S xolmuratov korxonada kadrlar


I BOB. KORXONADA KADRLAR SIYOSATI VA



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/130
tarix24.01.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#51538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

I BOB. KORXONADA KADRLAR SIYOSATI VA 
UNING KONSEPTUAL ASOSLARI 
 
1.1.  Korxonada kadrlar siyosati tushunchasi 
 
Amaliyotga  ko‘ra,  korxonalardagi    mulkdorlik  shaklidan 
qat’iy  nazar  rahbarlar  o‘z  xodimlari  va  korxonaning  murakkab 
bozor  sharoitida  raqobatbardoshlik  ustunligini  vujudga  keltirish 
ijtimoiy,  iqtisodiy  va  texnologik  samara  olib  kelishiga  qodir  hal 
qiluvchi  resursga  aylanib  qolganligini  asta-sekin  tushuna  bosh-
ladilar.  Korxona  mehnat  resurslarining  asosiy  qismi  kadrlar  siyo-
sati bilan qamrab olingan.  Xodimlarni boshqarish  mehnat resurs-
larini    samarali  tashkil  etish  va  unumli    boshqarish  maqsadlariga 
erishishda   yagona imkon beruvchi tizimga aylanib bormoqda. 
Kadrlar  siyosati  –  mamlakatimizning  kadrlar  sohasida 
azaldan  qo‘llangan  tushuncha,  bu  tashkilotning  xodimlarga 
munosabati  va  aniq  maqsadlarga  erishish  niyatida  unga  ta’sir 
ko‘rsatish usullari majmui deb tushuniladi. 
“Kadrlar  siyosati”  tushunchasining  zamonaviy  ma’nosi 
quyidagilardan iborat. 
Birinchidan,  korxonaning  zamonaviy  kadrlar  siyosati  ishla-
yotgan  har  bir  xodimning  vazifalari    va  strategik  maqsadlaridan 
mantiqiy  kelib  chiqadi  va  faoliyatning  aniq  natijalari  hamda 
korxonaning  umumiy  rivojlanish  istiqbollariga  moslashadi. 
Kadrlar siyosatining qulayligiga, egiluvchanligiga  yuqori talablar 
va  uning  ichki  (boshqarish  va  rahbarlik  uslubi,  ichki  tashkiliy 
madaniyat  va  hokazo)  va  tashqi  muhiti  (mehnat  bozori,  iqtisodiy 
inqiroz  sharoitida  –  moliya    faoliyatini  maqsadli  olib  borish 
xususiyatlari,  qonunchilikning  rivojlanishi,  takomillashishi)  ko‘p 
omilli ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosida amalga oshiriladi. 
Ikkinchidan,  kadrlar  siyosatining  g‘oyalarini  korxonadagi 
yuqori  saviyadagi  rahbarlar  (ta’sischilar,  mulkdorlar,  top-
menejerlar) ishlab chiqadilar. 



Uchinchidan,  kadrlar  siyosatini  asosan  oliy  va  o‘rta  darajali 
boshqaruv bo‘g‘inida mehnat faoliyatiga ega funksional rahbarlar, 
ma’lum tajribaga ega bo‘lgan professional kadrlar xizmatini ham 
anglab va izchillik bilan mujassamlashtirib boradilar. 
To‘rtinchidan,  kadrlar  siyosatini  amalga  oshirishda  yuqori 
professional  malakaga  ega  kadrlar  xizmati  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi.  U  maslahatchi,  uslubchi,  rahbar  yordamchisi,  kadrlar 
siyosati  monitoringini  amalga  oshiruvchi  koordinator  vazifasida 
namoyon bo‘ladi, uning faoliyat samarasi, zarurat tug‘ilganda esa   
bevosita  yangilash  tashabbuskori  sifatida  ham  yuzaga  chiqadi. 
Korxonaning  kadrlar  xizmati  aniq  kadrlar  bilan  bog‘liq 
strategiyalar loyihalari, ssenariyalar, vaziyatlar va kadrlar siyosati 
talablari  bajarilishiga  yordam  beruvchi  personal  texnologiyalar 
mexanizmini ishlab chiqaradi.
2
 
Amalda  korxona    kadrlar  siyosatining  turli  ta’riflari  mavjud 
(personalni  boshqarish  siyosati,  inson  resurslarini  boshqarish 
siyosati, inson kapitalini boshqarish siyosati).  
Ulardan ba’zilariga o‘z ta’rifimizni berishimiz zarur: 

 
Korxonaning  kadrlar  siyosati  –  korxonaning    xodimlar 
faoliyati bilan bilan bog‘liq umumiy qoida, tamoyil, munosabat va 
ustuvorliklar tizimi orqali ushbu korxonada amalga oshirish uchun 
asosiy  va  majburiy  deb  e’tirof  etilgan  tizimida  qo‘llanuvchi 
qadriyat  mo‘ljallari,  usullari,  shakllari,  ko‘p  yillik  an’analar 
majmuasi, baholash usullaridan iborat. 

