18
Birinchi misolda ishonchli odam Humoyun edi (koreys tilidagi
misolda
믿을 수 있는 사람은 휴모윤이었어요
) birikmasi tub struktura bo‘lsa,
qolgan so‘zlarning barchasi umumiy sintaktik strukturani tashkil etmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, sintaktik qurilmalar qonun-qoidalarini
o‘rganishda tub struktura tushunchasi g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi, zotan,
u sintaktik struktura shakllanishi uchun asosiy “xomashyo” sanaladi. Lekin
shuni alohida ta’kidlash kerakki, tub struktura masalasi jahon tilshunosligida
hozirgacha o‘z yechimini to‘liq topa olgani yo‘q. Ba’zi tilshunoslar uni tayanch
struktura (ядерная структура) tarzida talqin etsalar, boshqalari mazkur
strukturani semantik struktura bilan tenglashtiradilar. Ehtimol, shu bois rus
tilshunosi V.A.Zveginsev hozirgi tishunoslikda tub struktura kategoriyasidan
o‘ta ommalashib ketgan, shu bilan birga, o‘ta mavhum strukturani topish qiyin
degandir
1
.
Tub struktura tushunchasini lingvistik tadqiqotlarga dastlab N.Chomskiy
kiritadi va uni “tafakkurdagi tushuncha” ma’nosida
izohlaydi
2
.
Tub struktura tushunchasi o‘zbek tilshunosligida maxsus tadqiqot mavzusi
bo‘lganicha yo‘q. Bu haqda faqat ayrim tilshunoslarimizning ishlarida qisqacha
berilgan fikrlarni kuzatish mumkin
3
. Koreys tilshunosligda esa bu sohada
aytilgan fikr va mulohazalarni uchratmadik.
Shunday qilib, biz mazkur ishimizda tub struktura deganda, N.Chomskiy
ortidan borib, gapning sintaktik strukturasi uchun asos bo‘ladigan ichki semantik
yoki tafakkur strukturasini tushunamiz. Bu struktura nisbiy mavhumlik belgisida
va imkon qadar minimal holatda bo‘ladi. Chunki mavhumlik til sistemasi
belgilarining barchasiga xos bo‘lib, yuqorida ta’kidlaganimizdek, u faqat belgi
nutqqa ko‘chirilgandan keyingina konkretlashadi. Bu narsalarning barchasi,
1
Звегинцев В.А. Язык и лингвистическая теория. – М., 1973. – С.180.
2
Chomskiy N. Language and Mind.-N.y., 1968 pp. 15-16.
3
Qarang: Turniyozov N.Q. Qo‘shma gap sintaksisi.-Samarqand,1993,14-bet; Turniyozov B.N. Hozirgi
o‘zbek tilida teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi.-Samarqand,2008,30-31-
betlar; Yaxshiboyev G‘ Hozirgi o‘zbek tilida soda gap derivatsiyasi// Nomz.dis.avtoref. -Samarqand,
2004.
19
albatta, so‘zlovchining nutqiy faoliyati bilan bog‘liqdir. Chunki inson tafakkuri
til bilan va, o‘z navbatida, til inson ongining faoliyati bilan uzviy aloqadordir.
Yuqoridagi misol tahliliga qaytadigan bo‘lsak, uchun ko‘makchisi va
Dostları ilə paylaş: