hisoblash
OATB “Asia Alliance Bank” erdan tashqari barcha asosiy vositalar
cheklangan foydalanish muddatiga ega. Foydalanish muddatining cheklanganligi
sababli ushbu asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymati butun foydali
xizmat muddati mobaynida amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida bank
xarajatlariga taqsimlanishi lozim. Asosiy vositalarning xizmat muddati ikki asosiy
sabab: jismonan eskirish (aktivlarni ishlatish, ulardan foydalanish natijasi,
shuningdek tabiiy omillar ta’siri); ma’nan eskirishi (aktivlar zamon talablariga
javob bermaydi) bilan cheklanadi. Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya
ajratmalari ular foydalanishga topshirilgan oydan keyingi oydan boshlab
hisoblanadi hamda mazkur Yo’riqnomaning VIII bo’limiga muvofiq hisobdan
chiqarilish vaqtiga qadar davom ettiriladi. Amortizatsiya xarajatlari aktivning
foydali xizmat muddati mobaynida muttasil har oyda aks ettiriladi.
Aktivning foydali xizmat muddati bank uchun ushbu aktivdan olinishi taxmin
qilinayotgan foydani baholash yo’li bilan belgilanadi. Foydali xizmat muddati
uning ishida aktiv ishlatiladigan yillarda, bajarilgan ishlar yoki ko’rsatilgan
xizmatlar hajmlarida, yo’l yurishda (agar gap avtomashinalar hakida borsa)
o’lchanishi mumkin. OATB “Asia Alliance Bank” bo’yicha aktivning foydali
xizmat muddatini belgilashda quyidagi barcha omillar hisobga olinishi lozim:
1) bank tomonidan aktivni ishlatishning kutilayotgan hajmi, aktivning taxmin
qilinayotgan quvvati yoki fizik unumdorligi bo’yicha baholanadi;
2) taxmin qilinayotgan jismonan eskirishi;
3) aktivning ma’nan eskirishi ushbu tur aktivning ishlab chiqarish
33
jarayonining o’zgarishlari yoki takomillashuvi natijasida ma’lum bo’ladi;
4) aktivdan foydalanishdagi yuridik yoki aynan shunga o’xshash cheklovlar,
bu foydalanish muddatini cheklash yoki ijara.
OATB “Asia Alliance Bank” asosiy vositalarning foydali xizmat muddati
amalga oshirilgan aktivning foydali xizmat muddatini uzaytiruvchi keyingi
xarajatlarni hisobga olgan holda, shuningdek ushbu muddatni qisqartiruvchi
texnologik o’zgartirishlarni hisobga olgan holda bank tomonidan qayta ko’rib
chiqilishi mumkin. Banklar asosiy vositalarning tugatish qiymati va foydali xizmat
muddatini hech bo’lmaganda har yilning oxirida qayta ko’rib chiqadilar.
Foydali xizmat muddati asosiy vosita holatini dastlab hisoblangan
normativlardan yuqori darajada yaxshilaydigan keyingi xarajatlar natijasida
uzaytirilishi mumkin (kapital ta’mirlash, takomillashtirish va shu kabilarda). Va
aksinsha texnologik o’zgarishlar yoki xizmatlar bozoridagi o’zgarishlar uning
foydali xizmat muddatini kamayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu hollarda
foydali xizmat muddati va, tegishlicha, amortizatsiya me’yori hisob siyosati va
buxgalteriya baholaridagi o’zgarishlar bo’yicha MHXS talablariga muvofiq joriy
va kelgusi davrlar uchun tuzatiladi
17
.
Aktivning tugatish qiymati ahamiyatli bo’lganda, u xarid sanasida yoki
aktivlarning har qanday avvalgi baholanish sanasida belgilanadi. Tugatish qiymati
aktivning foydali xizmat muddati oxirida tugatish bo’yicha kutilayotgan xarajatlar
summasiga kamaytirilishi lozim.
Quyidagi omillar amortizatsiya (eskirish) summasini aniqlashda o’z ta’sirini
ko’rsatadi:
- Boshlang’ich qiymat;
- tugatish qiymati;
- taxmin qilinayotgan foydali xizmat muddati;
- amortizatsiya (eskirish)ni hisoblash usuli.
OATB “Asia Alliance Bank” amortizatsiya hisoblashda quyidagi usullarni
qo’llash yo’li bilan hisoblanadi:
17
Kursоv V.N. Buхgaltеrskiy uchеt v kоmеrchеskоm bankе. -Mоskva.: 2008, str. 209
34
-teng maromli (to’g’ri shiziqli) hisoblash usuli;
-bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli;
- jadallashtirilgan usullar:
*yillar summasi usuli (kumulyativ usul);
*kamayib boruvshi qoldiq usuli.
OATB “Asia Alliance Bank” foydalanilaligan amortizatsiya usuli bank
aktivdan olinadigan iqtisodiy foydani iste’mol qiladigan sxemani aks ettirishi
lozim. Turli xildagi aktivlarga amortizatsiya hisoblashning turli usullarini qo’llash
mumkin. Bunda asosiy vositalarning bir turiga faqat bitta usulni qo’llash
foydalanadi.
Eskirish hisoblashning tanlangan usuli OATB “Asia Alliance Bank”ning
hisob siyosatida belgilanishi va bir hisobot davridan boshqachasiga izchillik bilan
qo’llanishi va yil davomida o’zgartirilimasligi kerak. Amortizatsiya usulini
tanlashda foydalanilayotgan ob’ektning vazifasi va mazkur usulni ushbu ob’ektga
nisbatan qo’llashning maqsadga muvofiqligidan kelib chiqish kerak.
Teng maromli (to’g’ri shiziqli) hisoblash usuli o’zgarmas eskirish
(amortizatsiya) summasini teng maromda, asosiy vositalarning foydali xizmat
muddati mobaynida ularning qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda
hisoblashga asoslanadi. Bunda quyidagi formulalarni ishlatish maqsadga
muvofiq
18
:
YES =
AQ
x AM;
AXM =
1
x 100%;
OES =
AQ
x AM,
100
AM
12 x 100
bu erda:
Dostları ilə paylaş: |