hokazolar ham sun’iy intellektga yaqqol misol bo‘la oladi. Faqat
ularning qamrovi kichikroq bo‘lib, ma’lum bir yo‘nalishdagina sizga yordam
bera oladi.
Ya’ni,
bajarmoqchi
bo‘lgan amallaringiz
turiga
qarab
tegishli dasturdan foydalanasiz.
Hozirda SI turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy
tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha
vazifalarning uddasidan chiqa oladi.
1990 yillarda SI taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997 yilda Deep Blue nomli
IBM kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan
tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi.
SIning yorqin namunalaridan yana biri – IBM Watson superkompyuteri bo‘lib,
u o‘z bazasidan kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga javob beradi.
Shuningdek, ko‘pchilikning doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan mobil yordamchi
Siri, fotosuratlarni qayta ishlovchi Prisma kabi dasturlarni SIning yutuqlaridan biri
sifatida qayd etish mumkin. Hozirga kelib sun’iy intellekt keng ko‘lamda
ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab
olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining
keragi yo‘q. Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar sun’iy intellekt
tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |