Optik izomerlarni tekislikda tasvirlash uchun Fisherning proeksion formulalaridan
foydalaniladi. Bunda qog’oz tekisligiga tetraedrning proeksiyasi tushiriladi. Tetraedrning
proeksiyasini olish uchun uni joylashtirish qoidalari bor, buni sut kislotaning proeksion formulalarini
tuzish misolida ko’rib chiqamiz.
Oksikislotalar, aminokislotalar va boshqa geterofunksional birikmalarda tetraedr shunday
joylashtiriladiki, bunda karboksil guruh tetraedrning yuqorisida, kuzatuvchi tomonga qaragan
gorizontal qirrada vodorod atomi va gidroksil (boshqa guruh) joylashgan bo’ladi. Tetraedr markazida
joylashgan asimmetrik uglerod atomi proeksiyada karboksil bilan bog’lab turgan vertikal chiziqning
gorizontal chiziq bilan kesishgan nuqtasida joylashtiriladi va u belgi bilan ko’rsatilmaydi. Gorizontal
chiziqda kuzatuvchi tomonga qaragan o’rinbosarlar, vertikal chiziqning yuqorisiga karboksil, pastiga
kuzatuvchidan uzoqda joylashgan o’rinbosar qo’yiladi. Natijada quyidagi formulalar hosil bo’ladi:
Optik izomerlarni bir-biridan farqlash uchun ularning nisbiy konfiguratsiyasi aniqlanadi. Optik
izomerlar bir-biridan konfiguratsiyasi va qutblangan nurni burish ishorasi bilan ularni nomlashda
konfiguratsiyasi, qutblangan nurni burish yo’nalishi ko’rsatiladi. Optik faol moddalarning nisbiy
konfiguratsiyasi konfiguratsion standart sifatida olingan – glitserin aldegid optik izomerlarining
konfiguratsiyasi bilan taqqoslab aniqlanadi.
Molekulasida хiral markazli bo’lgan D- va L-stereokimyoviy qatorlarga bo’linadi. Agar
Fisherning proeksion formulasida –OH, –NH
2
, galogenlar kabi funksional guruhlar vertikal
chiziqning o’ng tomonida vodorod atomi esa chap tomonida joylashgan bo’lsa, bunday birikmalar
D-
stereokimyoviy qatorga, aksincha joylashganda esa L-stereokimyoviy qatorga kiritiladi. Har doim D-
qatordagi birikmalar qutblangan nur sathini o’ngga, L-qatordagilar esa chapga buravermaydi.
Ularning o’ngga yoki chapga burish ishoralari tajribada, polyarimetrda ko’rilib keyin qo’yiladi.
С
H
COOH
OH
CН
3
С
H
Н
3
C
COOH
HO
С
СH
3
СООН
ОН
Н
≡
С
СH
3
СООН
НО
Н
≡
СH
3
СООН
НО
Н
СH
3
СООН
Н
ОН
enantiomerlar
(optik antipodlar, ko’zgu izomerlar)
СH
2
ОН
С
НО
Н
(+) L-glitserin aldegid (−) D-glitserin aldegid
О
Н
СH
2
ОН
С
Н
ОН
О
Н
Enantiomerlarning teng miqdordagi aralashmasi
ratsemat deyiladi va u optik nooaktiv bo’ladi.
Ratsemat “r” harfi bilan yoki (±) belgi bilan belgilanadi.
Ikkita хiral markazli stereoizomerlarni vino kislota misolida
ko’rib chiqamiz. Vino kislota molekulasida ikkita asimmetrik
uglerod atomi bor.
Organik birikma tarkibida bir necha хirallik markazlari
bo’lsa, bu birikmaning stereoizomerlarini soni quyidagi Vant-Goff
formulasi bo’yicha topiladi.
N=2
n
bu erda N – stereoizomerlar soni, n – asimmetrik uglerod soni.
Vino kislotaning formula bo’yicha hisoblaganda 4ta stereoizomerlari bo’lishi kerak (N=2
2
=4).
Vino kislotaning III va IV formulalari o’zaro farq qilmaydi, chunki IV formula qog’oz sathida
180
0
ga burilsa, IV formula III formulaga mos tushadi. Demak, III va IV formulalar bitta
stereoizomerni ifodalaydi.
I va II formulalar – enantiomerlarni, III va IV formulalar – diastereoizomerlarni ifodalaydi. Bu
stereoizomerlarda bitta хiral markazning konfiguratsiyasi bir хil, ikkinchi хiral markaz
konfiguratsiyasi farq qiladi (qarama-qarshi bo’ladi).
Dostları ilə paylaş: