22
II BOB. FORMAL - SINTAKTIK FUNKSIYALAR
Hozirgi davrgacha til belgilarining shakily sifatlari yetarli darajada
o‘rganildi. Lekin til belgilarining ma’nosi va funksiyasi bilan bog‘liq
muammolar hali izohtalabdir. Tilning har bir belgisi nutqda, ya’ni gap tarkibida
aniq qo‘llanilgandagina o‘zining konkret ma’no ifodasiga va sintaktik
funksiyasiga ega bo‘ladi. Bugungi kunda til belgilarining o‘zaro munosabati
muammosi kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib turibdi. Bu muammo
yechimining katta bir qismi til va nutq dixotomiyasi asosida quriladigan gap
unsurlarining funksional tahlil nazariyasi bilan ham uzviy bog‘liqdir.
Tilning har qanday belgisi ham o‘zining aniq mazmuni va funksiyasiga
faqat ma’lum bir gap doirasidagina ega bo‘ladi, shu bilan birga, bu jarayonda
o‘ziga nisbatan kattaroq boshqa bir belgining tarkibiy qismi bo‘lib keladi.
Shunday ekan, belgi, agar u unga mukammallik baxsh etuvchi boshqa bir belgi
tarkibida qo‘llanila olmasa, belgi bo‘la olmaydi
1
.
Til belgisining turli ma’nolarda va funksiyalarda qo‘llanilishida nutq
jarayoni va so‘zlovchi shaxsning ham muhim o‘rni bo‘ladi. Til belgisi kichik
yoki katta bo‘lishi mumkin. Shunung uchun u fonologik, morfologik yoki
sintaktik nuqtai nazardan ham o‘rganiladi. Fonema sifatida talqin etish uchun
uni morfemalar qurshovida, morfema sifatida o‘rganish uchun uni so‘z
qurshovida, so‘z tarzida baholash uchun gap doirasida, gap sifatida o‘rganish
uchun matn tarkibida tahlil etishimiz lozim. Boshqacha aytganda, bu jarayonda
iyerarxik munosabat shakllanganligini ko‘ramiz. Shuni aytish kerakki, funksiya
so‘zini turlicha tushinish mumkin. Shuning uchun til elementlarining
funksiyalarini ularning sintaktik funksiyalaridan farq qilish va ularni lingvistik
tadqiqotning alohida sohasi sifatida talqin etish lozim.
Dostları ilə paylaş: