Mana bu lahmlardan kabob bilan osh qilasan. Qozon ikkita ( P. Qodirov.
Qadrim).
너의 집 음식엔 특별한 양념이 들어 있다. 정성이 듬뿍 든 엄마의 양념.
(박인식,
tv동화 행복한 세상,
239 bet)
Sening uying ovqatlarida o’ziga xos ziravor bor. Ochiq ko’ngillik bilan
tayyorlagan onaning ziravori.
Keltirilgan misolning ikkinchi gapida Ikkita qozon bor jumlasining
mazmuni bor so‘zining ishtirokisiz Qozon ikkita holda berilgan. Muhimi
shundaki, tushirilib qoldirilayotgan gap unsurlari berilayotgan xabarlar
mazmunida o‘z ta’sir kuchiga egadir. Ular aniq morfologik ko‘rsatgichiga ega
bo‘lmasa-da, mazmuni anglashilmoqda va o‘zlari qatnashayotgan gap
unsurlarining sintaktik faollashuvi uchun kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu
jarayonda, albatta, nutq muhitining mohiyati ham kattadir. Chunki ana shu so‘z
va jumlalarning mazmunan saqlanishi va shaklan tushirilib qoldirilishi uchun
nutq muhiti sharoit yaratib bermoqda. Shuning uchun til elementlarining tildan
nutqqa belgisiz holda ko‘chirilishida tashqi omillarning ahamiyati g‘oyat muhim
va sezilarli bo‘ladi.
Fikrimizni isbotlash uchun yuqorida berilgan misolga nazar tashlaylik:
Dostları ilə paylaş: |