boryapman, Men uyga boraman, Men uyga bormoqchiman, Men uyga
bormoqchi edim va hokazo tarzida ham ifodalanishi mumkin.
Shuni aytish kerakki, til elementlarining konkret faollashuvi uchun nutq
muhiti bilan kognitiv (bilish) nazariyaning ahamiyati katta. Kognitiv nazariya
tilning real qo‘llanilishini ta’minlovchi asosiy komponetlardan biri hisoblanadi.
Bunda quyidaqilar muhim ahamiyat kasb etadi:
1) jumlaning grammatik strukturasi tabiati;
2) nutq tempi, urg‘u, ohang, tonning ozgaruvchanligi, jestika, mimika,
gavdaninig harakati kabi qator paralingvistik omillar;
3) kommunikativ muhitga munosabat. Bunda e’tiborga molik bo‘lgan
ob’yektlar, kishilar va hokazolar nazarda tutiladi;
4) so‘zlovchi to‘g‘risida xotirada bo‘lgan fikrlar hamda kommunikativ
muhit to‘g‘risidagi tasavvur;
5) nutq so‘zlanayotgan paytda sodir bo‘lgan diskurs (muloqot);
6) pragmatik muhit haqidagi umumiy tasavvur.
10
Ko‘rinadiki, yuqorida keltirilganlarning barchasi pragmatik qurshov
omillari sanaladi va ular pragmatik voqelikning vujudga kelishida asosiy
komponentlar hisoblanadi
1
. Nutq muhiti bo‘lmas ekan, til elementlari mavhum
va umumiyligicha qoladi. Til voqeligining elementlari bir butun mazmun
ifodasini berayotgan boshqa elementlar bilan munosabatga kirisha oladigan
muhit doirasidagina aniqlik darajasiga ko‘tariladi
2
.
Misol uchun quyidagi gap tarkibiy qismlarining faollashuviga e’tibor
beraylik:
Dostları ilə paylaş: |