18 – mavzu: iso 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar bo’yicha ishlarni tashkil etish. Reja: 1


X ALQARO ELEKTROTEXNIKA KOMISSIYASI



Yüklə 292,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix09.02.2022
ölçüsü292,01 Kb.
#52329
1   2   3   4
resources-49

X

ALQARO ELEKTROTEXNIKA KOMISSIYASI 



 

ISO/IEC 

Elektrotexnika  sohasida  xalqaro  hamkorlik  bo’yicha  ishlar  1881  –  yilda 

boshlangan. Bunda Elektr bo’yicha birinchi xalqaro kongress tuzildi. 1904 – yilda 

Sent-Luisda  (AQSH)  hukumat  vakillarining  Elektr  bo’yicha  xalqaro  kongressi 

majlisida  elektr  mashinalar  atamalarini  va  parametrlarini  standartlashtirish 

masalalari  bilan  shug’ullanuvchi  maxsus  idora  tuzish  zarurligi  to’g’risida  qaror 

qabul qilindi. 



Bunday  idora  –  Xalqaro  elektrotexnik  komissiya  (MEK)  rasmiy  ravishda 

1906 – yilda Londonda 13 mamlakat vakillarining konferentsiyasida tuzildi. 

1946  –  yilda  ISO  tuzildi  va  unga  MEK  o’zining  moliyaviy  va  tashkiliy 

masalalarda mustaqilligini saqlagan holda alohida huquqlar bilan qo’shildi. 

Bu  tashkilotlarning  sekretariatlari  hududiy  jihatdan  bir  binoda  Jenevada 

joylashgan. 

ISO  va  MEK  ning  faoliyat  sohalari  aniq  chegaralangan  –  MEK 

elektrotexnika,  elektronika,  radioaloqa,  priborsozlik  sohasida,  ISO  esa  qolgan 

barcha sohalarda standartlashtirish bilan shug’ullanadi. 

Mamlakatlar o’zlarining milliy qo’mitalari bilan MEK da qatnashadi. Milliy 

qo’mitalar  sanoatning  barcha  sohalari  manfaatlarini  ifodalaydi.  Ko’pchilik 

mamlakatlarda  bunday  milliy  tashkilotlar  qatnashadi.  Bu  bilan  bir  qatorda  ba’zi 

mamlakatlarning  MEK  da  qatnashuvchi  milliy  qo’mitalar  standartlashtirish 

bo’yicha  milliy  tashkilotlardan  mustaqil  ravishda  faoliyat  yuritadi  (masalan, 

bunday mamlakatlarga Frantsiya, GFR, Italiya, Belgiya va b. kiradi).  

Xozirgi  vaqtda  41  milliy  qo’mita  MEK  a’zosidir.  Bu  mamlakatlarda  

jahonda  ishlab  chiqariladigan  elektr  energiyaning  95  %  ni  iste’mol  qiluvchi  er 

sharining  80  %  aholisi  yashaydi.  Bular  asosan  sanoati  rivojlangan  mamlakatlar. 

SHuningdek  sanoat  tarmoqlariga  ega  bo’lgan  rivojlanib  kelayotgan  qator 

mamlakatlardan iborat. MEK ning rasmiy tili – inglizcha, frantsuzcha va ruscha. 

MEK  ning  asosiy  vazifasi  yuqorida  nomi  kelitirilgan  sohalarda  Xalqaro 

standartlarni yaratishdan iborat. 

MEK  ning  oliy  rahbar  idorasi  Kengash  bo’lib,  bunda  mamlakatlarning 

barcha  milliy  qo’mitalari  qatnashadi.  Saylanuvchi  lavozimli  shaxslarga  prezident 

uch yillik muhlatga saylanadi, vitseprezident, haznachi va bosh sekretar kiradi. 

MEK texnik idoralarining tuzilmasi ISO dagi kabi: texnik qo’mitalar (TQ), 

kichik qo’mitalar (KQ) va ishchi guruhlar (IG) dan iborat. Umuman, MEK da 80 

dan ortiq TQ bor bo’lib, bularning bir qismi xalqaro umumtexnik va tarmoqlararo 

xarakterdagi  standartlarni  (masalan,  atamalar  bo’yicha,  grafik  tasvirlar,  standart 

kuchlanishlar va chastotalar, iqlim sinovlari va b.), boshqa qismi esa, mahsulotning 

muayyan  turlari  uchun  (tarnsformatorlar,  elektron  texnika  buyumlari,  maishiy 

radioelektron apparatlari va b.) standartlarni ishlab chiqadi. 

MEK standartlarini yaratish protsedurasi uning Ustavi, Protsedura qoidalari 

va  texnik  ishlar  bo’yicha  Umumiy  direktivalar  tomonidan  belgilanadi.  Har  1-1,5 

yilda  TQ  (KQ)  majlislarda  o’z  ishlarining  dasturlarini  tuzadi  (yoki  to’g’rilaydi). 

Har  yili  MEK  dasturiga  500  gacha  va  bundan  ham  ortiq  yangi,  xalqaro 

standartlarni  yaratishni  ko’zda  tutuvchi  mavzular  kiritiladi.  MEK/ISO  ishlab 

chiqqan va 1990 yil 1 fevraldan amalga kiritilgan Direktivalarga muvofiq amaldagi 

standartni qayta ko’rib chiqish yangi mavzuni ishlab chiqish kabi qaraladi. 

ISO  kabi,  1972  yilda  MEK  o’z  tavsiyanomalarini  xalqaro  standartlar  deb 

nomladi. 

 



 

Xozirgi vaqtda 2 mingdan ortiq xalqaro MEK standartlari yaratilgan, bunda 

MEK  standartlari  o’zlarida  mahsulotga  va  mahsulotni  sinash  metodlariga  texnik 

talablarning  mavjudligi  nuqtai  nazardan  ISO  standartlariga  nisbatan  ancha  to’liq 

tuzilgan  bo’ladi.  Buni,  bir  tomondan,  MEK  ning  faoliyat  sohasiga  kirgan 

mhsulotga talablarda xavfsizlikka oid talablar asosiy hisoblanishi bilan tushuntirish 

mumkin, boshqa tomondan esa, ko’p o’n yilliklar davomida to’plangan ish tajribasi 

standartlashtirish masalalarini ancha to’liq hal qilishga imkon beradi. 

 


Yüklə 292,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin