I bob. So‘zning funksiyasi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/77
tarix27.01.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#51657
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77
Hozirgi o`zbek va koreys tillarida gapning aktual bo`laklarga bo`linishi

 

 

 

                                                           

1

 

Qarang: Степанова А.Н. Об актуализации и референции лингвистического языка// 



Иностранные языки в школе, №1, 1985.-С.15-17.

 



13 

2. Gap komponentlarining bir va ko‘p funksionalligi 

Ishimizning  avvalgi  sahifalarida  til  belgilarining  paradigmatik  va 

sintagmatik rejalarga ko‘ra o‘rni masalasi bilan atroflicha tanishib o‘tdik va shu 

jarayonda  har  bir  til  belgisini  funksional  faolligi  uning  tildan  nutqqa 

ko‘chirilgach  vujudga  kelishini  aniqladik.  Endi  esa  asosiy  masala  til 

belgilarining gap tarkibidagi funksional tavsifini belgilab berishdan iboratdir. 

Aytish kerakki, gap so‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatini taqozo etadi. 

Boshqacha  aytganda,  gapning  umumiy  mazmuni  so‘zlar  munosabati  orqali 

ta’minlanadi,  chunki  so‘z  yordamida  biz  predmet  va  hodisalarni  nomlaymiz. 

Ammo  predmet  va  hodisalar,  o‘z  qonuniyatlariga  ko‘ra  so‘zga  aloqasi 

bo‘lmagan  holda  mavjuddir.  So‘z  bilan  denotat  va  signifikat  o‘rtasida  nisbiy 

bog‘lanish  mavjud,  ya’ni  biz  biror  tushunchaga  ega  bo‘lish  maqsadidagina 

ma’lum  bir  so‘z  orqali  nimanidir  aytamiz  va  bu  haqda  biror  tushunchaga  ega 

bo‘lamiz.  Aslida  esa  so‘z  bilan  u  atayotgan  narsa  o‘rtasida  hech  qanday 

bog‘lanish yo‘q. 

So‘z  va  narsa  o‘rtasidagi  muammo  juda  ko‘p  davrlar  mobaynida 

tortishuvlarga  sabab  bo‘lib  keldi.  Hatto  XIX  asr  oxiri  va  XX  asr  boshlarida 

Avstraliyada  Rudolf  Meringer  tomonidan  “So‘z  va  narsa”  nomli  maktab  ham 

vujudga  keldi

1

.  Ana  shuning  o‘zi  ham  so‘z  tilimizning  eng  muhim  quroli 



ekanligidan  dalolat  beradi.  Shuning  uchun  ham  so‘z  bir  paytning  o‘zida  ham 

mazmun ifodasini, ham shakl va sintaktik funksiya ifodsdini bera oladi. Shuning 

uchun  u  tilimizning  va  nutqimizning  barcha  imkoniyatlarini  yaratuvchi  kuchga 

ega


2

Bunday  sifatga  tilning  birorta  boshqa  kategoriyadagi  elementi  ega  emas. 



Oddiy bir misol keltiraylik. Ko‘pgina so‘zlar bir paytning o‘zida morfema ham 

sanaladi. Lekin bu so‘zlarga morfema tarzida qarasak, ularning ko‘p funksiyaligi 

o‘z-o‘zidan  inkor  qilinadi.  Masalan,  non,  kon  kabi  so‘zlar  morfemalar 

kategoriyasiga  ham  bemalol  kiraveradi.  Ammo  morfemalar,  so‘zlardan  farqli 

                                                           

1

 



Turniyozov N.Q. Tilshunoslikka kirish.- Samarqand, 2006, 50-bet.

 

2



 

Qarang: Будагов Р.А. Введение в науку о языке.-М., 1965.-С.9.

 



14 

ravishda,  sintagmatik  qator  doirasida  harakat  qila  olmaydi.  Ular  uchun  asosiy 

makon  so‘zdir.  Morfemalar  sintagmatik  qator  doirasiga  so‘z  orqali,  unung 

tarkibidagina kiritiladi. So‘zlar esa bu qatorda erkin harakat qiladi. Shu sababli 

bir bo‘g‘inli so‘zlar gapdan tashqari holatdadagina morfema sanalishi mumkin. 

Masalan: Non yopildi – Yopildi non; Sir saqlandi – Saqlandi sir. 

Ko‘rinadiki,  so‘z  sintagmatik  qatorda  erkin  harakat  qila  olgani  uchun  bir 

mazmunning  turlicha  ifodasi  shakllarini  bera  oladi.  Morfemalar  esa,  nafaqat 

sintagmatik  qator  doirasida,  balki  so‘z  doirasida  ham  harakat  qila  olmaydi. 

Lekin  shunday  bo‘lsa-da,  morfemalarning  ham  sintagmatik  qatorda  o‘ziga  xos 

xususiyatlarini  ko‘ra  olamiz.  Masalan,  ular  bir  so‘z  doirasidan  chiqa  olmagani 

holda, shu so‘zning ikkinchi bir so‘z bilan sintagmatik munosabatlarini tiklaydi. 

Bu sohada, ayniqsa, sintaktik shakl yasovchi morfemalarning ahamiyati katta. 

Shuni  ham  aytish  kerakki,  so‘zlarning  yana  bir  muhim  tomoni  ular  ko‘p 

hollarda o‘z morfologik kategoriyalariga xos imkoniyatlar doirasidan chetlashib 

qolishi ham mumkin. Fikrimiz isbotini quyidagi misollarda ko‘rib o‘tamiz: 

1.  Bu  uy  usta  Safarning  mehmonxonasi  ekan  (O.  Husanov.  Taqilmagan 

uzuk). 


2. Bu  joy- daryoning  tirsagi (Y.Shamsharov. Vorislar). 

1.

공항은 사람들이 만드는 속도의 물결이다. (이병률, 바람이 분다 당신이 좋다, 



40 bet)

 


Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin