I bob. So‘zning funksiyasi


Dovud  baqqol  hujrani  topib olgan edi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/77
tarix27.01.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#51657
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77
Hozirgi o`zbek va koreys tillarida gapning aktual bo`laklarga bo`linishi

Dovud  baqqol  hujrani  topib olgan edi ( Sh. Xolmirzayev. Qil ko‘prik). 

왜, 거기서  혼자  식사를  하세요? (이철환, 연탄길

, 13 bet) 

Nima uchun ovqatni yolg’iz tanovul qilyapsan? 

Berilgan  gap  tarkibiy  qismlarining  faollik  darajasiga  ko‘tarilishi  ayni 

paytda  tushum  kelishigi  shakli  -ni  orqali  amalga  oshgan,  zero  gapning 

sintagmatik zanjiri faqat ana shu element orqaligina shakllanmoqda. 

Xuddi shunday holat koreys tilidagi misolda 

–를

 (-ni) kelishik qo’shimchasi 

yordamida shakllanganligini guvohi bo’lamiz. 

Shunday  qilib,  mavhum  va  umumiy  holatda  bo‘lgan  til  elementlari 

paradigmatik  rejani  va  aniq  mazmun  ifodasini  beruvchi  faol  holdagi  nutq 

elementlari  esa  sintagmatik  rejani  asoslaydi  degan  xulosaga  kelamiz.  Til 

elementlarining faollashuvi esa har bir tilning o‘zining ichki imkoniyatlari bilan 

uzviy  bog‘liq  va  aynan  ana  shu  imkoniyatlar  paradigmatik  va  sintagmatik 

rejalarni bir-biri bilan tutashtiruvchi omillar sanaladi. 

Shuni  aytish  kerakki,  paradigmatik  qator  og‘ushidagi  til  elementlarining 

mikrosintagmatik  munosabatlari  faol  holatda  bo‘lmaydi.  Bu  elemenlarninig 

faqatgina  sintagmatik  qatorda  ta’minlanadi.  Shuning  uchun,  hatto  fonologik 

elementlar ham sintagmatik qatordagina faollik belgisini oladi. So‘z turkumlari 

masalasiga  kelsak,  ular  ham  gap  bo‘laklari  funksiyasida  faol  sanaladi. 

                                                           

1

 



Qarang: Дейк Т.А.ван. Язык.Познание.Коммуникация.(Olimning fikri N.Q.Turniyozovning ” 

Matn lingvistikasi” asaridan olindi. – Samarqand, 2004, 30-bet).

 

2

 



Qarang: Степанов Г. В. Типология языковых состояний и ситуаций в странах романской речи. 

– М., 1976. – С.31.

 



11 

Boshqacha  aytganda,  biror  bir  tushuncha  gap  bo‘lagi  vazifasinini  olishi  uchun 

uning  faollashuvi  zarur.  Bu  tushunchaning  faollashuvi  uning  so‘zlovchi  shaxs 

e’tiboriga  aniq  o‘tishi  demakdir,  chunki  oddiy  tushunchaning  o‘zi  ongning 

mahsuloti bo‘lib, u mavhum va umumiy mazmunga ega

1



Til  elementlarining  belgilari  faollashuvida  ularning  har  ikki  sifatini 

(ifodalovchi  va  ifodalanivchi) ham  anig his qilish  mumkin.  Belgisiz  faollashuv 

esa  til  belgilarining  nutq  doirasida  yashirin  tarzda  ishtirok  etishinini  taqozo 

etadi. Bunda ularning biror bir sifati ro‘yirost ifodalanmaydi.  Masalan: 




Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin