2.3. OATB “Asia Alliance Bank” asosiy vositalarni qayta baholash hisobi
OATB “Asia Alliance Bank” tomonidan asosiy vositalarni qayta baholash
asosiy vositalar ob’ektlarining Boshlang’ich qiymatini haqqoniy qiymat darajasiga
moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirish uchun amalga oshiriladi.
Agar haqqoniy qiymat etarli darajadagi ishonsh bilan baholanishi mumkin bo’lsa,
banklar bir sinf doirasidagi barcha asosiy vositalarni keyingi jamlangan
amortizatsiyasi va qiymatining tushishidan yig’ilgan zararlar chegirilgan holda
qayta baholash vaqtida ushbu ob’ektlarning haqqoniy qiymatini aks ettiruvchi
qayta baholangan qiymat bo’yicha aks ettiradilar.
Asosiy vositalar alohida ob’ekti qiymatini qayta baholash o’tkazilganda
asosiy vositalarning ushbu aktiv tegishli bo’lgan butun sinfi ham qayta baholanishi
lozim. Asosiy vositalarning sinfi (guruhi) - bankda foydalanish turi va yo’li
bo’yicha bir xil bo’lgan aktivlarning birlashuvi. Asosiy vositalarning bir sinfi
tarkibidaga ob’ektlar bir vaqtning o’zida qayta baholanadi.
25
OATB “Asia Alliance Bank” mulkida, uning xo’jalik yuritishida yoki tezkor
boshqaruvida bo’lgan barcha asosiy vositalar, shuningdek moliyaviy ijara bo’yicha
uchinchi tomonda ijarada (lizingda) bo’lgan mol-mulk, joriy ijara bo’yicha
uchinchi tomonga ijaraga berilgan mol-mulk, ishlab turgan va foydalanilmaydigan
mol-mulk, konservatsiyada bo’lgan, hisobdan chiqarishga tayyorlangan, lekin
belgilangan tartibda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan mol-mulk,
shuningdek tugallanmagan qurilish ob’ektlari va o’rnatish uchun mo’ljallangan
uskunalar qayta baholanishi lozim.
Er uchastkalari va tabiatdan foydalanish ob’ektlarining qiymati qayta
baholanmaydi.
Qayta baholash OATB “Asia Alliance Bank”tomonidan mustaqil ravishda
yoki qonun hujjatlariga muvofiq baholash faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga
ega bo’lgan mutaxassislar - ekspertlarni jalb etgan holda amalga oshiriladi. Asosiy
vositalar ob’ektlarining haqqoniy qiymati odatda ularning bozor qiymati
hisoblanadi. Agar haqqoniy qiymatni tasdiqlovchi, bozor ma’lumotlariga
asoslangan axborotlar mavud bo’lmasa, OATB “Asia Alliance Bank”daromadga
yoki almashtirishning amortizatsiyalanadigan qiymatiga asoslangan usulni qo’llab
haqqoniy qiymatni taxminan baholashi mumkin.
Asosiy vositalar qiymatining tushishi avtivlar qiymatining tushishini hisobga
olish bo’yicha MHXS talablariga muvofiq ko’rib chiqamiz.
OATB “Asia Alliance Bank” bugungi kunda qayta baholash uchun quyidagi
usullar qo’llaniladi
16
:
1. Indeks usuli.
2. Bevosita qayta baholash usuli.
Indeks usuli. Indeks usuli bilan qayta baholashda qayta baholash sanasidagi
asosiy vositalarning balans qiymati va ushbu aktivlarning jamlangan eskirishi
muayyan indeksdan foydalangan holda qayta baholanadi. So’ngra aktivlarning
qayta baholangan qiymati ularning balans qiymati va jamlangan eskirishi bilan
taqqoslanadi va farqqa tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
16
F.T. Abduvaхidоv Tijоrat banklarda buхgaltеriya hisоbi o’quv qo’llanma –TDIU- 2010 y
26
1) OATB “Asia Alliance Bank” agar aktivning qayta baholangan qiymati
uning balans qiymatidan oshsa, bu ko’payish 30908-"Boshlang’ich qiymatiga
nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi" hisobvarag’ida quyidagi
buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:
Dt 165** -
Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i;
Kt 30908 -
"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash
qiymatining oshgan summasi";
qayta baholashdan oldin va undan keyingi jamlangan eskirish summalari
o’rtasidagi farqqa:
Dt 30908 -
"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash
qiymatining oshgan summasi";
Kt 165** -
Jamlangan eskirish - Asosiy vositalarning tegishli
hisobvarag’i;
qayta baholash natijasida asosiy vosita qiymatining ko’payish summasi
xarajat sifatida tan olingan ushbu aktiv qiymatining oldingi arzonlashish
summasini qoplashi darajasidagina daromad sifatida tan olinishi lozim.
OATB “Asia Alliance Bank” qayta baholash natijasida asosiy vositalarning
haqqoniy qiymatining kamayishi xarajat sifatida tan olinadi. Ushbu summa
bevosita 30908-"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan
summasi" hisobvarag’ining tegishli moddasidan, biroq xuddi o’sha asosiy vositaga
nisbatan oldingi qo’shimcha baholash miqdori doirasida chegirib tashlanishi lozim.
Bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari bajariladi:
a) qayta baholashdan oldin va undan keyingi jamlangan eskirish summalari
o’rtasidagi farqqa:
Dt 165** -
Jamlangan eskirish - Asosiy vositalarning tegishli
hisobvarag’i;
Kt 30908 -
"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash
qiymatining oshgan summasi";
b) qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv haqqoniy qiymatining
27
kamayishi summasiga:
Dt 30908 -
"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash
qiymatining oshgan summasi"
Kt 165** -
Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i;
v) 30908-hisobvaraqda aks ettirilgan oldingi qayta baholash summasi etarli
bo’lmagan taqdirda, arzonlashgan summa va oldingi qayta baholash summasi
o’rtasidagi farq xarajat sifatida tan olinadi va 55995-"Boshqa foizsiz xarajatlar"
hisobvarag’ida aks ettiriladi. Bunda quyidagi o’tkazma qayd etiladi:
Dt 55995 -
"Boshqa foizsiz xarajatlar";
Kt 165** -
Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i.
OATB “Asia Alliance Bank” qayta baholashning indeks usulida asosiy
vositalarning har bir guruhi bo’yicha ularning xarid qilingan davrlariga bog’liq
holda har xil indeks qo’llaniladi.
OATB “Asia Alliance Bank” bevosita qayta baholash usulida. Asosiy
vositalarning to’liq tiklanish qiymati alohida ob’ektlar qiymatini baholanayotgan
aynan o’xshash bo’lgan yangi ob’ektlarning qayta baholash sanasida shakllangan,
hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo’yicha bevosita qayta hisoblash
yo’li bilan aniqlanadi.
Bevosita qayta baholash usuli qo’llanilganda ob’ektlarning to’liq tiklanish
qiymatini hujjatlar asosida tasdiqlash uchun bankning xohishiga ko’ra
quyidagilardan foydalanilishi mumkin:
1) tayyorlovchi tashkilotlar va ularning rasmiy dilerlari, tovar-xom ashyo
birjalari, ko’chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday
aktivga doir narxlar to’g’risidagi ma’lumotlar;
2) qayta baholashni o’tkazish sanasiga va asosiy fondlarni xarid qilish
sanasiga MB kurslarining nisbati sifatida belgilanadigan hisob-kitob koeffitsientini
qo’llagan holda xarid qilish sanasiga EAVda asosiy fondlarning qiymati
to’g’risidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganida) ma’lumotlar;
3) tegishli davlat organlarida mavjud bo’lgan narxlar darajasi to’g’risidagi
28
ma’lumotlar;
4) qayta baholashni o’tkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus
adabiyotlarda e’lon qilingan narxlar darajasi to’g’risidagi ma’lumotlar;
5) asosiy fondlar qiymati to’g’risida baholovchining hisoboti.
OATB “Asia Alliance Bank” asosiy vositalarni bevosita qayta baholash usuli
bilan qayta baholashda tegishli asosiy vositalarning buxgalteriya hisobida hisobga
olingan jamlangan eskirishi summasi qayta baholashdan keyingi tiklanish
qiymatini qayta baholashdan oldingi qiymatiga nisbati tariqasida hisoblab
chiqariladigan qayta hisoblash koeffitsienti bo’yicha indeksatsiyalanishi lozim.
Qayta baholashdan so’ng aktivlarning haqqoniy qiymati ularning
Boshlang’ich (tiklanish) qiymati va jamlangan eskirishi bilan taqqoslanadi va farq
summasiga mazkur Nizomning 32-bandiga muvofiq buxgalteriya o’tkazmalari
amalga oshiriladi.
OATB “Asia Alliance Bank” 30908-"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan
baholash qiymatining oshgan summasi" hisobvarag’ida aks ettirilgan qayta
baholashning ijobiy natijasi har oyda 31203-"Taqsimlanmagan foyda (aktiv-
passiv)" hisobvarag’iga hisobdan chiqariladi. Bunda qo’yida buxgalteriya
o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 30908 -
"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash
qiymatining oshgan summasi";
Kt 31203 -
"Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)".
Tegishli aktivni hisobdan chiqarishda 30908-hisobvaraqdagi qayta baholash
natijasi to’lig’icha 31203-hisobvaraqqa o’tkaziladi.
Asosiy vositalarni Indeks usulida qayta baholash va uning natijalarini
tegishli hisobvaraqlarga aks ettirish bo’yicha misolmizda ko’rib chiqamiz.
Asosiy vositalarni qayta baholashda indeks usulini qo’llash uchun har yili
navbatdagi qayta baholash bo’yicha tegishli indekslar ishlab chiqamiz va ommaviy
axborot vositalarida rasman chop etiladi.
Demak 2009 yil 25 mayda bank 480.000 so’m qiymatga ega kompyuterni
sotib oladi va uni 16535-hisobvaraqqa kirim qiladi. Eskirish me’yori yillik 20%.
29
2010 yil 1 yanvarda jamlangan eskirish summasi = 56.000 so’m;
480.000 so’m.*
x 20% = 8.000 so’m. x 7 oy = 56.000 so’m
100% x 12
2011 yil 1 yanvar holatiga ko’ra jamlangan eskirish summasi (8.000 x 19 oy)
152.000 so’mni tashkil qiladi.
2011 yil 1 yanvarda kompyuterning Boshlang’ich qiymati va jamlangan
eskirishi ommaviy axborot vositalarida chop etilgan koeffitsientga (koeffitsient 4
ga teng deb taxmin qilamiz) ko’paytiriladi.
480.000 x 4 = 1.920.000 so’m. - qayta baholashdan keyingi qiymati;
152.000 x 4 = 608.000 so’m. - qayta baholashdan keyingi jamlangan eskirish
summasi.
Olingan natijalar kompyuterning Boshlang’ich qiymati va jamlangan eskirishi
bilan taqqoslanadi hamda farq summasiga buxgalteriya o’tkazmalari amalga
oshiriladi:
1.920.000 so’m - 480.000 so’m = 1.440.000 so’m.
608.000 so’m - 152.000 so’m = 456.000 so’m.
1) Dt 16535 - "Mebel, moslama va jihozlar";
1.440.000 so’m;
Kt 30908-"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan
summasi";
2) Dt 30908 - "Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan
summasi";
456.000 so’m;
Kt 16539 - "Jamlangan eskirish - Mebel, moslama va jihozlar (kontr-aktiv)".
Buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshirilgandan so’ng hisobvaraqlar qoldig’i:
16535 = 1.920.000 so’m, 16539 = 608.000 so’m va 30908 = 984.000 so’m.
30908 - "Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan
summasi" hisobvarag’iga kiritilgan qayta baholashning musbat natijasi har oyda
31203-"Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)" hisobvarag’iga bevosita hisobdan
30
chiqariladi. Ushbu holda qayta baholashning har oyda hisobdan chiqariladigan
musbat natijasi summasi tegishli aktiv tiklash qiymatining eskirish summasi bilan
Boshlang’ich qiymatining eskirish summasi o’rtasidagi farqqa teng (ya’ni
1.920.000 so’mdan kompyuterning oylik eskirishi 32.000 so’mni va kompyuter
Boshlang’ich qiymatining eskirishi 8.000 so’mni tashkil qiladi. Farq = 24.000
so’m). Bunda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 30908 - "Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan
summasi";
24.000 so’m;
Kt 31203 - "Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)".
2. Bevosita qayta baholash usuli
a) chet el valyutasiga sotib olingan asosiy vositalar bo’yicha.
Chet el valyutasiga sotib olingan asosiy vositalarni qayta baholash uchun
qo’llaniladigan koeffitsientlar quyidagi tarzda aniqlanadi:
Shartli misolmizda, bank 2008 yil 1 avgustda qiymati 500 AQSH dollariga
teng bo’lgan kompyuterni sotib oldi va 2008 yil 1 avgustdagi Markaziy bank kursi
(1$ = 150 so’m) bo’yicha 75.000 so’mga balansga kirim qildi. 2011 yil 1
yanvardagi Markaziy bank kursi 1 AQSH dollariga nisbatan 350 so’mni tashkil
qiladi.
Chet el valyutasiga sotib olingan asosiy vositalarni qayta baholash uchun
qo’llaniladigan koeffitsient 2011 yil 1 yanvardagi (qayta baholash sanasidagi) va
asosiy vositalar xarid qilingan sanadagi Markaziy bank kurslarining nisbati
tariqasida aniqlanadi (koeffitsient 2,3 ga teng, ya’ni 350/150 = 2,3). Kompyuter 2,3
koeffitsient bo’yicha qayta baholangandan so’ng uning tiklash qiymati 75.000 x
2,3 = 172.500 so’mga, jamlangan eskirishi (2011 yil 1 yanvarda jamlangan
eskirishi 35.000 so’m) 35.000 x 2,3 = 80.500 so’mga teng.
b) milliy valyutada sotib olingan asosiy vositalar bo’yicha.
Indeks usuli uchun keltirilgan misoldan foydalanamiz. Bunda 2011 yil 1
yanvar holatiga ko’ra jamlangan eskirish summasi 152.000 so’mni (8.000 x 19 oy)
tashkil qiladi.
31
Asosiy vositalarni bevosita qayta hisoblash usuli bilan qayta baholashda
tegishli asosiy vositalarning buxgalteriya hisobida hisobga olingan jamlangan
eskirishi summasi qayta baholashdan keyingi tiklash qiymatining qayta
baholashdan oldingi qiymatga nisbati tariqasida hisoblab chiqariladigan qayta
baholash koeffitsienti bo’yicha indekslanadi.
Qayta baholangandan keyin Boshlang’ich qiymat aktivning baholangan
haqqoniy qiymati bilan taqqoslanadi. Taxmin qilamiz, ushbu kompyuterning bozor
qiymati 800.000 so’m. Ushbu holda jamlangan eskirishning qayta hisoblash
koeffitsienti 1,66 ga teng bo’ladi:
800.000 so’m / 480.000 so’m = 1,66
1,66 koeffitsient bo’yicha qayta hisoblangandan keyin jamlangan eskirish -
252.320 so’m (ya’ni 152.000 x 1,66).
Qayta baholash natijasi bo’yicha buxgalteriya o’tkazmalari:
1) Dt 16535 - "Mebel, moslama va jihozlar";
320.000 so’m;
Kt 30908 - "Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan
summasi";
2) Dt 30908 - "Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining
oshgan summasi";
100.320 so’m;
Kt 16539 - "Jamlangan eskirish - Mebel, moslama va jihozlar (kontr-aktiv)".
Buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshirilgandan so’ng hisobvaraqlar qoldig’i:
16535 = 800.000 so’m, 16539 = 252.320 so’m va 30908 = 219.680 so’m.
OATB “Asia Alliance Bank” ombordagi asosiy vositalarning qayta baholash
natijalari quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan hisobga olinadi:
1) tegishli aktivlar bo’yicha qayta baholashning ijobiy natijasi:
Dt 16561 -
"Ombordagi asosiy vositalar" - tegishli aktiv;
Kt 30908 -
"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash
qiymatining oshgan summasi";
2) qayta baholash natijasida asosiy vositalar qiymatining kamayish summasi:
32
Dt 30908 -
"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash
qiymatining oshgan summasi"
Dt 55995 -
"Boshqa foizsiz xarajatlar";
Kt 16561 -
"Ombordagi asosiy vositalar" - tegishli aktiv.
2.4. OATB “Asia Alliance Banki” asosiy vositalarning amortizatsiyasini
Dostları ilə paylaş: |