4
I BOB. SO‘ZNING FUNKSIYASI
So‘z tilning va nutqning serqirra unsuri hisoblanadi. Shuning uchun u
fonetikada, leksikologiyada, frazeologiyada, grammatikada, stilistikada ham
o‘rganiladi.
Fonetikada so‘zning tovush xususiyatlari, fonologik tomoni o‘rganilsa,
leksikologiyada
uning
denotat
va
signifikat
tomonlari
tekshiriladi.
Frazeologiyada so‘zning ko‘chma ma’nodagi birikma qolipida kelishi,
grammatikada turkumlarga bo‘linishi va gap bo‘laklari vazifasida kelishi
tekshiriladi. Stilistikada turli uslublarga ko‘ra qo‘lanishi yoritiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, so‘zning tilshunoslikning turli bo‘limlarida
o‘rganilishining sababi uning mazmuni bilan chambarchas bog‘liq. Chunki bir
so‘zning o‘zini turli ma’nolarda qo‘llash mumkin. Darhaqiqat, Sh. Balli
so‘zning ma’nosini chaqishdan charchadim, deb bejiz aytmagan edi
1
. Agar
shunday bo‘lmaganda tilimiz allaqachon o‘lik tilga aylangan bo‘lar edi.
So‘z voqelikdagi biror narsani, voqeani, hodisani nomlaydi. Ana shu
jarayonda so‘zning ma’nosi shakllanadi. So‘zning fizik qiyofasi bilan u
anglatayotgan narsaning fizik qiyofasi o‘rtasidagi bog‘lanish birligi ma’no
hisoblanadi. So‘z ana shu ma’no tufayligina nimanidir ataydi
2
. Boshqacha
aytganda, kishining borliqni bilishi, ongida aks ettirishi so‘z ma’nosida o‘z
ifodasini topadi. “Sezish tajribasi orqali biz predmetni his qilsak, idrok etish
orqali uning nomimi belgilaymiz”, - degan edi L. Feyerbax
3
.
So‘z, fonema hamda morfemalardan farqli holatda faqat sintagmatik
qatorda emas, balki paradigmatik qator doirasida ham o‘z lesik va semantik
vazifasiga ega bo‘ladi. So‘z paradigmatik qatordan sintagmatik qatorga
o‘tgandan keyin, shu qatorda uning ichki qonun-qoidalariga bo‘y sunadi va
yangicha mazmun, funksiyalar bajara boshlaydi. Boshqacha aytganda, ma’lum
bir gapning ajralmas bo‘lagi sifatida namoyon bo‘ladi.
1
Балли Ш. Общая лингвистика и вопросы фрацузского языка. – М., 1955.
2
Turniyozov N. Tilshunoslikka kirish. – Samarqand, 2006, 50-bet.
3
Qarang: Дрошевский В. Элементы лексикологии и семиотики. – М.,1973,-С.168.
5
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, til elementlarinig bir morfologik
kategoriyadan ikkinchisiga o‘tishi va o‘sha kategoriyaga mansub elementlarning
funksiyalarini bajarishi faqat sintagmatik qatorda yuz beradi.
So‘zning qaysi ma’noda va qanday funksiyada ekanligini biz faqat nutq
jarayonida konkret qo‘llangandagina belgilay olamiz. Boshqacha aytganda, so‘z
“ma’nosizdir”. Ma’no faqat u aniq qo‘llangandagina hosil bo‘ladi (A.Meye)
1
.
Shunday qilib, gapdagi har bir bevosita ishtirokchi unsur uning ajralmas bir
bo‘lagi bo‘lib, ma’lum bir funksional vazifa bajaradi. Gapning leksik-grammatik
qurilishi jarayoni til elementlarining ma’lum bir qonun-qoidaga rioya qilgani
holda, paradigmatik qatordan sintagmatik qatorga o‘tishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Gap unsurlarining har qanday funksiyasi ham bo‘shliqda emas, balki so‘zlovchi
shaxsning va nutq jarayonining munosabati doirasida yuzaga keladi. Boshqacha
aytganda, har qanday sintaktik strukturaning shakllanishi va real qo‘llanishi
so‘zlovchining nutqiy faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Til faktorlarini
so‘zlovchisiz so‘zlovchini esa, o‘z navbatida, til faktorlarisiz tasavvur etish
qiyin
2
. Mazkur haqiqat bugungi kunda yanada kuchliroq namoyon bo‘lmoqda.
Bu haqda Ye. A. Popova quyidagilarni yozadi: “Сегодня трудно представить
тот период развития языкознания, когда изучение языка проходило без
учёта человеческого фактора, а лингвистика была бесчеловечной”
3
.
Taniqli tilshunos I.V. Arnold ham inson omilining til sistemasi voqeligi
uchun ustuvor ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlaydi: “Tilni faqat o‘z
qobig‘ida uning ijodkori va egasi ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Gumanitar fanlarni, ular o‘z mohiyatiga ko‘ra inson faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lsa-da, tom ma’noda antropotsentrizm tushunchasi doirasida o‘rganish
lozim”
4
.
1
Qarang: Дрошевский В. Элементы лексикологии и семиотики. – М., 1973.-С.215.
2
Qarang: Turniyozov B. Hozirgi o‘zbek tilida teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar
derivatsiyasi. – Samarqand, 2008, 66-bet.
3
Попова Е.А.Человек как основопологающая велечина современного языкознания//
Филологические науки, 2002, №3. – С.69.
4
Арнольд И. В. Современные лингвистические теории взаимодействия системы и среды//
Вопросы языкознания, №3, 1991.-С.125-126.
6
Bu o‘rinda shuni ham aytish kerakki, tilshunoslik fan sifatida
shakllanganidan to hozirgi taraqqiyot davrigacha tilning voqe hodisa yoki
faoliyat ekanligi inson omili bilan uzviy bog‘liq bo‘lishini sanoqli
tilshunoslargina e’tirof etdilar. Umuman olganda esa, A. Nurmonov va M.
Mahkamovlar to‘g‘ri ta’kidlashganlaridek, tilni voqe hodisa tarzida o‘rganishda
inson omili e’tiborga olinmadi, deyish mumkin
1
.
Darhaqiqat, tilning har bir unsuri, fonemadan tortib so‘zgacha, inson
tafakkuri bilan bevosita bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, til inson bilan, inson
esa til bilan tirikdir. Bu o‘rinda E.Benvenistning quyidagi so‘zlarini eslash,
bizningcha, mutlaqo o‘rinlidir: “Til inson omili bilan shu qadar chuqur
bog‘liqki, bundan til boshqacharoq holatda bo‘lishi va umuman, voqe bo‘la
olishi, til deb nomlanishi mumkinmidi, degan savol tug‘ilishi tabiiydir”
2
.
E.Benvenistning mazkur fikri uzoq yillar hukm surib kelgan va tilshunoslik
fanida gegemonlik qilgan sistemotsentrik nazariyadan antropotsentrik nazariya
tomon qo‘yilgan muhim qadam edi. Benvenistning fikriga monand mulohazalar
rus tilshunoslari Yu. Stepanov va V.Zveginsevlarda ham kuzatiladi. Ammo,
shunday bo‘lsa-da, bu sohada ilmiy tadqiqot ishlari keng ko‘lamli darajaga
ko‘tarilmadi. Shu bois bugungi kunda bunday tadqiqotlar uchun jiddiy ehtiyoj
sezilmoqda. XXI asr tilshunosligi antropotsentrik xarakter kasb etishi
shubhasizdir.
Til bilan inson munosabatining uzviyligi nutqiy jarayonda yanada aniqroq
ko‘zga tashlanadi. Buni tishunoslik fanining har bir bo‘limida – fonologiyada
ham, leksikologiyada ham, morfologiya va sintaksisda ham bevosita kuzatilishi
mumkin. Zotan, tovushning artikulatsiyasi, so‘zning ma’no jihatlari va
grammatik formalari, ularning o‘zaro bog‘lanishi kabi jabhalarning har birida
inson omilini his etamiz. Bu esa, o‘z navbatida, tilning har bir unsurining nutqqa
ko‘chirilishi inson omilining ishtirokisiz ro‘y bermasligini to‘liq tan olishimiz
1
Qarang: Nurmonov A., Hakimov M. Lingvistik paradigmatikaning nazariy shakllanishi// O‘zbek tili
va adabiyoti, №4. 2001, 56-bet.
2
Бенвенист Э. Общая лингвистика. –М., 1974. – С.295.
7
lozimligini ko‘rsatadi, zero, til sistemasi belgilarining nutqda qo‘llanishiga
bo‘lgan ehtiyoj so‘zlovchining nutqiy muloqoti jarayonida tug‘iladi.
Dostları ilə paylaş: |