2§. O’zbekiston Respublikasi O’zsanoatqurilishbankining yagona vakillik hisobvarag’iga o’tish tajribasi. «O’zsanoatqurilishbanki» Internet texnologiyalari ma’lumotlarini qayta ishlash
va saqlashning tizimiga o’tish borasida o’z ishini tashkil etayotgan respublikadagi
dastlabki banklardan biri bo’ldi. 2002 yilning iyulidan boshlab mazkur bank o’z
faoliyatini keyinchalik yagona balansga o’tishni mo’ljallab yagona vakillik
hisobraqami asosida amalga oshirmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 mart «Bank axborot
tizimini rivojlantirish to’g’risidagi PF-3080-sonli Farmoni va Vazirlar
Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi «Kompyuterlashtirishni rivojlantirish va
texnologiyalarini joriy etish to’g’risida»gi 200-sonli Qarori bank axborot tizimini
rivojlantirishga yangi omil baxsh etdi. Ushbu hujjatlarga «O’zsanoatqurilishbank»
Boshqaruvi alohida ahamiyat berdi.
«O’zsanoatqurilishbank»i yagona vakillik hisobraqamini joriy qilishi
Boshqaruv belgilab bergan yunalishlaridan birining ro’yobga chiqishi bo’lib
hisoblanadi.
«O’zsanoatqurilishbank»ning yagona vakillik hisobraqamiga o’tishi bilan bank
boshqarishning eng zamonaviy sifat darajasi bilan ta’minlandi. Bank aktivlarini
samarali boshqarish uchun metodologik va texnologik negiz modernizatsiya qilindi
hamda mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlar turi ko’paydi.
Yagona vakillik hisobraqamini yo’lga qo’yishdan ilgari
«O’zsanoatqurilishbank»ning butun tizimida resurslar va xatarlarni qulay boshqarish
imkoniyati yo’q edi. Shuni ta’kidlash lozimki, filiallar bo’yicha bank xizmati turlari
shartlarini tanlab olishda aslida bank resurslarini tezkorlik bilan qayta taqsimlash
darajasiga ko’ra oldindan belgilab qo’yilgan, filiallarning daromadliligi va
likvidligini boshqarish, turli-tuman xatarlarni imkon boricha kamaytirishga e’tibor
berilgan.
Bunday tizimda ishlashda Bosh bank oddiy vazifalarni bajarish bilan birga,
o’ziga xos yumushlarni ham ado etishiga to’g’ri keladi. Masalan, kredit portfeli
shakllantirayotganda filiallarning mijozlari to’g’risidagi ma’lumotlarni (filiallar esa
ko’pincha turli mintaqalarda joylashgandir) filiallarda berilgan kreditlar haqida,
mazkur kreditlarning xolati to’g’risida ma’lumotlarni jamlash zarurati paydo bo’ladi.
Buning ustiga olinayotgan jami axborot yangi bo’lishi lozim. Shu boisdan ham
bankning barcha filiallarida yagona hisob siyosatini yuritish zarurdir. Hisobraqamlar
rejasini tashkil etish, hisobraqamlar ochish qoidalarini ishlab chiqish va bank
operatsiyalari amalga oshirilayotganda provodkalarni bajarishni, shuningdek,
jamlangan ichki va fiskal hisobotni tayyorlashni shular jumlasiga kiritish lozim.
Bank xizmatlarining tarkibi va shartlarini boshqarish ham muhim omillardan
biri hisoblanadi. Shuning uchun ham qanday xizmatlarni, qanday hajmda va qaysi
shaklda ko’rsatilishi lozimligini aniqlab olish talab etiladi. Mijozlarning u yoki bu
guruhlariga kreditlarning qaysi turlarini berish va beriladigan bo’lsa, foiz stavkasini
qanday bo’lishini belgilab olish ham zarur bo’ladi. Filiallar uchun valyuta tarkibi,
valyutalar bilan bo’ladigan operatsiyalar hamda shu valyutalar operatsiyalari ijro
etiladigan savdo kurslari «yo’llarini» tayin etib