S xolmuratov korxonada kadrlar


 Kadrlar siyosatining tuzilishi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/130
tarix24.01.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#51538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

                      1.3. Kadrlar siyosatining tuzilishi 
 
Iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  har  bir  korxona  yoki 
kompaniyada puxta ishlab chiqilgan kadrlar siyosati konsepsiyasi 
qo‘llanilgan  bo‘lib,  uning  mohiyati  quyidagi  muammolarni  hal 
qilishdan iborat:  
-  kadrlar  talabiga  mos  ijtimoiy-mehnat  munosabatlarini  sifat 
jihatdan o‘zgartirish; 
- ko‘p ish o‘rinlarining innovatsion yangi ish o‘rinlar yaratish 
tizimini joriy qilish; 
-  ishga  qabul  qilish  tartibi  amaldagi  mehnat  qonunlariga 
qat’iy rioya qilishga asoslanganligi; 
-  xodimlarning    hududiy  va  professional  harakatchanligi 
darajasining yuqoriligi. 
Rivojlangan  mamlakatlar  kompaniyalari  kadrlar  siyosati 
quyidagi ustuvor yo‘nalishlardan iborat:  
1.  Kompaniyalarning  amaldagi  boshqaruv  tashkiliy  tuzil-
masini  muntazam  ravishda  o‘zgartirib  turishi,  bo‘lajak    qiyin-
chiliklarga  tayyor  bo‘lishi  uchun  moslashtirish  samaradorligini 
oshirib borish. 


13 
2.  Kompaniyaning  ishlab  chiqarish  maqsad  va  vazifalari 
bilan  bog‘liq  turli  toifadagi  xodimlarning  o‘sib  borayotgan 
ehtiyojlarini oldindan prognoz qilish va aniqlab borish. 
3.  Kompaniya  va  soha  oldida  vujudga  keladigan  yangi 
vazifalarni hal etishga tayyor xodimlarni tanlab, tayyorlab borish.  
4.  Kompaniya  xodimlarining  ish  sifati  holatini  tahlil  qilib 
borish.  
5.  Kompaniya  xodimlari  uchun  mehnat  haqi  va  imtiyozlar 
tizimini o‘zgartirish. 
6.  Xodimlarni  rag‘batlantirish  maqsadida  ularning  ish 
miqdori va sifatini baholash uchun qo‘shimcha mezonlarni ishlab 
chiqish. 
7.  Xodimlarning  ishlab  chiqarishdagi  yangi  texnologik  
vazifalarining  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  
innovatsion  talablarga  javob  beruvchi  kadrlar  tayyorlash 
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.  
8.  Kompaniya  mahsulotining  sifati  va  afzalliklarini  
ifodalovchi qo‘shimcha reklama rejalarini ishlab chiqish.  
9.  Xodimlarni  tanlash  jarayonini  qat’iy  nazorat  qilish, 
ularning miqdoriy va sifat parametrlarini o‘zgartirish;  
10. 
Kompaniyaning 
mavjud 
kadrlardan 
boshqaruv 
lavozimlari  uchun  istiqbolli  nomzodlarni  aniqlash,  ularni 
tayyorlash  va  lavozimga  ko‘tarish  bo‘yicha  maxsus  dasturlarni 
ishlab chiqish. 
Kompaniyalar 
kadrlar 
siyosatining 
tarkibiy 
qismlari 
quyidagilardan iborat: 
-  xodimlarning  ijtimoiy-iqtisodiy  va  ma’naviy  talablarini 
rejalashtirish (tashkiliy tahlil, mavjud lavozimlarni tahlil qilish va 
ularni  innovatsion  talablarga  moslashtirish,  yangi  lavozim  va 
yangi  mutaxassislikka    muhtojlik,  xodimlar  mehnatini  sifatli 
rejalashtirish, lavozimlarni baholash); 
-  ta’lim  va  kasb-hunarni  rivojlantirish  (sohasidagi  ta’lim  va 
kasb-hunar  darajasi,  ish-xizmatni  tayyorlash,  xabarlar  aylanishi, 
ta’lim va mustaqil ta’lim, xorijdagi safarlari); 


14 
-  nazorat  monitoringgi    tizimi  (maqsadli  boshqarish,  ishlash 
hajmi,  baholash  hajmi  (qobiliyati)  xodimlari,  uzluksiz  rejalash-
tirish, mansabni rejalashtirish); 
-  kompensatsiyalar  tizimi  faoliyati  (barcha  to‘lov  turlari, 
to‘lov  hajmi  va  amalga  oshirilgan  ishlar  muvaffaqiyat,  to‘lov, 
ularning holatiga qarab, ijtimoiy xavfsizlik va hokazolar yig‘indisi 
jami). 
Kompaniyaning  kadrlar  siyosati    jarayonida  xodimlar  
ishining turli shakllarini birlashtiradi, bu texnologiya va bozorning 
o‘zgaruvchan talablariga yaqin kelajakda javob berish qobiliyatini 
oshirib boradi.  
Kompaniyaning kadrlar siyosatining asosiy xususiyatlari: 
ishlab  chiqarish  va  texnologik  strategiya  bilan  bevosita 
bog‘liqligi; 
barcha  dasturlar  uzoq  muddatli  rejalashtirishga  yo‘nal-
tirilgan; 
kompaniya xodimlarining rolini eng muhim deb hisoblaydi; 
kompaniyaning  har  bir  bo‘g‘in  rahbari  xodimlarning 
mehnatini o‘zaro bog‘liq funksiya va jarayonlari doirasida amalga 
oshiradi 
Har bir korxonaning  kadrlar siyosati turli sohalardagi kadrlar siyosati 
majmuidan iborat, xususan: 
– 
kadrlar  mehnatini tashkil  etish  siyosati; 
– 
kadrlar mehnatini baholash siyosati; 
– 
kadrlarning  kasbiy  darajasini  oshirish    va  lavozimini 
ko‘tarilish siyosati; 
– 
kadrlarni rag‘batlantirish siyosati; 
– 
kadrlarni boshqarish siyosati; 
– 
kadrlarning ijtimoiy-mehnat munosabatlari siyosati; 
– 
jamoaning korporativ madaniyatini  shakllantirish siyosati; 
– 
kadrlar bilan aloqa qilish siyosati; 
 
– 
kadrlar    mehnatini    muhofaza  va  ijtimoiy  himoya  qilish 
siyosati va hokazo.
3
 
                                                      
3
  Шекшня  С.  В.  Управление  персоналом  современной  организации.  –  М.:  ЗАО  «Бизнес-школа 
«Интел-Синтез»», 2007. – 336 с. 
 


15 
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar siyosatini ishlab chiqish 
jarayonida    korxona  mulkdorlari,    rahbariyati  kadrlar  siyosati 
yo‘nalishlari bo‘yicha savollarning o‘zi uchun mavzuli guruhlarini 
shakllantirishi  va  muhokama  paytida  mavjud    tashkiliy,  iqtisodiy 
va  texnikaviy  muammolarga  javob  berishi  shart.  Bu  talablar 
samarali kadrlar siyosatini ishlab chiqish uchun muhim. 
Kadrlar siyosatini ishlab chiqish jarayoni uchun yo‘nalishlari 
bo‘yicha savollarning mavzuli guruhlarini misol qilib keltiramiz. 
Xodimlar  mehnatini  tashkil etish siyosatini ishlab chiqishda: 
Korxonamizda  turli lavozim  guruhlarini xodimlar bilan   to‘ldirish 
uchun qanday kadrlar manbalarini tanlar edingiz? 
Korxonangizda   muayyan  lavozimlarga  nomzodlar    uchun    qanaqa 
eng muhim  talablar qo‘yilishi kerak deb o‘ylaysiz? 
Rahbar va mutaxassis lavozimlarga  ishga jalb etish uchun  istiqbolli 
va munosib  nomzodlarni nima bilan qiziqtirishimiz mumkin?  
Korxonangizda    boshqalarga  nisbatan    eng  istiqbolli  kadrlarni    jalb 
eta olishi va biriktirishi  uchun qanday afzalliklarni yaratish kerak? 
Kadrlar tanlashda boshqa korxonadagi sharoitlardan  stuvorliklarimiz  
nimadan iborat? 
Personalni baholash siyosatini ishlab chiqishda: 
Qaysi toifadagi  personalni qanchalik  tez hamda  muntazam baholab 
borish zarur? 
Har  xil  personal  toifalariga  nisbatan  qanday  baholash  usullarini 
qo‘llaymiz? 
Personalni  baholash  bo‘yicha  qanday  lokal  me’yoriy-huquqiy 
hujjatlardan foydalanishimiz zarur? 
Baholash natijalariga ko‘ra xodimni ishdan bo‘shatishga 
tayyormizmi? 
Personalning  professional    rivojlanishi  va  lavozimini  ko‘tarish 
siyosatini ishlab chiqishda: 
Turli  xil  personal  guruhlari  uchun  qanday  qilib  moslashuvchanlik 
davri yaratiladi? 
Qanday  qilib  biz  kadrlarni  o‘qitish,  qayta  o‘qitish  va  malakasini 
oshirishni tashkil etamiz? 
Personalning  mehnat faoliyatini  qanday baholaymiz? 


16 
Yuqori  lavozimlarni  egallashga    qanday  va  kimni  nomzod  qilib 
ko‘rsatamiz? 
Rahbarlik  qiluvchi  kadrlar  zaxirasi  bilan    ishlashni  qanday  tashkil 
qilish zarur? 
Boshqaruv  salohiyatiga  ega  bo‘lgan  istiqbolli  kadrlarning 
ishbilarmon karerasini rivojlantirishda  qanday   yordam ko‘rsata olamiz? 
Personalni  moddiy  va  ma’naviy    rag‘batlantirish  siyosatini  ishlab 
chiqishda: 
Har  xil  personal  guruhlariga    qanday  mukofotlash    tizimini  taklif 
etishimiz mumkin? 
Korxonada    ish    haqi  turlari,  mukofot  miqdorlari    va  hokazo 
kompensatsiyalarni qanday tashkil qilishimiz kerak? 
Korxonada    ma’naviy    rag‘batlantirish  shakllarining    qaysi  birini 
qo‘llashimiz yuqori samara beradi? 
Bir  yoki  bir  nechta    xodimlarga  tovon  puli  to‘lashni  ko‘rib  chiqish 
jarayonida  qanday omillarni e’tiborga olishimiz zarur? 
Personalni boshqarish siyosatini ishlab chiqishda: 
Korxonada personalni boshqarish jarayonida kim real mavqega   va   
qanday vakolatlarga ega? 
Korxonadagi  menejmentning  personalni  boshqarishdagi    o‘rni 
qanday? 
O‘rta bo‘g‘in  va funksional rahbarlarning personalni boshqarishdagi 
o‘rni nimalardan iborat? 
Korxona    kadrlar  xizmatining  personalni  boshqarishdagi  o‘rni  qay 
darajada to‘g‘ri  va to‘liq  belgilangan? 
Ijtimoiy - mehnat munosabatlari siyosatini ishlab chiqishda: 
Korxonada personal o‘rtasidagi ijtimoiy-mehnat munosabatlari  qaysi 
huquqiy hujjatlar asosida belgilangan? 
Korxonada  personalni  boshqarish  jarayonida    qanday  ustuvorliklar 
mavjud? 
Korxonada  yuzaga  keladigan  ijtimoiy-mehnat  munosabatlaridagi 
nizolar qanday hal qilinadi? 
Xodimlarning  ichki  tashkiliy  xulqi va madaniyat darajasining  eng 
maqbulini tashkil etish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish zarur? 
Xodimlar  bilan  rahbariyat  o‘rtasida    tashkiliy-ma’muriy  munosa-
batlarda qanday muhitni yaratish  va rivojlantirish zarur? 


17 
Jamoada  tashkiliy  va  mehnat  madaniyatini  shakllantirish  siyosatini 
ishlab chiqish: 
Jamoada tashkilot madaniyati talablarini  qanday tushunamiz? 
Jamoaning  tashkiliy  madaniyati  darajasini  oshirish  uchun    eng 
muhim qadriyatlar nimalardan iborat? 
Jamoa  a’zolari  orasida    qanday  odob-axloq  me’yorlarini 
rivojlantirishni istar edingiz? 
Personalning  korxona  va  jamoaga  bo‘lgan  sadoqat  tuyg‘ularini  
qanday tushunasiz? 
Jamoaning tashkiliy mafkurasi  mohiyati nimada deb hisoblaysiz? 
Jamoada  qanday tashkiliy muhitni yaratishimiz zarur? 
Jamoaning tashkiliy madaniyati darajasini  qanday rivojlantirishimiz 
kerak? 
Personal bilan ochiq aloqa qilish siyosatini ishlab chiqish: 
Jamoaga  qaysi  axborot  ma’lumotlarini,  qaysi  miqdorda,  qachon  va 
qay tarzda yetkazishni xohlardingiz? 
Axborotni personalga yetkazishda qanday muammolarni muhim deb 
hisoblaysiz? 
Korxonada  birinchi  navbatda  qaysi  axborot  aloqa  tizimlarini 
rivojlantirishni afzal ko‘rasiz? 
Xodimlarning  mehnat  muhofazasi  va  ijtimoiy  himoya  qilish 
siyosatini ishlab chiqishda:  
Xodimlarga    sog‘lom  mehnat  sharoitlarini  vujudga  keltirish  uchun 
qaysi tashkiliy va moliyaviy tadbirlarni amalga oshirgan bo‘lar edingiz? 
«Xodimlarning    munosib  mehnat  sharoiti»  deganda  nimani 
tushunasiz? 
Jamoada baxtsiz hodisalarning kelib chiqish sabablari negizida nima 
yotibti? 
Korxonada  “ish  joyi”  tushunchasi  va  “ish  joyi  pasporti”  hujjati 
mavjudmi? 
Xavfsiz  mehnat  sharoitlarga  qaysi  lavozim  egasi  mas’ul  va  u  qaysi 
hujjatlar asosida o‘z ishini tashkil qiladi? 
Yangi  xodimlarni  sog‘lig‘ini    saqlash  va  xavfsizlik  texnikasi 
usullariga qanday o‘rgatamiz? 


18 
Korxona  kasaba    uyushmasi  faollari    xodimlarning  mehnat  ta’tili, 
dam  olish  kunlari  hordiq  chiqarishni  tashkil  qilish  va  tibbiy-profilaktik 
ishlarni tashkillashtirishda ahamiyati bormi? 
Korxonaning  kadrlar  siyosatini  shakllantirish  uchun  analitik 
ma’lumotlarni  tayyorlashda  quyidagi  usullar  qo‘llaniladi:  iqtisodiy, 
boshqaruv, ijtimoiy, psixologik va hokazo. 
Korxonaning  kadrlar  siyosatini  shakllantirish  jarayoniga  bir  qator 
muhim  omillar  ta’sir  ko‘rsatadi.  Ularning  bir  qismi  2-jadvalda  
ifodalangan. 
 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin