ularning ommalashib odamlar o‘rnini egallab borayotgani natijasida ommaviy
13
bir guruhi esa SIga ijobiy munosabatda bo‘lish kerakligini uqtirishmoqda. Hatto
IT- sohasidagi milliarderlar orasida ham turli qarashlar mavjud.
Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask SIning butun boshli sivilizatsiyani
barbod qilishiga ishonchi komil.
Maskning fikricha, “SI insoniyat sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir.
SI mehnat bilan bog‘liq ommaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, robotlar
hamma ishni bizdan ko‘ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or texnologiyalar ortidan
quvish natijasida, kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarni
ko‘rmay qolishlari mumkin”.
Shuningdek, Microsoft rahbari Bill Geyts ham uning zarariga to‘xtalib o‘tadi.
“Bir necha o‘n yildan so‘ng, robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach,
SI shu qadar kuchayib ketadiki, yakunda u bizni xavotirga sola boshlaydi. Bu borada
Ilon
Maskning
fikriga
qo‘shilaman.
Ammo
nega
bu savol
boshqalarni
tashvishlantirmayotganiga hech tushunolmayman”, – deydi Geyts.
“Boshqalar” deganda Geyts Facebook egasi Mark Sukerbergni nazarda tutgan
bo‘lsa, ajab emas. Chunki, Mark SIga nisbatan ijobiy munosabatda ekanligini bildirar
ekan: “Yangi texnologiyalar har doim ham yaxshilik yoki yomonlik qilish maqsadida
yaratilishi mumkin. SIning keng tarqalishi ortidan keladigan ijobiy natijani esa, yaqin
5-10 yil ichida ko‘ramiz”, deya Ilon Maskning fikriga e’tiroz bildirgan edi.
Bugungi
kunda
ayrim
davlatlarda
robot-hamshiralar,
xaydovchisiz
transport vositalari, buyurtmani yetkazib beruvchi dronlar xizmatidan foydalanish
yo‘lga qo‘yilgan. Hatto politsiya xodimlarining ba’zi vazifalarini ham maxsus
14
robotlar bajarishyapti.
Olimlar
ularning
tashqi ko‘rinishini
imkon qadar
odamlarnikiga o‘xshatishga urinishmoqda.
Bundan
tashqari,
SI
jurnalistlarning doimiy
ko‘makchisiga aylanib
ulgurgan. Masalan, Associated Pressda “ishlayotgan” robotlar moliyaviy hisobotlarni
yozib boradi. SIning qo‘llanilishi ushbu nashrda har chorakda beriladigan
yangiliklarni 300 tadan 4400 taga oshirdi.
Swiss Re sug‘urta kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib 4,7
mln aholi ishsiz qolishi mumkin. Shuningdek, ishsizlik g‘aznachilar, pochta
xodimlari, hisobchilar va idora xizmatchilariga xavf solishi mumkinligi aytilgan. SI
ularning vazifasini bemalol bajara oladi.
Dostları ilə paylaş: