I bob. So‘zning funksiyasi


 Nizom uchun saroydagi eng ishonchli odam Humoyun edi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/77
tarix27.01.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#51657
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77
Hozirgi o`zbek va koreys tillarida gapning aktual bo`laklarga bo`linishi

1. Nizom uchun saroydagi eng ishonchli odam Humoyun edi (P.Qodirov. 

Avlodlar dovoni). 

니좀이 성 안에서 믿을 수 있는 사람은 휴모윤이었어요. 

2.  U  suv  yo‘li  bilan  Ganga  daryosi  tomonga  yo‘l  oldi  (P.  Qodirov. 

Avlodlar dovoni). 

할머니의 모습이 보고 싶어서 일부러 그쪽을 향해 걸어갔다. (연탄길, 

19 bet) 


Onamni ko’rishni istaganim uchun ataylab shu tomonga qarab yurdim. 

Gap unsurlaridan birining o‘ta faol ikkinchisining esa nisbatan kamroq faol 

darajada  qo‘llanilishi  faqatgina  nutq  muhitining  o‘ziga  emas,  balki 

so‘zlovchining xohishiga ham  ma’lum darajada bog‘liq bo‘ladi. Buni yuqorida 

keltirilgan misollarda ko‘rib o‘tishimiz mumkin. 

                                                           

1

 

Turniyozov N.,Turniyozovza K.,Xayrullayev X. Struktur sintaksis asoslari.–Toshkent, Fan: 2009,70-



71-bet.

 



18 

Birinchi  misolda  ishonchli  odam  Humoyun  edi  (koreys  tilidagi 

misolda

믿을  수  있는  사람은  휴모윤이었어요



)  birikmasi  tub  struktura  bo‘lsa, 

qolgan so‘zlarning barchasi umumiy sintaktik strukturani tashkil etmoqda. 

Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  sintaktik  qurilmalar  qonun-qoidalarini 

o‘rganishda tub struktura tushunchasi g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi, zotan, 

u  sintaktik  struktura  shakllanishi  uchun  asosiy  “xomashyo”  sanaladi.  Lekin 

shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  tub  struktura  masalasi  jahon  tilshunosligida 

hozirgacha o‘z yechimini to‘liq topa olgani yo‘q. Ba’zi tilshunoslar uni tayanch 

struktura  (ядерная  структура)  tarzida  talqin  etsalar,  boshqalari  mazkur 

strukturani  semantik  struktura  bilan  tenglashtiradilar.  Ehtimol,  shu  bois  rus 

tilshunosi  V.A.Zveginsev  hozirgi  tishunoslikda  tub  struktura  kategoriyasidan 

o‘ta ommalashib ketgan, shu bilan birga, o‘ta mavhum strukturani topish qiyin 

degandir


1

Tub  struktura  tushunchasini  lingvistik  tadqiqotlarga  dastlab  N.Chomskiy 



kiritadi va uni “tafakkurdagi tushuncha” ma’nosida izohlaydi

2



Tub struktura tushunchasi o‘zbek tilshunosligida maxsus tadqiqot mavzusi 

bo‘lganicha yo‘q. Bu haqda faqat ayrim tilshunoslarimizning ishlarida qisqacha 

berilgan  fikrlarni  kuzatish  mumkin

3

.  Koreys  tilshunosligda  esa  bu  sohada 



aytilgan fikr va mulohazalarni uchratmadik. 

Shunday  qilib,  biz  mazkur  ishimizda  tub  struktura  deganda,  N.Chomskiy 

ortidan borib, gapning sintaktik strukturasi uchun asos bo‘ladigan ichki semantik 

yoki tafakkur strukturasini tushunamiz. Bu struktura nisbiy mavhumlik belgisida 

va  imkon  qadar  minimal  holatda  bo‘ladi.  Chunki  mavhumlik  til  sistemasi 

belgilarining  barchasiga xos bo‘lib,  yuqorida ta’kidlaganimizdek,  u  faqat  belgi 

nutqqa  ko‘chirilgandan  keyingina  konkretlashadi.  Bu  narsalarning  barchasi, 

                                                           

1

 

Звегинцев В.А. Язык и лингвистическая теория. – М., 1973. – С.180.



 

2

 



Chomskiy N. Language and Mind.-N.y., 1968 pp. 15-16.

 

3



 

Qarang: Turniyozov N.Q. Qo‘shma gap sintaksisi.-Samarqand,1993,14-bet; Turniyozov B.N. Hozirgi 

o‘zbek tilida teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi.-Samarqand,2008,30-31-

betlar; Yaxshiboyev G‘ Hozirgi o‘zbek tilida soda gap derivatsiyasi// Nomz.dis.avtoref. -Samarqand, 

2004.

 



19 

albatta, so‘zlovchining nutqiy faoliyati bilan bog‘liqdir. Chunki inson tafakkuri 

til bilan va, o‘z navbatida, til inson ongining faoliyati bilan uzviy aloqadordir. 

Yuqoridagi  misol  tahliliga  qaytadigan  bo‘lsak,  uchun  ko‘makchisi  va 




Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin