2
KIRISH
Tilshunoslik fani har doim taraqqiyotda va uzluksiz rivojlanishdadir.
Grammatika ilmi doirasida “transformatsion tahlil”, “derivatsion tahlil”,
“bevosita ishtirokchilar tahlili” kabi qator tushunchalar paydo bo‘ldi. Ular
o‘zbek tilshunosligida ham o‘z ifodasini topdi. Zero, xalqning milliy madaniyati
va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilini rivojlantirish, bu
tilning davlat maqomini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish davlat ahamiyatiga
molik ish
1
.
Shuni aytish kerakki, bu sohalar g‘arb tishunosligida allaqachon amalda
qo‘llanilib kelmoqda. Masalan, o‘qitish jarayonida, kompyuterlashtirish va
avtomatlashtirishda tadbiq etilmoqda. Bularning hammasi, albatta, zamon talabi
va fan-texnika taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq.
Tilshunoslik fanining hozirgi davri taraqqiyotida, aytib o‘tilganlardan
tashqari, funksional tahlil, gapning aktual bo‘laklarga bo‘linishi nazariyalari
ham dolzarb bo‘lib turibdi. Bu sohalarda ham g‘arb va rus tilshunosligida
anchagina ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi. O‘zbek tilshunosligida ham funksional
sintaksis sohasida monografik ish chop etildi
2
.
Biz ham, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, o‘zbek va koreys tillari
materiallari asosida gapning aktual bo‘laklarga bo‘linishi tahlilini qiyosiy
jihatdan o‘rganishni lozim deb topdik. Ammo, shuni
ham
eslatib
o‘tish
kerakki, til funksiyasi turlicha yo‘nalishda bo‘lishi mumkin. Zero, “funksiya”
terminining o‘zi turlicha anglashiladi. Masalan, grammatik, semantik, sintaktik
yoki formal sintaktik funksiyalarning har biri ma’lum bir mavzuning asosini
tashkil qila oladi. Chunki ularning hammasini bitta tahlil doirasiga sig‘dirib
bo‘lmaydi. Shuning uchun biz mazkur dissertatsion ishda gap unsurlarining
tema-rematik munosabatlari to‘g‘risida to‘xtalmoqchimiz.
Ishning asosiy maqsadi gap unsurlari qay darajada faol bo‘laklarga
bo‘linishi va bu jarayonda qanday vositalar katta ta’sir etishi, bu bo‘laklar
1
Karimov I. A. O‘zbekiston kelajagi duyuk davlat.–Toshkent:O‘zbekiston,1999, 19-bet.
2
Turniyozov N.Q., Turniyozova K.A.Funksional sintaksisga kirish.–Toshkent:Fan,2003.
3
koreys va o‘zbek tillarida qanday o‘zgarishini o‘rganishdan iborat. Bu masalalar
esa, bizningcha, tilshunoslik sosohasida dolzarbdir.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, “funksiya” termini tilshunoslik sohasida turli
xil yo‘nalishda o‘rganilar ekan, funksional sintaksis sohasini Praga tilshunoslik
maktabi vakillaridan V. Matezius hamda A. Martine kabi olimlar asoslab
berdilar. Ayniqsa, V. Matezius erishgan ilmiy yutuqlar diqqatga sazovordir. U
gapning mazmunan faol bo‘laklarga bo‘linishi masalasini mantiq doirasidan til
doirasiga olib o‘tib, uni til nuqtai nazaridan tahlil etgan dastlabki tilshunoslardan
biri hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, biz – o‘zbek tilshunoslari tilimizning o‘z
ichki qonun-qoidalari asosida vujudga kelgan barcha lingvistik hodisalarni jahon
tilshunosligida erishilgan yutuqlardan samarali foydalangan holda talqin
etishimiz darkor. Chunki o‘z mustaqilligiga erishgan Respublikamiz
tilshunosligi bugungi kunda ularga ehtiyoj sezmoqda deb o‘ylaymiz.
Dissertatsiyamizning asosiy maqsadi gap unsurlarining qay darajada va
qanday uslubga ko‘ra tildan nutqqa ko‘chirilishi va bu jarayonda nimalar
ta’sirida sintaktik jihatdan va funksiyasiga ko‘ra faollashuvi kabilarni
o‘rganishdan iborat. Bu masalalar esa tilshunoslik fanining hozirgi davri
taraqqiyoti uchun dolzarbdir.
Dostları ilə paylaş: