161
Kadrlar siyosatidagi o‘zgarishlar natijalarini muntazam
kuzatib borish va ushbu kadrlar siyosatidagi yangiliklarni ishlab
chiqish va amalga tadbiq qilishning turli bosqichlarida har bir
menejerning fikrini alohida e’tiborga olib tahlil qilish muhim rol
o‘ynaydi. Natijada kim haqiqatan haq bo‘lgan va kim nohaq
bo‘lganligi oxir oqibat namoyon bo‘ladi. Korxonaning kadrlar
siyosatini o‘zgartirish tashabbusi nafaqat yuqori lavozimdan, balki
xodimlar bo‘limi xizmatidan ham keng foydalanish zarur. Bu juda
tabiiydir, chunki u korxona xodimlari haqida barcha asosiy
ma’lumotlarga e’tibor beradi.
Xodimlar bilan ishlashning turli sohalarida, jumladan,
kadrlar siyosatidagi o‘zgarishlar jarayonini boshqarish bo‘yicha
xulosalar, tavsiyalar, takliflarni jamlab, ular bilan keng ommani
tanishtirib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: