40
III BOB. TIL UNSURLARINING FUNKSIONAL FAOLLIGI
Ko‘rib o‘tganimiz singari, har bir til belgisining sintaktik faolligini
ta’minlash uchun eng avval uni nisbatan kattaroq belgi tasarrufiga ko‘chirib
o‘tkazmoq zarur. Boshqacha aytganda, tilning har qanday belgisi ham o‘zi
mansub bo‘lgan belgilar doirasida aktuallasha olmaydi. Masalan, fonema
fonemalar ichida, morfema morfemalar qolipida, so‘z so‘z tarkibida va hokazo.
Chunki har bir belgilar turkumi shu belgilarning o‘ziga xos darajadagi zahirasi
sanaladi va ularni mavhum, umumiy tushunchalar sifatida o‘zida saqlaydi.
Shuning uchun ular iyerarxik (pog‘onali) munosabat qoidasi asosida faollik
belgisini oladi.
1
Ana shulardan kelib chiqib, til belgilarining sintaktik faollashuvini ularning
funksional faolligi bilan bir xil hodisa deb tushunmoq kerakmi, degan savol
tug‘iladi. Shuni aytish kerakki, sintaktik jihatdan faollashmagan biror bir til
belgisi na semantik, na sintaktik funksiya bajara oladi.
Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, sintagmatik zanjir doirasida muxtor
holatda faollashayotgan til belgilari har doim belgili tarzda beriladi va bunday
belgilar ma’lum bir gap orqali ifodalanayotgan xabarning umumiy mazmunini
kengaytirish yoki izohlash uchun xizmat qiladi. Biroq gap unsurlarining
semantik va sintaktik maqsadlarga ko‘ra faollashuvini bir-biridan farqlamoq
kerak. Chunki semantik maqsadga ko‘ra faollashayotgan so‘z ishtirokisiz ham
gap tuzilishi mumkin, sintaktik maqsadga ko‘ra faollashayotgan so‘z ishtirokisiz
esa gap tuzilishi mumkin emas. Shuning uchun gap unsurlarining semantik
vazni bilan sintaktik salmog‘ini har doim farqlamoq zarur. Fikrimiz isboti uchun
quyidagi misolni tahlil qilib ko‘raylik:
Dostları ilə paylaş: