S xolmuratov korxonada kadrlar



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/130
tarix24.01.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#51538
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

Ka
d
rla
r zaxz
ira
si 
b
ila
n ish ol
ib
 bo
ri
sh
 
Bo‘linmalarda nazoratni amalga oshirish 
Kadrlar tayyorlash bo‘limlarida nazoratni amalga oshirish 
Korxona rahbarining personal bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan nazorat 
Kadrlar zaxirasini tayyorlashning borishini muntazam ravishda korxona rahbari 
huzurida ko‘rib chiqish  
 
 
Rahbar kadrlarga ehtiyojni 
aniqlash 
 
 
Ishchi kadrlar zaxirasini 
tayyorlash ustidan nazorat 
Tashkiliy-me’yoriy hujjatlarni о‘rganish 
Rahbarlik lavozimlari yangi rо‘yxatini tuzish 
Kadrlar tarkibi va ularning joy-joyiga qо‘yilishi tahlili 
Rahbarlik lavozimlari miqdorini aniqlash tahlili 
 
 
Rahbar kadrlar zaxirasining 
lavozimga tayinlash uchun 
tayyorlash 
Bo‘linmada har bir lavozim bo‘yicha kadrlar zaxirasining tayyorligi darajasini 
aniqlash va kadrlar bo‘limiga takliflar kiritish 
Taqdim etilgan takliflarni kadrlar bo‘limi va kadrlarni tayyorlash bo‘limida taxlil 
etish hamda korxona rahbarining personal bo‘yicha o‘rinbosari huzurida ko‘ri 
chiqish uchun hujjatlarni tayyorlash 
Taqdim  etilgan  hujjatlarni  korxona  rahbarining  personal  bo‘yicha  o‘rinbosari 
huzurida ko‘rib chiqish va ular yuzasidan xulosalar tayyorlash 
Xulosalarni korxona rahbari tomonidan ko‘rib chiqish va lavozimga tayyorlash 
to‘g‘risida qaror qabul qilish  
 
tahlil 


114 
1. Nomzodlarni  rivojlantirish.  Bu  rejalantirilgan  tadbirlar  – 
nazariy  va  amaliy  (boshqaruv)  bilimlarni,  ko‘nikmalarni 
takomillashtirish  aniq  vazifalarini  bajarishdir.  Ularga  quyidagilar 
kiradi: 
-  mashq (trening) larda ishtirok etish
-  malaka oshirish kurslarida o‘qish; 
-  seminar, konferensiya va kongresslarda ishtirok etish; 
-  stajirovkalar 
(o‘quv  markazlari,  ishlab  chiqarishni 
boshqarishning ilg‘or texnologiyalari joriy etilgan korxonalar, Shu 
jumladan chet el kompaniya va firmalarida); 
-  tavsiya etilayotgan lavozimda (asosiy rahbar yo‘q vaqtida) 
stajirovka; 
-  xizmat vazifalari rotatsiyasi; 
-  mehnat  faoliyatining  gorizontal  kengayishi  (o‘zaro 
bog‘liq, doirasi kengaytirilgan vazifalarni bir darajada bajarish); 
-  mehnat  faoliyatining  vertikal  kengaytirilishi  (xizmat 
vazifalariga  egallab  turgan  lavozimidan  yuqori  darajadagi 
mansablarda ko‘zda tutilgan vazifalarni ham kiritish); 
-  ishlab  chiqarish  ayrim  amaliy  masalalarini,  korxona  va 
uning  bo‘linmalari  faoliyati  tajribasini,  yuzaga  chiqqan 
muammolar  kelib  chiqishi  sabablarini  o‘rganishga  hamda  bular 
xususida asoslangan xulosa va tavsiyalar tayyorlashga jalb etish; 
-  o‘z korxonasi hamda boshqa kompaniya va firmalar ishlab 
chiqarish o‘quvlarida o‘qituvchi sifatida ishtirok etish
Zaxirani  shakllantirish  umuman  korxonada  hamda  uning 
bo‘linmalarida  rahbarlik  lavozimlarini  egallash  uchun  maxsus 
tanlab  olingan  nomzodlarni  aniq  maqsadni  ko‘zlagan  holda 
rivojlantirishdir. (1-rasm). 
Zaxirani shakllantirish yuzasidan ishlarni tashkil etish uchun 
eng avvalo quyidagilar hisobga olinishi talab etiladi: 
-  zaxirani shakllantirish maqsadlarini aniqlash; 
-  zaxirani shakllantirish tamoyillarini belgilash; 
-  zaxiraga kiritish mezonlarini belgilash; 
-  zaxira  lavozimda  ko‘tarilishi  uchun  tayyorligini  baholash 
tizimini ishlab chiqish; 


115 
-  zaxirani  shakllantirish  va  undan  foydalanish  usullarini 
belgilash; 
- personalni boshqarish xizmatining kadrlar zaxirasi bilan ish 
olib borish yuzasidan vazifalari. 
Zaxirani shakllantirish usuli odatda kompaniya yoki firmaning 
kadrlar  zaxirasi  to‘g‘risidagi  nizomida  aks  ettiriladi.  Personal 
ushbu  hujjatdan  yaxshi  xabardor  bo‘lishi  darkor,  chunki  xodim-
larni zaxiraga kiritish ular uchun katta qiziqtirish kuchiga ega. 
Zaxirani shakllantirish quyidagi bosqichlardan iboratdir: 
-  zaxiraga  kiritishga  mo‘ljallangan  nomzodlarni  dastlabki 
o‘rganish va baholash; 
-  zaxira tarkibiga nomzodlarni saralash
-  zaxira tarkibiga kiritish; 
-  zaxirani tayyorlashni tashkil etish
-  zaxira tayyorlashni baholash. 
Zaxiraga  kiritish  uchun  nomzodlarni  shakllantirishda  ikkita 
ro‘yxat tuziladi: 
- kadrlar  zaxirasiga  kiritish  uchun  nomzodlarning  umumiy 
ro‘yxati; 
- aniq  lavozimlarni  egallash  uchun  nomzodlarning  umumiy 
ro‘yxati. 
Umumiy  ro‘yxatga  kiritilishi  mo‘ljallangan  nomzodlardan 
qaysilarini  o‘qitish  darkorligi,  nomzod  shaxsiy  xususiyatlarini 
hamda  kelajakda  undan  rahbarlik  lavozimida  foydalanishni 
hisobga  olgan  holda  uni  tayyorgarlikdan  o‘tkazishning  qaysi 
shaklini tanlashga aniqlik kiritish lozim. 
Aniq  lavozimga  zaxiraga  kiritilishi  mo‘ljallangan  nomzod-
larni  shakllantirishda  esa  eng  avvalo  bu  nomzodlarni  baholash 
kerak. Baholash jarayonida nomzodning kelajakda egallashi mo‘l-
jallanayotgan lavozim talablariga naqadar muvofiqligi aniqlanadi.  
 
Mehnat  jamoasiga  rahbarlik  uchun  chetdan  jalb  etilgan 
xodimni  yangi  vazifaga  ko‘niktirish  yanada  murakkabroqdir. 
Chunki  ular  nafaqat  o‘zi  rahbarlik  qiladigan  jamoa  bilan,  balki 
korxona,  uning  tuzilishi,  an’analari,  o‘ziga  xos  xususiyatlari  va 
hokazolar  bilan  mutlaqo  notanish  bo‘ladilar.  Shuning  uchun 
personalni  boshqarish  xizmatlarining  zaxirani  tayyorlash  dasturi 


116 
doirasida  yangi  lavozimga  ko‘niktirish  maxsus  dasturlarini  ham 
ishlab chiqishlari talab etiladi.  
 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin