi.  Chuqur 

tomirlar  to‘q  qizil  bo‘lib  sklera  va  episileradan  o‘sib  o‘tadi.  Ular  taroqsimon  bo‘lib,  to‘g‘ri  o‘sadi  va 

shoxlamaydi.  Keratitlarning  asosiy  asorati  –  shox  parda  chuqur  qismlarining  qayta  tiklanmasligi 

natijasida biriktirma to‘qima bilan almashinuvidadir. 

 


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin