S xolmuratov korxonada kadrlar


 Kadrlar siyosatining takomillashtirib borish xususiyatlari



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/130
tarix24.01.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#51538
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   130
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

 
6.2. Kadrlar siyosatining takomillashtirib borish xususiyatlari 
va yo‘llari 
 
     Mualliflarning  fikriga  ko‘ra,  kadrlar  siyosatini  takomillash-
tirishning bir necha uslublarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular bir 
qator  omillar  bilan  belgilanadi:  korxona  boshlig‘ining  uslubi, 
jamoadagi  korporativ  madaniyatning  xususiyatlari,  tarkibiy 
bo‘linmalar rahbarlarining vakolatlari, shu jumladan, korxonaning 
xodimlar xizmati va hokazolar. 
Korxonaning  kadrlar  siyosatidagi  innovatsiyalarni  amalga 
oshirishda  va  inson  resurslarini  boshqarish  tizimida  kadrlar  siyosa-
tini takomillashtirib borishga jamoada sezilarli qarshiliklar vujudga 
kelishi  tabiiy  xoldir.  Buning  sabablari  turli  darajadagi  rahbarlar  va 
bo‘g‘in menejerlari hamda texnologik  yo‘nalish xodimlarining bir-
birlaridan  bilim  va  tashkiliy  tafakkurdagi  farq  bo‘lishligi  sababdir. 
Keling,  paydo  bo‘lgan  muammolarni  hal  qilishning  odatiy  va 
optimal usullarini  bir boshdan boshlab ko‘rib chiqaylik.  
1. Yangilikni yoqtirmaslik va yangiliklardan qo‘rquv. Odamlar 
yangiliklarni  yoqtirishmaydi  va    rahbariyat  tomonidan  kiritiladigan 
yangiliklarga  shubha  bilan  qarashadi.  Ular  o‘zgarishlarning  boshqa 
lavozimga  o‘tishiga,  ish  haqining  oshishi  hisobiga  ish  hajmining 
ko‘payishiga,  ishni  yo‘qotish  xavfi  yoki  ish  joyining  holatiga  olib 
kelishidan  qo‘rqadi.  Ular  yangi  texnologiyalar  va  ish  uslublarini 
o‘rgana olmasligi mumkinligidan ham qo‘rqishadi.  
2. Kasbiy va lavozim o‘sish (o‘zgarish)  yo‘nalishidagi shub-
halar.  Xodimlar  kadrlar  siyosatidagi  o‘zgarishlar,  bir  tomondan, 
qobiliyatlar,  kasb  mahoratiga  ega  bo‘lish,  yoki  bor  mahoratini 


156 
yo‘qotish,  umuman  o‘zgarishlar  ishsizlikka  olib  kelishi 
mumkinligidan  qo‘rqishi,  yangi  ko‘nikmalar  va  ko‘nikmalarni 
o‘rganishga  sabrsizligi.  Natijada  xodimlarning  ko‘zi  bilan  qara-
ganda  mavjud kadrlar siyosati takomillashuvi ularga zid va, hatto, 
ziyon keltirishi mumkindek tuyuladi.  
3.  Noqulayliklar.  Kadrlar  siyosatidagi  o‘zgarishlar  mehnat 
tarzini,  uning  murakkabligini,  daromad  miqdorini  va  hayotni 
qiyinlashtirishi mumkin deb hisoblaydilar  
4.  Ma’lum  shaxslar,  jumladan  norasmiy  munosabatlar 
tahdidi.  Korxonaning  mavjud  kadrlar  siyosatini    takomillashtishi 
amaldagi  tarkibiy  o‘zgarishlarni  ro‘yobga  chiqaradi,  keyinchalik 
ular  tashkil  etilgan  norasmiy  aloqalarni,  ijtimoiy  guruhlarni  yo‘q 
qilish,  mehnat  jamoadagilarni  butunlay    boshqa  rollarni  ijro 
etishga undaydi degan noto‘g‘ri fikrlarga olib keladi (12-jadval).  
 
12-jadval 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin