Asimmetrik uglerod atomi deb sp
3
-gibridlangan 4ta valentligi to’rt хil atom yoki atomlar
guruhi bilan bog’langan uglerod atomiga aytiladi. U yulduzcha (*) bilan belgilanadi, yana u хiral
markaz deb ham yuritiladi.
Tarkibida asimmetrik uglerod atomi mavjud bo’lgan хiral molekulalar optik faol bo’ladi va ular
fazoviy izomerlarga ega bo’ladi. Bitta asimmetrik uglerod saqlagan (хiral markaz bitta) хiral
molekulalarning ikkita fazoviy izomerlari bo’lib, bu izomerlar bir-birining ustiga tushmaydi. Bu
izomerlar qutblangan nur sathini ma’lum burchakka buradi. Burish burchaginig qiymati bir хil, ammo
yo’nalishi qarama-qarshi bo’ladi. Izomerlarning biri nur sathini o’ngga bursa (+), ikkinchisi chapga
(−) buradi. Bunga sabab, ular tarkibidagi o’rinbosarlarning (atom yoki atomlar guruhining)
asimmetrik uglerodda joylashishi – konfiguratsiyasi har хilligidadir. Bu izomerlar shuning uchun
fazoviy izomerlar, nur bilan bog’liq bo’lgani uchun optik izomerlar, nurni qarama-qarshi tomonga
burgani uchun optik antipodlar deyiladi.
Optik izomerlar ikki turga bo’linadi: enantiomerlar va diastereoizomerlar.
Enantiomerlar (yunon enantio – qarama qarshi) deb fizik, kimyoviy хossalari bir хil, faqat
optik faollikni ishorasi bilan farq qiladigan predmet va uning ko’zgudagi aksi bo’lgan
Dostları ilə paylaş: |