Technical Report



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/29
tarix13.01.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#51226
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Baxtiyorova Diyora

 

 

3. 

Sun‘iy intelekt: fikrlaydigan mashinalar va ongli robotlar. 



16 

 

 



Fikrlash jarayonini avtomatlashtirish masalasi ham sun'iy intellekt tushunchasi 

bilan  uzviy  bog‘liqlikka  ega.  Mashinaning  fikrlashi  birmuncha  g‘ayrioddiy 

ko‘rinadigan  g‘oyadir.  Hozirgi  kunda  "intellektual"  deb  nomalanadigan 

mashinalarning, ya'ni, sun'iy intellekt "egalari"ning imkoniyatlari inson kabi fikrlash 

darajasida emas. Ulardan olinadigan eng maksimum natija, hozirda murkkab, uzoq 

vaqt  talab  qiluvchi  va  bir  necha  minglab  xususiy  va  umumiy  hollarni  tahlil  qilib 

chiqishni taqozo etuvchi ilmiy farazlarni, asosan matematik teoremalarni va shunga 

o‘xshash ho kazolarni muayyan shartlar asosida tezkorlik bilan tekshirib, natiajsini 

ma'lum  qilish  bo‘lmoqda  xolos.  Ba'zan  turli  OAVlar  orqali  og‘iz  ko‘pirtirib  shov-

shuv  qilinayotgan  robot-androidlarning  ham  intellektual  salohiyati  aytaylik 

o‘rtamiyona  bilim  darajasidagi  o‘rta  maktab  bitiruvchisining  bilim  darajasichalik 

emasdir. Shunga qaramay, shubhasiz, intellektual tizimlar hozirdayoq inson og‘irini 




17 

 

yengil qilishda,  ma'nan  mushkul  va  kuchli  aqliy  zo‘riqishni  talab  qiluvchi  ishlarni 



osonlashtirish va eng muhimi havfsizlashtirishda ular yaqin yordamchimizga aylanib 

bormoqda.  Yorqin  misol  sifatida  aeroportlarda  parvozlarni  muvofiqlashtirishga 

xizmat  qiluvchi  axborot-tahlil  tizimlarini  keltirish  mumkin.  Ular,  mavjud 

meteorologik vaziyat, samolyotlarning yetib kelish va uchib ketish jadvali, masofa, 

tezlik  va  shunga  o‘xshash  yuzlab  parametrlarni  umumlashtirgan  holda,  umumiy 

vaziyatni  nazorat  qiladi  hamda,  insonga  -  muhandisga  eng  maqbul  rejim  haqida 

ma'lumotlarni taqdim etadi. Samolyotlarning o‘zidagi avtopilot imkoniyatini ham shu 

qatorga qo‘shish mumkin. U parvoz davomida bemalol uchuvchini o‘rnini egallab, 

ulkan  laynerni  boshqarib  borishi  mumkin.  Bunday  tizimlar  odatda  ekspert  tizimlar 

ham  deyiladi.  Lekin  nima  bo‘lganda  ham,  ular  dasturchilar  tomonidan  avvaldan 

belgilangan  va  mashina  xotirasiga  yozuilgan  muayyan  algortim  doirasida  ishlaydi 

xolos.  Aytaylik,  algoritmda  ko‘zda  tutilmagan  favqulodda  vaziyatlarda  mustaqil 

ijodiy (kreativ) noan'anaviy qaror qabul qila olmaydi. Baribir uchuvchi avtopilotdan 

voz kechib, o‘z bilimi va tajribasiga tayanadi. Shunday ekan, hozirgi kundagi eng 

yuksak nou-xau timsoli bo‘lgan eng mukammal intellektual mashinalarini ham inson 

kabi ong va tafakkur darajasiga ega deb bo‘lmaydi. Ong va tafakkur esa intellektning 

asosidir. Shunga ko‘ra, sun'iy intellekt atamasi, nazarimda biroz oshrib yuborilgandek 

go‘yo.  Zero,  sun'iy  mulohaza  yuritadigan,  to‘g‘rirog‘i  avtomatik  tahlil  qiladigan 

mashinalar, balki tahlilni bizdan ko‘ra tezkorroq bajarar, balki ularning xato qilish 

koeffitsiyenti  biznikdan  pastdir.  Lekin  ularda  ijodiy  yondoshuv,  hissiyot,  hamda 

avvaldan biror narsani ko‘zlab ish tutish hislati umuman mavjud emas. Ustiga ustak, 

shunday sun'iy intellektni ham, siz bilan bizga o‘xshagan inson yaratgan!   

Endi  qiziq  bir  faktga  e'tiboringizni  qaratmoqchiman.  Ma'lumki,  har  qanday 

kompyuter,  demakki,  sun'iy  intellektga  ega  mashina,  ikkilik  sanoq  tizimi  asosida 

ishlaydi. Bu haqidan maktab informatika kursida yetralicha ma'lumot beriladi. Atiga 

ikkita raqamdan iborat sanoq tizimida esa, muayyan algoritmalarni bajarishda o‘ziga 




18 

 

xos cheklov-chegaralar yuzaga keladi. Xossatan, haqiqiy sonlar bilan ishlashda, yoki 



taqribiy hisoblashlarda ikkilik sanoq tizimi yaramaydigan vaziyatlar yuzaga keladi. 

1991-yilda  matematik  olim  Devid  Stautmayer  18  ta  turli  xildagi  hisob-kitob 

amaliyotlarni  kompyuter  dasturi  yordamida  bajarib,  ularning  barchasida  natija 

noto‘g‘ri chiqqanini, ya'ni, kompyuter (sun'iy intellekt) noto‘g‘ri ishlaganini isbotlab 

berdi.  Demak,  sun'iy  intellekt-kompyuter  hamma  masalani  ham  to‘g‘ri  hal  qila 

olmasligining  jiddiy  ilmiy  asosi  bor  ekan.  Shu  asosga  ko‘ra,  qo‘rqmay  aytish 

mumkinki, sun'iy intellekt hali-beri tabiiy intellektga dov bera olmaydi. Uning ayrim 

xususiy hollarda (asosoan matematikada) insondan o‘zib ketishi esa, tezkorlik xossasi 

evaziga  xolos...  Fikrlaydigan  mashina,  yoki  sun'iy  intellekt  esa,  hozircha  fantast 

yozuvchilar, hamda entuziast dasturchilarning orzusi o‘laroq qolib ketmoqda. Balki 

shu yaxshidir?!... 

 


Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin