I bob. So‘zning funksiyasi


 Gapning aktual bo‘laklarga bo‘linishining jahon tilshunosligida



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/77
tarix27.01.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#51657
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77
Hozirgi o`zbek va koreys tillarida gapning aktual bo`laklarga bo`linishi

2. Gapning aktual bo‘laklarga bo‘linishining jahon tilshunosligida 

o‘rganilishi holati 

Ma’lumki,  gapning  faol  bo‘laklarni  aniqlashda  ohangni  nutq  jarayonining 

eng  muhim  unsurlaridan  biriga  aylantiruvchi  mantiqiy  urg‘u  katta  ahamiyatga 

ega.  Mantiqiy  urg‘uning  asosiy  vazifasi  gap  unsurlaridan  birortasini  alohida 

bo‘rttirib,  ajratib  ko‘rsatishdan  iboratdir.  Shuning  uchun  mantiqiy  urg‘u  orqali 



28 

ajratib ko‘rsatilayotgan so‘z yoki so‘z birikmasi psixologik yoki mantiqiy kesim 

sanaladi. Mantiqiy kesim gapning ma’lum bir nutq jarayonidagi eng sermazmun 

va muhim unsuri hisoblanadi. Shunga ko‘ra gap tarkibidagi boshqa so‘zlar unga 

nisbatan mantiqiy ega vazifasida keladi

1



Gapning har qanday bo‘lagi ham mantiqiy kesim vazifasida kela oladi. Bu, 

asosan, qaysi so‘zga mantiqiy urg‘u tushishiga bog‘liq. Shuning uchun ayrimlar 

bu hodisani gapning faol bo‘laklarga bo‘linishi deb nomlasalar, ayrimlar esa uni 

gapning  mazmun  nuqtai  nazardan  bo‘laklarga  bo‘linishi  deb  atashmoqda.  Har 

holda, nomlari turlicha bo‘lsa-da, ularning mohiyati bir xil. 

Gapning  mazmunan  faol  bo‘laklarga  bo‘linishi  masalasini  mantiq 

doirasidan til doirasiga olib o‘tib, uni til nuqtai nazaridan tahlil etgan dastlabki 

tishunoslardan biri chex olimi Vilen Mateziusdir. Uning nazariyasiga ko‘ra har 

bir  jumlada  xabarning  boshlanish  nuqtasi  va  uning  semantik  shaklining 

markazida turuvchi asosiy nuqtasi mavjud bo‘ladi. Xabarning boshlanish nuqtasi 

deb  e’tirof  etiladigan  so‘z  mazmunan  nafaqat  so‘zlovchi  shaxsga,  balki 

tinglovchi  shaxsga  ham  azaldan,  hech  bo‘lmaganda  nutq  ijro  etilayotgan 

muhitda  ma’lum  bo‘ladi.  Shunga  ko‘ra,  gapning  bunday  bo‘lagi  ifoda  etilishi 

lozim  bo‘lgan  yangi  xabarning  asosi,  uning  tayanch  nuqtasi  deb  ataladi. 

Xabarning  asosiy  nuqtasi  esa  jumlaning  mazmuni  markazida  turuvchi  so‘z 

orqali  ifodalanib,  u  tinglovchiga  azaldan  ma’lum  bo‘lmaydi,  balki  nutq 

jarayonida ravshanlashadi. 

Shunday  qilib,  gapning  faol  bo‘laklari  xususidagi  nazariyaning,  asosan, 

ikki  unsuri  bor:  xabarning  boshlanish  nuqtasi  va  asosiy  nuqta.  Mantiqiy  urg‘u 

har doim asosiy nuqtani ifodalovchi so‘zga tushadi. 

V.Mateziusning  ushbu  nazariyasi  jahon  tilshunosligida  ham  keng  talqin 

etildi  va  sezilarli  darajada  rivojlantirildi.  Ayniqsa,  tilshunoslikning  sintaksis 

bo‘limining  asosiy  masalalaridan  biri  bo‘lib  qoldi.  Masalan,  I.P.Raspopov, 

K.G.Krushelnitskaya,  V.G.Gak  singari  ko‘plab  tilshunoslarning  ilmiy 

tadqiqotlari bunga misol bo‘la oladi. 

                                                           

1

 

Виноградов В.В. Исследования по русской грамматике. Изб.труды.-М.,-С.277.



 


29 

Bu  masalaga  I.P.Raspopovning  “Rus  tilidagi  darak  gaplarning  faol 

bo‘laklarga  bo‘linishi  va  ularning  kommunikativ-sintaktik  turlari”  nomli 

doktorlik dissertatsiyasi bag‘ishlangan

1



I.P.Raspopov  fikriga  ko‘ra,  gapning  faol  bo‘laklarga  bo‘linishi  nazariy 



sintaksisning  asosiy  masalalaridan  biri  sanalmog‘i  lozim.  Chunki  u  gapning 

kommunikativ  vazifasi  bilan  uzviy  bog‘liq.  Gapning  markazida  uning 

kommunikativ vazifasi asosiy og‘irligini o‘ziga olgan so‘z yoki birikma turadi. 

Biroq  olim  gapning  aktual  bo‘laklarga  bo‘linishini  semantik  sintaksisning 

masalalaridan  biri  ekanligini  inkor  etadi  va  bu  haqdagi  K.G.Krushelnitskaya 

fikriga tanqidiy nazar bilan qaraydi. 

K.G.Krushelnitskaya, bizningcha, bu sohada to‘g‘ri va teran fikr bildiradi. 

Uning  ta’kidlashicha,  gapning  aktual  bo‘laklarga  bo‘linishi  masalasi  o‘z 

mohiyati va tildagi ifodalanishiga ko‘ra, garchi uni sintaksisda o‘rganishayotgan 

bo‘lsa ham, gap unsurlarining semantik tomonini taqozo etadi

2



Haqiqatdan  ham  sintaksis  va  semantika  turlicha  sohalardir.  Biroq 



sintaksisni mazmunsiz shakl tarzida va, aksincha, mazmunni ham biror bir shakl 

qolipidan  tashqarida  o‘rganish  maqsadga  muvofiq  emas.  Shu  sababli 

K.G.Krushelnitskayaning    yuqorida    aytib    o‘tgan  fikriga  to‘liq  qo‘shilish 

mumkin. 


Bundan tashqari, gapning aktual bo‘laklarga bo‘linishi so‘z tartibi masalasi 

bilan  ham  uzviy  bog‘liq.  So‘z  tartibi  o‘zgarishi  bilan  gap  unsurlarining 

kommunikativ  vazifalari  va  funksiyalari  ham  o‘zgaradi.  So‘z  tartibi  esa,  o‘z 

navbatida, so‘zlovchining so‘zlashish uslubiga ham bog‘liq. Shu sabali gapning 

aktual bo‘laklari yolg‘iz bir gap doirasida ham turlicha belgilanishi mumkin. Bu 

o‘rinda  ,  albatta,  so‘zlovchining  so‘z  tanlash  mahorati  ham  katta  ahamiyatga 

ega.  V.G.Gak  ta’kidlaganidek,  gapning  shakily  tuzilishi  ko‘p  jihatdan  uning 

unsurlarini  tanlash  va  joylashtirish,  xususan,  fe’l-kesimni  tanlash  masalasiga 

                                                           

1

 



Qarang: Raspopov I.P. Ko‘rsatilgan asar, 78-b.

 

2



 

Qarang: Krushelnitskaya K.G.  Ko‘rsatilgan asar, 58-b.

 



30 

ham  bog‘liq.  Bu  jarayonga,  shubhasiz,  gapning  aktual  bo‘laklarga  bo‘linishi 

sezilarli darajada ta’sir etadi

1



Olimning  fikriga  ko‘ra,  gap  tarkibida  maxsus  elementlar,  qo‘shimcha 

so‘zlar  yordamida  mazmuni  bo‘rttirilayotgan  so‘z  mantiqiy  urg‘u  oladi  va  u 

berilayotgan  xabarning  asosiy  nuqtasi  sanaladi.  Agar  gap  tarkibida  maxsus 

elementlar  yoki  qo‘shimcha  so‘zlar  bo‘lmasa,  u  holda  noaniq  artikl  bilan 

kelayotgan  so‘z  xabar  mazmunining  markazida  bo‘ladi.  Bordi-yu,  har  ikki 

vositaning  birortasi  ham  gapda  qatnashmayotgan  bo‘lsa,  dastlabki  so‘z 

xabarning  boshlanish  nuqtasi,  oxirgi  so‘z  esa  uning  asosiy  nuqtasi  sanaladi. 

Chunki  so‘zlashuv  jarayonida  biz  har  doim  aniqlikdan  noaniqlikka  qarab 

boramiz.  Boshqacha  aytganda,  so‘zlashishdan  asosiy  maqsad  ham  qandaydir 

yangi axborot olish yoki eski axborotni yangilashdan iborat

2



Ko‘rinadiki,  V.G.Gakning  sintaktik  nazariyasi  markazida  gap  mazmuni 



bilan  uning  shakli  o‘rtasidagi  uzviy  munosabat  turadi,  zero,  mazmunsiz  shakl 

bo‘lmaganidek,  biror  bir  shaklga  asoslanmagan  mazmun  ham  yo‘q.  Yuqorida 

berilgan fikrlar shuni ko‘rsatadiki, gapning faol bo‘laklarga bo‘linishi va uning 

tahlili  odatdagi  sintaktik  tahlil  uslubidan  farq  qiladi.  Birinchidan,  gapning 

formal-grammatik  bo‘laklari  (bosh  va  ikkinchi  darajali  bo‘laklar)  gapda  so‘z 

tartibi  o‘zgarmasa,  o‘zgarmaydi.  Faol  bo‘lakrlar  esa  so‘zlovchi  va 

tinglovchining ta’sirida o‘zgaraveradi. Ikkinchidan, formal-grammatik bo‘laklar 

asosida  sintaktik  munosabatlar  yotsa,  faol  bo‘laklar  zamirida  semantk 

munosabatlar  yotadi.  Uchinchidan,  formal-grammatik  bo‘laklarning  bosh  va 

ikkinchi darajali turlari ham mavjud bo‘lib, ular bir necha gap unsurlarini taqozo 

etadi. Faol bo‘laklar esa atigi ikki unsurdan iborat, xolos. 

Shuni  ham  eslatib  o‘tish  kerakki,  gapning  aktual  bo‘laklarga  bo‘linishi 

masalasi hozirgi zamon tilshunosligi uchun katta yangilik emas, biroq bu sohada  

qiyosiy  jihatdan,  tillarni  o‘zaro  solishtirgan  holda,  birorta  tadqiqot  ishi 

bajarilgani yo‘q. Bundan tashqari, tadqiqot ishimiz davomida shunga amin ham 

                                                           

1

 

Qarang: Gak V.G. Ko‘rsatilgan asar, 70-b.



 

2

 



Qarang: Gak V.G. Ko‘rsatilgan asar, 74-b.

 



31 

bo‘ldikki, koreys tili grammatikasida jahon tilshunosligida bajarilgan ishlarning 

birortasi o‘z aksini topganicha yo‘q. Lekin bu bilan biz jahon tilshunosligiga xos 

bo‘lgan  lingvistik  xususiyatlar  koreys  tiliga  aynan  to‘g‘ri  keladi  demoqchi 

emasmiz.  Koreys  tilida  ham  sintaksis  sohasi  bo‘yicha  bajarilgan  distributiv 

tahlil, bevosita ishtirokchilar tahlili, transformatsion tahlil, derivatsion tahlil kabi 

uslublarni  qo‘llab,  yangi  tadqiqot  ishlarini  amalga  oshirsa  bo‘ladi,  albatta.  Shu 

jihatdan  olib  qaraydigan  bo‘lsak,  o‘zbek  tilshunosligi  tilshunoslik  sohasining 

turli yo‘nalishlarida ancha oldinda ekanligia amin bo‘lamiz. Bizningcha, bunday 

ijobiy  ko‘rsatkichlarga  ega  bo‘lishimizning  sababi,  rus  tilshunosligining  ta’siri 

tufayli  bo‘lsa  kerak.  Chunki  M.N.Peterson,  A.M.Peshkovskiy,  L.N.Murzin, 

S.D.Kasnelson,  V.V.Vinogradov,  A.N.Kononov,  V.A.Zveginsev  kabi  qator  rus 

tilshunoslarining ilmiy ishlarini o‘rgangan holda o‘zbek tilshunoslari ham yangi-

yangi  tadqiqot  ishlarini amalga  oshirdilar.  Boshqacha  aytganda, bu olimlarning 

ilmiy  asarlari  orqali  o‘zbek  tilshunoslari  ham  jahon  tilshunosligida 

o‘rganilayotgan tilga oid yangiliklar bilan tanishdilar. 

Tilshunoslik  fani  taraqqiyotining  hozirgi  davriga  kelib,  gapning  aktual 

bo‘laklarga  bo‘lininshi  hodisasiga  alohida  funksional  tahlil  nazariyasi  sifatida 

qaralmoqda.  Masalan,  N.A.Slyusareva  ilmiy  ishlarida  uning  shu  tarzda  talqin 

etilganini kuzatamiz. Olim gapning faol bo‘laklarini “tema” va “rema” maxsus 

atamalari  orqali  belgilaydi.  “Tema”  gapda  berilayotgan  xabar  asosi  bo‘lsa, 

rema” xabar markazida turuvchi asosiy nuqtadir

1



SH.  Balli  “tema”  va  “sabab”  terminlaridan  foydalanadi.  SH.  Balli 



nazariyasaida “tema” modal sub’yekt, ya’ni modus, va “sabab” nutq qaratilgan 

ob’yekt,  ya’ni  diktum  demakdir.  Shuning  uchun  ham  SH.Balli  modallik 

belgilari  aks  ettirilmagan  jumlani  gap  bilan  tenglashtirib  bo‘lmasligini  aytadi. 

Modallik gapning yuragi ekanligini uqtiradi

2



Bizningcha,  gap  unsurlarining  modallik  belgisi  bir  tomondan  so‘zlovchi 



shaxs  ruhiyati  bilan  bog‘liq  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan  ularning  anglatadigan 

                                                           

1

 

Qarang: Slyusareva N.A. Ko‘rsatilgan asar, 111-b.



 

2

 



Qarang: Балли Ш. Общая лингвистика и вопросы французского языка. 

-М., 1955.-С. 44-46.

 



32 

ma’nolari  bilan  ham  uzviy  aloqadordir.  Bizningcha,  har  ikki  omil  ham  gap 

unsurlarining sintaktik funksiyalaridan uzoq turadi. 

Ushbu  masalaga  U.L.Cheyfning  to‘g‘ri  yondoshganligini  ko‘ramiz.  

Gapning  aktual  bo‘laklari  muammosini  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  so‘zlovchi  va 

tinglovchi  shaxslarning  psixologig  faoliyati  bilan  bog‘laydi.  Olimning  fikriga 

ko‘ra, har qanday semantik struktura ham kishi ongidagina fonologik shakllarga 

aylana  oladi.  Demak,  til  aqliy  jarayonni  taqozo  etadi.  Tilga  oid  har  qanday 

masalani ham kishi ongida nimalar bo‘layotganligi bilan hisoblashmasdan turib, 

tadqiq qilish mumkin emas

1



U.L.Cheyfning  mazkur  mulohazasi  ham  gapning  aktual  bo‘laklari 



nazariyasi  funksional  tahlildan  ko‘ra  ko‘proq  semantik  tahlilga  yaqin 

ekanligidan  va  u  bilan  psixologik  tilshunoslik  shug‘ullanishi  lozimligidan 

dalolat beradi. Bu holatda ikki yo‘l bo‘lishi mumkin. Agar unga mantiqiy nuqtai 

nazardan qaralsa, u bilan semantik sintaksis shug‘ullanishi lozim. Bordi-yu faol 

bo‘laklarga  kishi  ruhiyati  nuqtai  nazaridan  yondashilsa,  u  holda  psixologik 

tilshunoslik ish tutishi kerak. 

Yuqoridagilardan  tashqari,  biz  gap  unsurlarining  u  yoki  bu  tomonlari 

tavsifi  bilan  shug‘ullanar  ekanmiz,  albatta,  til  tashqi  muhiti  shart-sharoitlari 

bilan ham hisoblashmog‘imiz lozim. Chunki til tashqi muhiti til elementlarining 

faollashuvi uchun ko‘p paytlarda asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi

2



Tilning  ma’lum  bir  elementi  bir  tashqi  muhit  doirasida  o‘zining  tub 



ma’nosida  yoki  funksiyasida  qo‘llanilsa,  ikkinchi  bir  tashqi  muhit  uning 

faqatgina yasama ma’noda yoki ikkinchi darajali funksiyada qo‘llanilishi uchun 

yo‘l  beradi.  Tilning  ichki  muhiti  esa  o‘z  qonun-qoidalariga  qat’iy  bo‘ysungan 

holda  faoliyat  ko‘rsatadi.  Shuning  uchun  til  ichki  muhitida  til  belgilarining 

yasama  yoki  mavhum  ma’nolari  uning  konkret  va  tub  ma’nolaridan  kelib 

chiqadi


3

                                                           



1

 

Qarang: Чейф У. Л. Значения и структура языка.-М.,1975.-С.28.



 

2

 



Qarang: Turniyozov N.Q. , Turniyozova K.A. Funksional sintaksisga kirish.-Toshkent: “Fan”, 2003, 

23-bet.


 

3

 



Qarang: Блумфилд Л. Язык.-М., 1968.-С.465.

 



33 

Bu haqda E.Benvenist ham diqqatga sazovor fikr aytadi. Unga ko‘ra, tashqi 

muhit  tilning  konkret  qo‘llanilishining  eng  muhim  omillaridan  biri  bo‘lib,  u 

nutqimizga  ikki  xil  funksiya  beradi:  nutq  so‘zlovchi  shaxs  ongida  voqelikdagi 

voqea-hodisalarni  qaytadan  tiklaydi,  tinglovchi  ongida  esa  ana  shu  voqea-

hodisalarga nisbatan yangidan munosabat uyg‘otadi. Ana shu tarzda til kishilar 

o‘rtasidagi  aloqa  quroliga  aylanadi

1

.  So‘zlashuv  jarayonida  o‘zaro 



munosabatning  tildagi  modellari  shakli  yaratiladi,  so‘zlar  va  tushunchalarning 

nutq oqimidagi aloqalari vujudga keladi va til belgilari hosil bo‘ladi. 

Shuni aytish kerakki, tilning nutq oqimida qo‘llanilgan belgilari har doim 

faoldir. Aks holda ular nutqda qo‘llanilish imkoniyatiga ham ega bo‘la olmaydi. 

Demak,  tilning  nutq  zanjiri  tarkibida  qo‘llanilgan  har  bir  elementi  ma’lum  bir 

sintaktik vazifani ham bajaradi. Buni shunday tushunmoq kerakki, ko‘p so‘zlar 

o‘z-o‘zicha  biror  bir  tugal  ma’noni  anglata  olmaydi.  Ikkinchidan,  alohida 

olingani holda so‘zlar ko‘p ma’noli til belgilari sanalsa, gap tarkibiga kiritilgach, 

bu  imkoniyatdan  mahrum  bo‘ladi.  Uchinchidan,  ana  shunga  ko‘ra  gapning 

umumiy  ma’nosi  ham  uning  tarkibidagi  so‘zlarning  ma’noli  miqdoriga  teng 

kelmaydi

2



Ko‘rinadiki,  tilning  har  bir  belgisi,  uning  katta  yoki  kichik  bo‘lishidan 

qat’iy nazar, o‘zining aniq vazifasini nutq zanjiri doirasidagina ola oladi. Nutq 

zanjiri esa, o‘z navbatida, ayrim til elementlari qo‘llanilishini suiiste’mol qilishi 

mumkin, lekin ularning birortasini ham sintaktik yoki semantik funksiyasiz o‘z 

tarkibiga  kiritmaydi.  Shuning  uchun  ayrim  tilshunoslarning  mustaqil  ma’noli 

so‘zlar  bilan  bir  qatorda  ma’nosiz  so‘zlar  ham  mavjud,  degan  fikriga  to‘liq 

qo‘shilib  bo‘lmaydi.  Masalan,  L.Tenyer  Hind-yevropa  tillaridagi  artikllarni  va 

ayrim predloglarni ana shunday ma’nosiz so‘zlar deb hisoblaydi

3



Bizningcha,  bu  so‘zlarning  leksik  ma’nolarining  yo‘qligi  e’tiborga 



olinsagina  ma’nosiz  deyish  mumkin.  Biroq  funksiya  nuqtai  nazaridan  ularga 

bunday qarash noo‘rin. Chunku ularning funksional faolligi mustaqil mazmunli 

                                                           

1

 



Qarang: Бенвенист Э. Обшая лингвистика.-М.,1974.-С.27.

 

2



 

Qarang: Падучева Е.В. О семантике синтаксиса. –М.,1974.-С. 12.

 

3

 



Qarang: Teaniere L. Elements de syntaxe structurale, 3

e

 ed. –Paris,1976, pp.19-29.



 


34 

so‘zlarga qaraganda bir necha marotaba ziyod bo‘lishi ham  mumkin. Masalan, 

o‘zbek tilidagi -ki bog‘lovchisini olib ko‘raylik. U leksik jihatdan hech qanday 

ma’no anglatmaydi, albatta. Lekin sintaktik jihatdan shu darajada ko‘p funksiya 

bajarishi  mumkinki,  bunday  vazifada  mustaqil  so‘zlarning  ham  ko‘pchiligi 

qo‘llana olmaydi. Bundan tashqari ularning semantik funksiyalari ham mavjud. 

Masalan  tobe  komponentli  murakkab  sintaktik  qurilmalarning  qisamlari 

mazmunini  birlashtirib,  yaxlit  bir  fikr  ifodasiga  aylantirishda  uning  nafaqat 

sintaktik, balki semantik bog‘lovchi ekanligini ko‘ramiz. 

Ana  shulardan  kelib  chiqib,  har  bir  til  belgisining  sintaktik  va  semantik 

funksiyalari  uning  leksik  ma’nosi  mezoni  bilan  bog‘liq  emas  degan  xulosaga 

kelamiz. 

Til  belgisining  bunday  faolligi,  albatta,  ma’lum  bir  sintaktik  qurilma 

tarkibidagina  ro‘yobga  chiqadi.  Chunki  sintaktik  qurilma,  masalan,  jumla,  gap 

va  MSQ  (murakkab  sintaktik  qurilma)

1

 til  elementlarining  konkret  qo‘llanilishi 



uchun  ob’yekt  bo‘lishidan  tashqari,  bu  elementlarning  fonologik,  grammatik, 

semantik,  sintaktik  va  kommunikativ  ma‘no  va  sifatlarining  ham  kesishish 

nuqtasidir

2

.  Ayni  paytda  shuni  ham  aytish  kerakki,  tilning  har  bir  elementi 



shakliy  butunligini  o‘zi  tegishli  bo‘lgan  elementlar  guruhi  doirasida  oladi. 

Masalan, fonema fonologiya doirasida, morfema va so‘z morfologiya doirasida 

va hokazo. Biroq ularning ma’nolari bu guruhlar doirasiga nisbatan kengroq va 

kattaroq  ob’yektlarda  aniq  ifodasini  topadi.  Boshqacha  aytganda,  tovushlar 

mazmuni  morfema  va  so‘zlarda,  morfema  mazmuni  so‘zda,  so‘z  mazmuni  esa 

gapda  belgilanadi.  Bu  iyerarxik  jarayonga,  albatta,  ohang,  ekstralingvistik 

omillar,  so‘zlovchi  shaxsning  istak-xohishi  kabilar  ham  o‘z  ta’sirini  o‘tkazishi 

mumkin.  Chunki  yuqorida  aytib  o‘tilgan  til  belgilarining  konkret  qo‘llanilishi 

ana  shu  til  tashqi  muhiti  unsurlari  qurshovida  amalga  oshiriladi.  Til  belgilari 

nutq oqimiga kiritilgach, biror bir sintaktik yoki semantik vazifada kelishi shart. 

                                                           

1

 



Qarang: Turniyozov B. Hozirgi o‘zbek tilida teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar 

derivatsiyasi. –Samarqand, 2008.

 

2

 



Qarang: Москальская О.И. Проблемы системного описания синтаксиса.-М., 1981.-С.9.

 



35 

Shuni  ham  qayd  etish  zarurki,  so‘zlar  nutq  oqimida  biri  ikkinchisidan 

mustaqil  va  nomustaqil  holatda  funksiya  bajarishlari  bilan  ham  farq  qiladi. 

Masalan: 




Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin