Ertasiga mashinada idoraga keldik (O.Husanov. Taqilmagan uzuk).
우리 병원 차로 편안하게 오파리에 갈 수 있을 겁니다. (“별이 된 도깨비 누나”,
김정환,
146 bet)
Biz kasalxona mashinasida Opariga borishimiz mumkin.
Berilgan jumlalarda Ertasiga so‘zi mustaqil semantik funksiyada kelib, ish
harakatning bajarilish vaqtini aniqlamoqda. Mashina va koreys tilidagi misolda
차
(mashina) so‘zlari esa vosita ma’nosini ifodalovchi sintaktik funksiyani
bajarishi uchun –da va -
로
(-da) affiksi ko‘magiga muhtojdir. Idora va
오파리
(atoqli ot) so‘zlari ish harakati qaratilgan makon (ob’yekt) sintaktik
funksiyasini bajarish uchun –ga va -
에
(-ga) affikslariga qaramdir. Ma’no
jihatdan esa, albatta, -da, -ga yoki -
로,
-
에
qo‘shimchalarini mashina, idora,
차
,
오파리
so‘zlari bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Shuning uchun so‘zning ma’nosi
masalasi va grammatik mazmuni bilan, asosan, leksikologiya, morfologiya
shug‘ullansa, uning funksiyasi muammosini sintaksis tekshiradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, til belgilari nutq oqimiga kiritilgach, biror bir
sintaktik yoki semantik vazifada kelishi shart. Ularning o‘zaro munosabati
doirasida esa qaysidir bir belgi funksional faollik darajasiga ko‘tarilib, bir yo‘la
ikki-uch semantik, sintaktik yoki grammatik vazifani bajarsa, ayrimlari yolg‘iz
bir funksiyada qo‘llaniladi
1
. Boshqacha aytganda, til belgilariga til nuqtai
nazaridan qaraganimizda biz ularda umumiylik, noaniqlik, nofaollik sifatlarini
ko‘ramiz, nutq nuqtai nazaridan qaraganimizda esa, har birining aniqlik va
faollik darajasiga ko‘tarilib, konkret maqsad ifodasi uchun ishlatilganligini
kuzatamiz
2
. Til bilan nutqning bir-biri bilan qarama-qarshi tomonlari mavjud
bo‘lsa-da, ular biri ikkinchisisiz yashay olmaydi. Hatto jonli nutqqa (tovush
ishtirokidagi nutqqa) ega bo‘lmagan kishilarda ham u imo-ishora orqali ifoda
1
Qarang: Арутюнова Н.Д. Предложение и его смысл. –М., 1967.-С.329.
2
Qarang: Шутова Е.И. Вопросы теории синтаксиса. –М., 1984. -С. 35.
36
qilinadi. So‘z muammosi paradigmatika tushunchasi nuqtai nazaridan
morfologiyada o‘rganilsa, sintagmatika nuqtai nazaridan sintaksisda
o‘rganilmog‘i lozim. Bunga ayniqsa koreys va o‘zbek tillarida ko‘proq zarurat
seziladi. Chunki koreys va o‘zbek tillarida sintaktik qurilmalar shakli so‘z
shakllarining yasalishi va tuzilishida qatnashuvchi elementlarning ketma-ket
joylashishi bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Hind-evropa tillarida esa
aksincha, so‘z shakllarining yasalishi va tuzilishida ishtirok etuvchi elementlar
ketma-ketligi sintaktik qurilmalar doirasidagina o‘z ifodasini topadi
1
.
O‘zbek hamda koreys tillar sintaksisi bir so‘z bilan ikkinchisining
munosabatini vujudga keltiruvchi bog‘lovchi vazifasidagi maxsus morfologik
elementlari bilan ham Hind-evropa tillari sintaksisidan keskin farq qiladi.
Koreys va o‘zbek tillarida ko‘p hollarda so‘zlarning sintaktik munosabati
yordamchi morfologik elementlar ko‘magisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnatiladi.
Shuning uchun so‘zlarning sintaktik yoki semantik vazni ham turli omillarga
ko‘ra belgilanadi. Masalan, fe’l oldidan qo‘llanilgan so‘z alohida ahamiyat kasb
etadi va mazmuni salmog‘i bilan boshqa so‘zlardan ajralib turadi.
Bizningcha, koreys va o‘zbek tillarida ana shu fe’l oldidan qo‘llanilayotgan
so‘z aksariyat hollarda mantiqiy urg‘u oladi va gapning aktual bo‘laklaridan biri
Dostları ilə paylaş: |