shirin va oson so‘zlari, koreys tilidagi misollarda esa
귀여운
(shirin, yoqimtoy),
쉽다
(oson) hamda
황홀한
(bamaza) so’zlari shaklan sifat kategoriyasiga
mansubdir. Biroq funksiya nuqtai nazaridan o‘z morfologik kategoriyasi
doirasidan uzoqlashgan. Shuning uchun so‘zlarning o‘zaro munosabatga
kirishish imkoniyatlari ularning bajarayotgan sintaktik funksiyalari bilan
chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha aytganda, tilda mavjud bo‘lgan barcha
elementlar ma’lum so‘z turkumlariga tegishli bo‘ladi va ularning nafaqat leksik,
balki grammatik jihatdan ham o‘ziga xos tomonlari mavjud. Ma’lum bir
grammatik shakl ifodasidagi so‘zlar ortiqcha va qo‘shimcha ma’nolardan holi
etilgan bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, ularning sintaktik munosabatlarini
ifodalash uchun mo‘ljallanganligidan dalolat beradi
1
.
Shuni ta’kidlash kerakki, gapning har bir bevosita ishtirokchi (BI) elementi
uning ajralmas bir bo‘lagidir. Bevosita ishtirokchi elementlarning barchasi
funksional elementlarga ega bo‘ladi. Chunki gap yoki jumla tarkibiga birorta
element maqsadsiz kiritilmaydi. BI (bevosita ishtirokchilar) metodining til
materialiga samarali qo‘llanishi mumkinligi va uning ayrim tamoyillari
deskriptiv tilshunoslikda L. Blumfild tomonidan aytilgan va ko‘rsatib berilgan
edi. Ammo shuni ham aytish lozimki, mazkur metodning tamoyillarida ko‘zda
tutilgan asosiy maqsad va vazifalariga yaqin g‘oyalar F.de Sossyurning
lingvistik qarashlarida ham kuzatiladi
2
.
Biroq bevosita ishtirokchilar metodining dastlab til matrialiga tadbiq
etilishi va uning asosiy asosiy tamoyillarining ishlab chiqilishi amerikalik
tilshunos K. Payk nomi bilan bog‘liq. Olim o‘zining “Taksemlar va bevosita
1
Qarang: Гумбольдт В.фон. Избранные труды по языкознанию. –М.,1984.-С.334.
2
Qarang: Апресян Ю.Д. Непосредственно составляющих метод //Лингвистический
энциклопедический словарь. М., 1990.-С. 332.
17
ishtirokchilar” deb nomlanuvchi maqolasida bu metodni birinchi bor amalda
qo‘llagan edi
1
.
Struktur
tilshunoslikning
taraqqiyoti
keyingi
davrlarda
bevosita
ishtirokchilar metodining nazariy va amaliy masalalari amerikalik tilshunoslar
R.Uells, Z.Xarris, Ch.Xokket, Ye.Naydalar tomonidan yanada mukammalroq
talqin etildi. Bevosita ishtirokchilar metodi jarayonida gap tuzilishining barcha
leksik grammatik-muammolari til elementlarining paradigmatik rejadan
sintagmatik rejaga ko‘chirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qonun-qoidalar doirasida
o‘z ifodasini topadi. Ayrim til elementlari o‘zlarining asliy morfologik
shakllarida qo‘llansa, ayrimlari yasama shakllarga kiradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, gap unsurlarining funksional sifatlari o‘z-o‘zidan
hosil bo‘lib qolmaydi. Ularga ma’lum bir funksiyaning berilishi uchun faqatgina
til imkoniyatlarining o‘zi kamlik qiladi. Bunda, albatta, nutq muhitining talablari
bilan ham hisoblashishga to‘g‘ri keladi. Nutq muhitida esa, yuqorida
ta’kidlaganimizdek, inson omili yetakchilik qiladi. Demak, til elementlarining
nutqda ma’lum bir funksiyasiga ko‘ra aktuallashuvi uchun so‘zlovchi shaxs
asosiy omillardan biri hisoblanadi. Masalan:
Dostları ilə paylaş: |