Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/83
tarix11.02.2022
ölçüsü266,62 Kb.
#52397
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

 

OVQATLANISH ODOBLARI 

 

Ey, farzand!



 

Ovqatlanishdan oldin ikki qo‘lni yuvish sunnat. Bunga beparvo bo‘lmaslik kerak.  

Dasturxon yerga yozilgan bo‘lsa, o‘ng tizza tik tutilib, chap oyoqqa o‘tiriladi. Payg‘ambarimiz 

(s.a.v.) shunday qilgani rivoyat etilgan. 

Avval «Bismilloh» aytilib, ovqatlanish o‘ng qo‘l bilan boshlanadi. 

Sahobai ikromdan ba’zilari so‘rashdi: 

«Yo Rasululloh (s.a.v.)! Bizga ovqatlanish duolarini o‘rgatsangiz». 

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etdilar: 

«Biz qulmiz, qul kabi odob va arkon bilan ovqatlanishimiz kerak». 

Dasturxonning hamma tomoniga uzanavermasdan, taomni oldidan, luqmani kichik olish 

odobdandir. Og‘izda luqma bo‘lsa, gapirmagan yaxshi. Boshqalarning luqmalariga qaramaslik, 

ko‘ngilni qoldiradigan harakatlar qilmaslik, qahqaha otib kulmaslik, og‘izni chapillatmaslik, burun 

qoqmaslik kerak. Bular yomon odat va gunohdir. 

Ovqatlanib bo‘lgach, og‘iz va qo‘llarni yuvish sunnatdir. Bu sog‘liq uchun ham juda foydali. 

Suv ichayotganda kishi bir nafasda emas, sekin-sekin uch bo‘lib ichish va ichishda, «Bismilloh» 

aytish kerak. Ichilayotgan suvga tuflamaslik, o‘tirib yoki tiz bukib ichmoq yaxshiroqdir. 

Suvni terlab turganda va uyqudan uyg‘onar-uyg‘onmas darhol ichish to‘g‘ri emas. Bu avvalo 



Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

39

odobga, so‘ng esa sog‘liqqa to‘g‘ri kelmaydi. Farzandning ota-onasiga, ustoziga, er-xotin bir-biriga



shogird va xalifaning ustasi va piriga suv berishida bir zarar yo‘q, aksincha bu odobdir. Duch kelgan, 

tasodifiy kishidan suv so‘rash to‘g‘ri emas. 

 


Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin