aktual bo‘laklarga bo‘linishi tabiatini o‘rganish jarayonida quyidagi xulosalarga
1. Til belgisining turli ma’nolarda va funksiyalarda qo‘llanilishida nutq
2. Til belgilari kichik ham, katta ham bo‘lishi mumkin. Shu sababli u
fonologik, morfologik yoki sintaktik nuqtayi nazardan ham o‘rganiladi. Hatto
38
bir so‘zning o‘zi ham to‘rt xil til elementi mazmunini bera oladi, ya’ni bir
paytning o‘zida fonema, morfema, so‘z va gap funksiyalarida ham kela oladi.
3. Gapning faol bo‘laklarini aniqlashda ohangni nutq jarayonining eng
muhim unsurlaridan biriga aylantiruvchi mantiqiy urg‘u katta ahamiyatga ega.
Bunda mantiqiy urg‘uning asosiy vazifasi gap unsurlaridan birortasini alohida
bo‘rttirib, ajratib ko‘rsatishdan iboratligi aniqlandi.
4. Mantiqiy urg‘u orqali ajratib ko‘rsatilayotgan so‘z yoki so‘z birikmasi
psixologik yoki mantiqiy kesim sanaladi. Mantiqiy kesim gapning ma’lum bir
nutq jarayonidagi eng sermazmun va muhim unsuri hisoblanadi. Shunga ko‘ra
gap tarkibidagi boshqa so‘zlar unga nisbatan mantiqiy ega vazfasida keladi.
5. Har bir jumlada xabarning boshlanish nuqtasi va uning semantik
shaklininng markazida turuvchi asosiy nuqtasi mavjud bo‘ladi. Xabarning
boshlanish nuqtasi deb e’tirof etiladigan so‘z mazmunan nafaqat so‘zlovchi
shaxsga, balki tinglovchi shaxsga ham azaldan, hech bo‘lmaganda nutq ijro
etilayotgan muhitda ma’lum bo‘ladi.
6. Gapning faol bo‘laklari xususidagi nazariyaning, asosan, ikki unsuri
mavjaud bo‘lib, ulardan biri, xabarning boshlanish nuqtasi ikkinchisi esa, asosiy
nuqta hisoblanadi.
7. Gapning faol bo‘laklarga bo‘linishi so‘z tartibi masalasi bilan ham uzviy
bog‘liq. So‘z tartibi o‘zgarishi bilan gap unsurlarining kommunikativ vazifalari
va funksiyalari ham o‘zgaradi.
8. Gapning shakily tuzilishi ko‘p jihatdan uning unsurlarini tanlash va
joylashtirish, xususan, fe’l-kesimni tanlash masalasiga ham bog‘liqdir. Bu
jarayonga, so‘zsiz, gapning faol bo‘laklarga bo‘linishi sezilarli darajada ta’sir
etadi.
9. Gapning faol bo‘laklarga bo‘linishi va uning tahlili odatdagi sintaktik
tahlil uslubidan farq qiladi. Gapning formal-grammatik bo‘laklari gapda so‘z
tartibi o‘zgarmasa, o‘zgarmaydi. Faol bo‘laklar esa so‘zlovchi va tinglovchining
ta’sirida o‘zgaraveradi.
39
10. Formal-grammatik bo‘laklar asosida sintaktik munosabatlar yotsa, faol
bo‘laklar zamirida semantik munosabatlar yotadi.
11. Formal-grammatik bo‘laklarning bosh va ikkinchi darajali turlari ham
mavjud bo‘lib, ular bir necha gap unsurlarini taqozo etsa, faol bo‘laklar atigi ikki
unsurdan iborat, xolos.
12. Gapning faol bo‘laklari nazariyasi funksional tahlildan ko‘ra ko‘proq
darajada semantik tahlilga yaqin ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, u bilan
psixologik tilshunoslik shug‘ullanishi lozim deb topildi.
13. Bunda, albatta, ikki yo‘l bo‘lishi mumkin: birinchidan, gapning faol
bo‘laklari mantiqiy nuqtayi nazardan qaralsa, u bilan semantik sintaksis
shug‘ullanishi lozim. Ikkinchidan, unga kishining psixologik jihati nuqtayi
nazaridan qaralsa, u bilan psixolingvistika shug‘ullansa maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
14. Yuqoridagilardan tashqari, gap unsurlarining u yoki bu tomonlari
tavsifi bilan shug‘ullanar ekanmiz, til tashqi muhiti shart-sharoitlari bilan ham
hisoblashishimiz kerak. Chunki til tashqi muhiti til elementlarining faollashuvi
uchun, ko‘p hollarda, asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: