20
I bob bo‘yicha xulosa
Tadqiqot ishimizning mazkur bobida virtual belgilarning faollashuvi, gap
komponentlarining bir va ko‘p funksionalligi tabiatini o‘rganish jarayonida
quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Til sistemasining virtual belgilari, asosan, paradigmatik qator elementlari
ekanligi aniqlandi hamda paradigmatik qator elementlari o‘rtasidagi
munosabatlarni tafakkurimiz, ongimiz orqaligina his eta olishimiz, chunki ular
aniq ifodaga ega emasligi o‘rganildi.
2. Til elementlarining faollashuvi uchun birdan-bir makon sintagmatik
qator ekanligi belgilandi.
3. Til belgisi, paradigmatik va sintagmatik rejalarning qaysi birida
o‘rganilishidan qat’i nazar, o‘zining ifodalovchi va ifodalanuvchi belgilariga
ko‘ra ajralib turishi ta’kidlandi.
4. Til elementlarining konkret faollashuvi uchun nutq muhitining ham
ahamiyati katta. Nutq muhiti bo‘lmas ekan, til elementlari mavhum va
umumiyligicha qoladi.
5. Mavhum va umumiylik holatida bo‘lgan til elementlari paradigmatik
rejani va aniq mazmun ifodasini beruvchi faol holatdagi nutq elementlari esa
sintagmatik rejani asoslaydi, degan xulosaga kelamiz.
6. Paradigmatik qator og‘ushidagi til elementlarining mikrosintagmatik
munosabatlari faol holatda bo‘lmaydi. Bu elementlarning haqiqiy faolligi
faqatgina sintagmatik qatorda ta’minlanadi.
7. So‘zning o‘z funksiyasiga ko‘ra bir morfologik kategoriyadan ikkinchi
morfologik kategoriyaga ko‘chirilishi faqat sintagmatik qator doirasidagina
mumkin bo‘ladi.
8. Gap unsurlarining funksional sifatlarini o‘z-o‘zidan hosil bo‘lib
qolmaydi. Boshqacha aytganda, ularga ma’lum bir funksiyaning berilishi uchun
faqatgina til imkoniyatlarining o‘zi kamlik qiladi. Chunki nutq muhitining
talablari bilan ham hisoblashishga to‘g‘ri keladi.
21
9. Nutq muhitida esa so‘zlovchi shaxs yetakchi omil sanaladi. Demak, til
elementining nutqda funksiyasiga ko‘ra faollashuvi uchun so‘zlovchi shaxs
asosiy vositalardan biridir, degan xulosaga kelamiz.
10. Gap unsurlaridan birining o‘ta faol va ikkinchisining nisbatan kamroq
faol darajada qo‘llanilishi faqatgina nutq muhitining o‘ziga emas, balki
so‘zlovchi shaxsning istak-xohishiga ham ma’lum darajada bog‘liq bo‘ladi.
11. Gap yoki jumla tarkibiga birorta element maqsadsiz kiritilmaydi,
degan xulosaga kelamiz. Ana shu jarayonda gap tuzilishining barcha leksik-
grammatik muammolari til elementlarining paradigmatik rejadan sintagmatik
rejaga ko‘chirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qonun-qoidalar doirasida o‘z ifodasini
topadi.
12. Ayrim til elementlari o‘zlarining asliy morfologik shakllarida
qo‘llanilsa, ayrimlari yasama shakllarga kiradi. Bularning hammasi gap
unsurlariga funksional sifatlarni u yoki bu shaklda taqsimlash maqsadida yuz
beradi.
Dostları ilə paylaş: