2) harakatsiz belgilar jonlantiriladi va ularning boshqa belgilar bilan
42
Tema va remani aniqlashning prosodik usulida pauza va ohangning roli
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu orqali jumlaning aktual bo‘laklarga
bo‘linishini aniqlash qulaydir. Ammo bunda jumlaning ichki strukturasiga
ahamiyat berilmaydi.
Har qanday jumla ham segmentlarga (katta-kichik bo‘laklarga) bo‘linganda
fonema hamda bo‘g‘inlarga ajraladi. Bunda esa prosodik unsurlar faol ishtirok
etadi. Prosodik unsurlarning ahamiyati shundan iboratki, ular diskurs (matn)
qismlarining yaxlit holda kommunikativ butunlik hosil qilishiga yordam beradi.
Diskursning barcha segmentlari, o‘z navbatida, uning ichki yaxlitligini tashkil
etadi. Prosodik unsurlar emfotiv funksiya (psixologik-emotsional funksiya) ham
bajara oladi. So‘zlovchi kishi quyidagi prosodik vositalar yordamida remani
ta’kidlab ko‘rsatadi:
- ohang;
- urg‘u (mantiqiy urg‘u, emfatik urg‘u, fraza urg‘usi, takt urg‘usi, so‘z
urg‘usi).
Urg‘uning ahamiyati, ayniqsa, psixolingvistik jihatdan dolzarb ahamiyat
kasb etadi. Masalan, ritorik so‘roq gaplarda mantiqiy urg‘u ustunlik qiladi.,
ya’ni so‘roq ma’nosini olayotgan so‘z yoki birikma mantiqiy urg‘u bilan
bo‘rttiriladi. Masalan:
T R
Dostları ilə paylaş: