Tetraedrik uglerod atomi to’yingan birikmalar va ularning hosilalariga хosdir. sp
2
-gibridlangan
holatdagi uglerod atomi uchun yassi konfiguratsiya, sp-gibridlangan uglerod atomi uchun esa chiziqli
konfiguratsiyalar хarakterlidir.
Organik birikmalarning fazoviy tuzilishini tasavvur qilish uchun molekulyar modellardan
foydalaniladi. Modellarning eng oddiysi, soddasi – bu sharsterjenli modellardir. Bu modellarda
atomlar har хil rangdagi sharlar orqali ifodalanadi. Sharlar bir-biri bilan sterjenlar orqali bog’lanadi.
a)
b)
c)
Rasm 4.2. a) metan, b) etilen, c) atsetilenlarning sharsterjenli modellari
Sharsterjenli modellar atomlarning fazoda o’zaro joylashishini ko’rsatsa-da, molekuladagi
atomlararo masofalarni, atomlarning nisbiy o’lchamini ko’rsataolmaydi. Atomlararo masofalarni,
atomlar o’lchamini, shaklini va atomlarning fazoda joylashishini aniq tasavvur etish uchun Styuart-
Brigleb modellaridan foydalaniladi. Styuart-Brigleb modellarida atomlarning shakli, atomlararo
masofalar, valent burchaklar aks ettirilgan.
a)
b)
c)
Rasm 4.3. a) metan, b) etilen, c) atsetilenlarning Styuart-Brigleb modellari
Organik birikmaning fazoviy tuzilishini tekislikda (qog’ozda) tasvirlash uchun stereokimyoviy
formulalardan foydalaniladi. Konfiguratsion izomerlar Fisherning proeksion formulalari,
konformatsion izomerlar esa Nyumenning proeksion formulalari orqali ifodalanadi.
Fazoviy izomerlar ikki turga bo’linadi: konfiguratsion va konformatsion izomerlar.
Dostları ilə paylaş: