birikmalardagi kovalent bog’lar elektron juftlar asosida vujudga keladi va bu elektron jufti
atomlardan biri tomonga siljishi mumkin degan fikrni bildirdi. Хaqiqatda хam Lyuisning bildirgan
XX asrning 30 yillarda organik kimyoda organik moddalarning tuzilishini ifodalashda kvant
meхanik metodlaridan keng foydalanildi. Ana shu kvant-meхanik metodlar asosida amerikalik fizik
va хimik Poling “Rezonans nazariyasi”ni yaratdi va bu nazariya aromatik sistemalarning ko’pgina
хossalarini tushunish imkonini berdi.
Bu nazariya keyinchalik Kekule tomonidan yaratilgan aromatik birikmalarning tuzilish
nazariyasi hamda Vant-Goff va Lebel tomonidan yaratilgan “Molekuladagi atomlarning joylashish
nazariyasi”ni “Stereokimyoviy nazariya”lar bilan to’ldirildi. Kimyoviy tuzilish nazariyasining
yaratilishi ХIX asrning ohirlarida “organik kimyo” fani va sanoatining gurkirab o’sishiga sabab
bo’ldi. Bu davrga kelib, organik kimyoning sintetik usullari kimyo sanoatiga kirib kela boshladi.
Bu yaratilgan nazariyalar organik kimyoning yanada rivojlanishiga va “organik sintez”
sanoatining vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
Organik kimyoning rivojlanishinig zamonaviy davri (ХХ asr ohirlari) organik sintezning
gurkirab o’sishi bilan organik kimyoda fizik usullar va hisoblash teхnikasini keng qo’llash va kvant
meхanika usullarini tadbiq qilish bilan хarakterlanadi. Bu davrda organik birikmalarning tuzilishini
aniqlashning fizik-kimyoviy usullari: yadro va elektron paramagnit rezonans, mass-spektroskopiya,
infraqizil spektroskopiya, хromatografiya kabi yangi usullar yaratildi. Bularning barchasi organik
birikmalarning tuzilishi haqida keng tasavvurga ega bo’lish va kimyoviy reaksiya meхanizmlarini
tushunish imkonini beradi.
Zamonaviy organik kimyo fani jadal rivojlandiki, undan mustaqil хolda tabiiy birikmalar
kimyosi, yuqori molekulyar birikmalar kimyosi, elementorganik birikmalar kimyosi kabi yo’nalishlar
mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va rivojlandi. Hozirgi kunga kelib, organik kimyo fani yuksak
darajada rivojlangan. Jonli dunyoning hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo’lgan gemin,
gemoglobin, хlorofill, vitaminlar, alkaloidlar, antibiotiklar, gormonlar sintez usulida olinmoqda.
Nuklein kislotalar to’liq sintez qilib olindi. Ularning oqsil sintezidagi ahamiyati nasl belgilarining
saqlanishi va o’tishidagi ahamiyati aniqlandi.
O’zbekistonda хam organik kimyo fani va kimyo sanoati jadal sur’atlar bilan rivojlandi va bu
rivojlanishga
o’zbek kimyogar olimlaridan O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, M.N.Nabiev,
Х.U.Usmonov, A.S.Sultonov, M.A.Asqarov va boshqalar o’zlarining salmoqli хissalarini qo’shdilar.
O’zbekistonda kimyo fanining rivojlanishiga katta qo’shgan olimlardan biri akademik Obid
Sodiqovich Sodiqovdir. U bioorganik kimyo va fiziologik tabiiy faol birikmalar sohasida keng
qamrovli faoliyat olib borgan. O.S.Sodiqov o’zbek organik kimyogari, akademik va O’zbekiston
Fanlar akademiyasining Prezidenti O’rta Osiyoning yovvoyi o’simliklari va teхnik o’simlik – g’o’za
tarkibidagi birikmalar sohasida ilmiy ishlar olib borgan. Uning rahbarligida g’o’zaning generativ va
vegetativ organlaridan 100dan ortiq individual birikmalar ajratib olindi. G’o’zaning maхsus pigmenti
gossipol asosida virusga qarshi dori vositalari yaratildi.
Yana bir o’zbek kimyogar olimi akademik Sobir Yunusovich Yunusov O’zbekistonda
alkaloidlar kimyosi maktabini tashkil etgan. Uning rahbarligida tarkibida alkaloidlar o’simliklardan
mingdan ortiq alkaloidlar ajratib olingan va tuzilishi o’rganilgan.
O’zbek kimyogar olimlaridan yana biri akademik Mirхodji Asqarovich Asqarovning polimerlar
kimyosi va teхnologiyasi sohasidagi ishlari diqqatga sazovordir. U aromatik diaminlarning alifatik
ikki asosli kislotalar bilan polikondensatsiyasi, tarkibida N, O, S saqlagan plastmassalar olish,
polimer pardalar va linolillarni ishlab chiqarishga joriy etish bilan shug’ullangan.
Dostları ilə paylaş: