ESKTREMAL HOLATLAR.
Umumiy praktika vrachlari nazlaning o‘tkir huruji va tinch ko‘zda to‘satdan og‘riqsiz ko‘rishni
pasaygan kasallarda to‘g‘ri tashhis qo‘yib, birinchi shifokor yordamlarini berishlari kerak, kasallikni
vaqtida aniqlab, yordam berish tezligiga uning rivojlanishi va bemorning keyingi taqdiri bog‘liq.
NAZLANING O‘TKIR HURUJI.
Odatda nazlaning o‘tkir huruji asabga ta’sir qiluvchi holatlarni o‘tkazgandan so‘ng ertalab ,
qorong‘i honada yoki boshni engashtirib uzoq ishlagandan so‘ng, old kamera burchagi anatomik tor
bo‘lgan shaxslarda rivojlanadi. Bemorlar bosh, ko‘zda, epigastral va yurak sohasida qattiq og‘riq
bo‘layotganiga shikoyat qiladilar. Ko‘pincha ko‘ngil aynash va qusish, qon bosimini oshishi ham bo‘lishi
mumkin, bu esa bemorni terapevtik va yuqumli kasalliklar bo‘limlariga dislokatsiya etilishiga sabab
bo‘ladi.Bunday bemorlarni ko‘rganda- qovoqlarida shish, ko‘z olmasi tomirlarini dimlangan in’eksiyasi,
shox pardada shish va sezuvchanlikni yo‘qolishi,old kamera sayozligi,qorachiqni keng va yashil tusda
bo‘lishi, chiroqqa reaksiyasi bo‘lmasligi ko`zatiladi. Palpatsiya qilganda ko‘z toshdek qattiq bo‘ladi.
Ko‘ruv o‘tkirligi “”0” gacha pasayishi mumkin. Ko‘z ichki bosimining oshishi ko‘ruv nervi atrofiyasi va
ko‘rishni qaytarib bo‘lmaydigan ko‘rlikka olib kelishi mumkinligi uchun nazlaning o‘tkir huruji
holatidagi bemorlar oftalmologiya bo‘limida tez yordam berilishiga muhtojdirlar.
DAVOLASH. Nazlaning o‘tkir hurujini olish uchun 1-6 %li pilokarpin har 15 minutda
qorachiqni toraytirish uchun tomizish tavsiya etiladi. Miyadan ortiqcha suyuqlikni chiqarish uchun, siydik
haydovchi diakarb 0,25 (diamoks yoki fonurit) , hamda organizmdan suyuqlikni chiqaruvchi tuzli
yuritguvchilar, qonni organizmda qayta o‘rin almashinuvchi oyoqlarga issiq vanna va qondagi osmotik
bosimni oshirish uchun glitserol yoki mochevina ichishi buyuriladi. Agarda 1 kun (24 soat) davomida
huruj olinmasa bemorga antiglaukomatoz operatsiya--- bazal iridektomiya qilinishi kerak.Nazlani o‘tkir
hurujini umumiy kasallikilardan gipertonik kriz, ovqat bilan zaharlanish, hamda o‘tkir iridotsiklit bilan
solishtirishi kerak. Iridotsiklitda shox parda tinik, old kamera o‘rta chuqurlikda, qorachiq tor, ko‘pincha
noto‘g‘ri shaklda, ko‘z olmasi palpatsiya qilinganda og‘riydigan, ko‘z ichki bosimi normada yoki past
bo‘ladi.
|