 
Korxonada  kadrlar  siyosati  –  rahbariyat  tomonidan 
belgilanuvchi  va  jamoaning  mavjud  tashqi  muhit  sharoitda  uzoq 
muddatli  rivojlanish  maqsadlariga  eng  samarali  tarzda  erishish 
imkonini beruvchi, xodimlarni boshqarish jarayonida qo‘llanuvchi 
mavjud  subyektlar,  ularning    xatti-harakat    qoidalari,  prinsiplar 
tizimi. 

 
Korxonada  kadrlar  siyosati  –  xodimlar  vazifalarining 
umumiy  yo‘nalishi,  korxonaning  strategik  rivojlanishini  hisobga 
olgan  holda  doimiy  o‘zgarib  borayotgan  bozor  talablariga  o‘z 
                                                      
2
  Қ.Х.Абдураҳмонов  ва  бошқалар.  Персонални  бошқариш  (олий  ўқув  юрти  талабалари  учун 
дарслик) Тошкент “Ўқитувчи” - 2006.- 345.б 
 



vaqtida  moslashish  qobiliyatiga  ega  mas’uliyatli,  yuqori  malakali 
uyushgan  jamoani  tuzish  maqsadida  kadrlar  salohiyatini 
rivojlantirish,  iqtisodiy  inqiroz  xavfi  sharoitida    jamoaning  bir 
maromda  ishlash  talablarini  saqlashga  yo‘naltirilgan  maqsad, 
ishlab chiqish jarayonining tashkiliy mexanizmi, usullari, shakl va 
tamoyillari yig‘indisidir. 

 
Korxonada  kadrlar  siyosati  keng  ma’noda  mehnatni 
tashkil qilish prinsiplari, normalari, qoidalar tizimi, uning asosida 
xodimlarni  boshqarish  bo‘yicha  faoliyatning  (saralash,  tanlab 
olish, ishga yollash, o‘qitish, lavozimini ko‘tarilish) asosiy yo‘na-
lishlari oldindan rejalashtiriladi va jamoaning umumiy maqsad va 
vazifalarini  belgilash  hamda  barcha  ishlab  chiqarish  bo‘g‘inlari 
bilan    muvofiqlashtirish,  tor  ma’noda  esa  –  inson  va  korxona  
o‘rtasidagi  ijtimoiy-iqtisodiy,  moliyaviy  va  huquqiy  munosabat-
lardagi  o‘ziga  xos  qoidalar,  majburiyatlar  va  cheklovlar  maj-
muidir. 

 
Korxonada kadrlar siyosati – jamoa oldida turgan strategik 
maqsadlarga  erishish  va  uning  missiyasini  ro‘yobga  chiqarish 
uchun  zarur,  yetarli  miqdorda  va  malakaga  ega  bo‘lgan  xodimlar 
bilan  ishlash  sohasidagi  muayyan  ichki  qoida  va  tamoyillari 
to‘plami.  
Yuqorida  keltirilgan    ta’riflar  “kadrlar  siyosati”  tushunchasi-
ning mohiyatini yetarli darajada o‘zida  aks ettiradi. Ammo, fikri-
mizcha,  bu  borada    yagona  ta’rif  bo‘lishi  mumkin  emas,  chunki 
har  bir  korxona  va  har  bir  jamoa    o‘z  oldiga  qo‘ygan  muayyan  
maqsadlarga asoslanib, o‘z-o‘zidan xodimlarni boshqarish muam-
molarini  tashxislash  va  hal  qilishga  qodir.  Kadrlar  siyosatini 
anglashning xilma-xilligi tashkilotlarning sohaviy, hududiy, tabiiy 
–  iqlim,  yoshi  va  jinsi,  texnologik  rivojlanish  bosqichlarining 
xilma-xilligi natijasidir. 
Mualliflarning  fikriga  ko‘ra,  korxonaning  kadrlar  siyosati 
jamoada rahbariyat tomonidan (og‘zaki yoki yozma) tuzilgan xo-
dimlarning 
xulq-atvori 
qoidalari, 
qarashlari, 
prinsiplari, 
ustunliklari,  me’yorlari,  qoidalari,  doimiy  ravishda  o‘zgarib 
borayotgan  ichki  tashkiliy  sharoitlar  va  tashqi  muhit  talablarini 
hisobga  olgan  holda  tashkilotning  oldida  turgan  ishlab  chiqarish 



jarayonidagi  strategik  maqsadlarga  erishish  borasida  xodimlarni 
boshqarish  jarayonining  barcha  ishtirokchilari  uchun  majburiy 
qo‘llanuvchi talablardir. 
Korxonada  kadrlar  siyosatining  obyekti    uning  xodimlari 
bo‘lib, kadrlar siyosatining subyekti esa – boshqaruv jarayonining 
barcha bo‘g‘inlaridagi rahbarlardan va mavjud kadrlar xizmatidan 
tashkil topgan  boshqaruv tizimi. 
 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin