Molekulasida qo’sh bog’ tutgan, qo’sh bog’ hosil qilgan uglerod atomlarida ikki хil
o’rinbosarlar bo’lgan to’yinmagan birikmalarining geometrik izomerlari mavjud bo’ladi.
Masalan, 1,2-diхloreten ClCH=CHCl ning molekulalari bir-biridan qo’sh bog’ tekisligiga
nisbatan o’rinbosarlarning joylashishi bilan farq qiladigan ikkita fazoviy izomerlar holida bo’ladi.
Geometrik izomerlarning konfiguratsiyasini belgilash uchun sis-, trans- va E, Z-sistemalardan
foydalaniladi. Agar molekuladagi qo’sh bog’li uglerod atomlardagi o’rinbosarlar fazoda qo’sh bog’
tekisligiga nisbatan bir tomonda joylashgan bo’lsa, bu izomer sis-, agar o’rinbosarlar qo’sh bog’
tekisligining har хil tomonida joylashgan bo’lsa – trans-izomer deyiladi.
Bu geometrik izomeriya yana sis-, trans-izomeriya deb ham yuritiladi.
Ikkita o’rinbosarlari har хil uglerod atomlarida bo’lgan alisiklik birikmalarning ham sis-, trans-
izomerlari mavjud. Bunda o’rinbosarlar siklning bir tarafida joylashgan bo’lsa, sis- yoki siklning har
хil tarafida (yuqorida, pastda) joylashgan bo’lsa, trans-izomer bo’ladi.
Sis- va trans-izomerlar o’z fizikaviy konstantalariga ega bo’lgan alohida moddalardir. Faqat π-
bog’ o’zilganda, energiya sarflanganda biridan ikkinchi izomerga o’ta oladi. O’z-o’zidan bir-biriga
aylana olmaydi. Bu izomerlardan trans-izomer barqaror bo’ladi.
Agar qo’shbog’ tutgan uglerod atomlarida har хil o’rinbosarlar bo’lsa, ularni sis-, trans-sistema
bilan nomlab bo’lmaydi, bunday paytda E, Z-sistemadan foydalaniladi.
Masalan,
E,Z-sistema bo’yicha geometrik izomerlarni belgilashda qo’sh bog’ tutgan uglerod
atomlaridagi o’rinbosarlarning kattaligi hisobga olinadi. O’rinbosarlarning kattaligi uning tarkibidagi
atomlarning tartib nomeri bilan belgilanadi. Agar katta o’rinbosarlar qo’sh bog’ tekisliginig (π-bog’
C
C H
H
Cl
Cl
C
C H
Cl
Cl
H
Dostları ilə paylaş: