I bob. So‘zning funksiyasi


-li  kabi  so‘z  yasovchi  qo‘shimchalar  qo‘shilishining  o‘zi  eng  kichik  sintaktik   munosabatga  misol  bo‘la  oladi.  Bunda  ish



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/77
tarix27.01.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#51657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77
Hozirgi o`zbek va koreys tillarida gapning aktual bo`laklarga bo`linishi

-li  kabi  so‘z  yasovchi  qo‘shimchalar  qo‘shilishining  o‘zi  eng  kichik  sintaktik  

munosabatga  misol  bo‘la  oladi.  Bunda  ish    ob’yekt,  -chi  qo‘shilganda  esa 

sub’yekt  ma’nosi  ifodalanib,  paradigmatik  qator  doirasida  ham  eng  kichik 

sintaktik  munosabatlar  mavjudligidan  dalolat  beradi.  Bu  munosabatlar  asosida 

shakllangan  sintaksisni  kichik  sintaksis  deb  ataymiz.  Boshqacha  aytganda,  u 

passiv xarakterda bo‘lib, hali bu uning faollashuvi degan gap emas. To‘g‘ri, bu 

holatda  ham  sintaktik  jihatdan  shakllanish  mavjudligi  kuzatiladi,  biroq  u 

paradigmatik  qator  sathidan  sintagmatik  qatorga  to‘liq  o‘tib  ketmaydi,  ya’ni 

sintaktik  jarayon  paradigmatik  qator  tasarrufida  qoladi.  Shuning  uchun  biz 

sintaktik  shakllanishning  bu  turini  mikrosintagmatik  munosabatlar  deb 

o‘rganamiz. 

Mikrosintagmatik  munosabatlar  jarayonida  yasovchi  asos  va  yasovchi 

formantlar asosida yasalish bo‘las-da, ularda mavhumlik va umumiylik belgilari 

to‘liq  saqlanib  qoladi.  Boshqacha  aytganda,  ular  dinamik  tus  ololmaydi.  Hatto 

so‘z  birikmalari  ham  nutqdan  tashqari  holatda  mavhumlik  va  umumiylik 

qurshovida  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  F.de  Sossyur  to‘g‘ri  chiziq  bo‘ylab 

ketma-ketlik qonuniyati asosida faollik ifodasini oluvchi turli qo‘shimchalarning 

qo‘llanilishi ham o‘ziga xos sintaksis ekanligini aytganda haqli edi

2



Ko‘rinadiki,  tilda  so‘z,  uning  ma’nosi  va  tovush  ifodalaridan  muhimroq 



narsa  yo‘q.  Demak,  til  sistemasi  katta  va  nisbatan  kichik  belgilarning 

yig‘indisidan tashkil topgan. Gapni esa katta-kichik belgilarga faollik beruvchi 

makon  deb  tushunamiz.  Gap  o‘z  xususiyatiga  ko‘ra,  bir  paytning  o‘zida 

                                                           

1

 

Qarang: Гак В. Г. Высказывание и ситуация // Проблемы структурной лингвистики. – М., 1973. 



– С. 353-354.

 

2



 

Qarang: Slyusarova N.A. Ko‘rsatilgan asar, 74- bet.

 



paradigmatik  va  sintagmatik  rejalarning  har  ikkalasi  bilan  aloqador  bo‘ladi.  U 

paradigmatik  reja bilan o‘z  unsurlarining morfologik  jihatdan qaysidir bir so‘z 

turkumining  vakili  ekanligi  bilan  bog‘liq.  Bu  so‘zlar  gap  tarkibida  konkret 

qo‘llanilmagunlaricha  mavhumlik  va  umumiylik  belgilari  og‘ushida  bo‘ladi. 

Masalan, men, uy, bormoq so‘zlarining faollashuvi masalasiga e’tibor beraylik. 

Ayni paytda ushbu so‘zlar mazmunan mavhum va umumiydir. Konkretlik berish 

uchun  ularni  faollashtiramiz  va  sintagmatik  qator  shartlaridan  kelib  chiqqan 

holda ketma-ket talaffuz etamiz: Men uyga bordim. 

Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  bunga  o‘xshash  til  elementlarining 

aktuallashuvi  so‘zlovchi  tomonidan  mexanik  hamda  stixiyali  tarzda  bajariladi. 

Chunki  inson,  agar  u  o‘z  ona  tilida  so‘zlashayotgan  bo‘lsa,  hayotiy  tajribasiga 

tayangan  holda  juda  katta  ko‘nikma  hosil  qilgan  bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  til 

elementlarining  nutqda  faollashuvi  so‘zlashuv  muhiti,  ekstralingvistik  omillar 

bilan ham uzviy bog‘liq hisoblanadi. Shu bois yuqorida berilgan gap Men uyga 


Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin