I bob. So‘zning funksiyasi


Bu  uylar  bari  qing‘ir-qiyshiq  paxsadan.  Lekin  uylar  ularga  qadrdon



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/77
tarix27.01.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#51657
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77
Hozirgi o`zbek va koreys tillarida gapning aktual bo`laklarga bo`linishi

Bu  uylar  bari  qing‘ir-qiyshiq  paxsadan.  Lekin  uylar  ularga  qadrdon  

(Oybek. Pokiston taassurotlari). 

그   케이크는  여전히 김이 나고  있었다.   세상 무엇과도 바꿀 수 없는 할머니의 

사랑이  베어있는  케이크였다. (박인식, tv동화 행복한 세상

, 39 bet) 

Bu  pishiriq  haligacha  issiqgina.  Dunyoda  hech  narsa  o’rnini  bosa 

olmaydigan, buvamning mehri bilan pishgan pishiriq. 

O’zbek  va  koreys  tilidagi  birinchi  gaplarda,  albatta,  uylar  hamda

케이크

 

(pishiriq)  so‘zlari  rema  vazifasida  kelmoqda.  Biroq  ikkinchi  gaplarda  mazkur 

so‘zlar tema mavqeidadir, chunki bu gaplarda xabarning yadrosi o’zbek tilidagi 

misolda qadrdon so‘zi bilan, koreys tilidagi misolda esa 

사랑이 베어있는


 (mehri 

bilan  pishgan)  so’zlari  bilan  belgilanadi.  Bunday  bo‘lishi  tabiiydir,  zotan,  biz 

muloqot  jarayonida  har  doim  aniqlikdan  noaniqlikka  qarab  boramiz  va  bunda 

xabarning markazidagi so‘z mantiqiy urg‘u bilan belgilanib boraveradi. 

Ko‘rinadiki,  V.Matezusning  gapning  aktual  bo‘laklarga  bo‘linishi 

nazariyasi  jumla  komponetlarining  kommunikativ  jarayonda  bajaradigan 



27 

vazifalarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shunga asoslanib ba’zi 

tilshunoslar  buni  funksional  tahlil  nazariyasi  deb  atashmoqdalar.  Masalan, 

yuqorida 

tilga 

olingan 


N.Slusareva, 

M.Helide 

kabi 

tilshunoslarning 



tadqiqotlarida buni kuzatishimiz mumkin. 

Bizningcha,  mazkur  masala  ancha  izohtalab  ko‘rinadi.  Chunki  gapning 

aktual  bo‘laklarining  o‘rni  jumla  tarkibida  barqaror  xarakterli  emas.  Bir  gap 

doirasida  qatnashayotgn  so‘zlarning  barchasi  tema  vazifasida  ham,  rema 

vazifasida ham kela oladi. Bu esa ularning mantiqiy urg‘u olishi bilan bevosita 

bog‘liqdir.  Mantiqiy  urg‘u  esa  muayyan  bir  so‘zga  so‘zlovchi  tomonidan  va 

tinglovchi  tomonidan  turlicha  qo‘yilishi  mumkin.  Masalan,  so‘zlovchi  alohida 

ta’kidlayotgan  so‘z    ba’zan  tinglovchida  reaksiya  uyg‘otmasligi,  uning  o‘rniga 

tinglovchi boshqa bir so‘zni ma’no jihatdan muhimroq deb bilishi ham mumkin. 

Bu  umumiy  masalaning  bir  tomonini  taqozo  etsa,  ikkinchi  tomondan,  gapning 

aktual  bo‘laklari  mantiqiy  urg‘u  bilan  uzviy  bog‘liq  ekan,  tilimizni  yana 

mantiqiy  qoidalar  bilan  to‘ldirishi  aniqdir.  Chunki  remaning  belgilanishi 

mantiqiy urg‘usiz bo‘lmaydi. Uchinchidan, mazkur nazariyani sintaktik funksiya 

bilan bog‘lash qiyin, chunki so‘zning sintaktik vazifasi muayyan bir gap sathida 

barqaror  bo‘ladi.  Ushbu  nazariyaga  muvofiq  esa,  bir  jumla  tarkibidagi  har  bir 

so‘z  tema  ham,  rema  ham  bo‘la  oladi.  Bu  jarayonda  gapning  sintaktik 

strukturasi  o‘zgarishsiz  qolaveradi.  Shuni  ta’kidlash  kerakki,  mazkur 

nazariyadan  gapning  semantik  tahlilida  foydalanish  mumkin.  Chunki  aktual 

bo‘laklar  nomi  bilan  atalayotgan  gap  unsurlari  mazmuniy  nuqtayi  nazardan 

ahamiyat kasb etadi. 

 


Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin