Умаров Умид Дильшод ўғли


 OATB “Asia Alliance Bank” asosiy vositalarni qayta baholash hisobi



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/31
tarix27.02.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#53187
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
tijorat banklarida asosiy vositalar va ularning buxgalteriya hisobi (1)

2.3. OATB “Asia Alliance Bank” asosiy vositalarni qayta baholash hisobi 

 

 OATB  “Asia  Alliance  Bank”  tomonidan  asosiy  vositalarni  qayta  baholash 



asosiy vositalar ob’ektlarining Boshlang’ich qiymatini haqqoniy qiymat darajasiga 

moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirish uchun amalga oshiriladi. 

Agar haqqoniy qiymat etarli darajadagi ishonsh bilan baholanishi mumkin bo’lsa, 

banklar  bir  sinf  doirasidagi  barcha  asosiy  vositalarni  keyingi  jamlangan 

amortizatsiyasi  va  qiymatining  tushishidan  yig’ilgan  zararlar  chegirilgan  holda 

qayta  baholash  vaqtida  ushbu  ob’ektlarning  haqqoniy  qiymatini  aks  ettiruvchi  

qayta baholangan qiymat bo’yicha aks ettiradilar.  

Asosiy  vositalar  alohida  ob’ekti  qiymatini  qayta  baholash  o’tkazilganda 

asosiy vositalarning ushbu aktiv tegishli bo’lgan butun sinfi ham qayta baholanishi 

lozim.  Asosiy  vositalarning  sinfi  (guruhi)  -  bankda  foydalanish  turi  va  yo’li 

bo’yicha  bir  xil  bo’lgan  aktivlarning  birlashuvi.  Asosiy  vositalarning  bir  sinfi 

tarkibidaga ob’ektlar bir vaqtning o’zida qayta baholanadi.  




 

25 


OATB “Asia Alliance Bank” mulkida, uning xo’jalik yuritishida yoki tezkor 

boshqaruvida bo’lgan barcha asosiy vositalar, shuningdek moliyaviy ijara bo’yicha 

uchinchi  tomonda  ijarada  (lizingda)  bo’lgan  mol-mulk,  joriy  ijara  bo’yicha 

uchinchi tomonga ijaraga berilgan mol-mulk, ishlab turgan va foydalanilmaydigan 

mol-mulk,  konservatsiyada  bo’lgan,  hisobdan  chiqarishga  tayyorlangan,  lekin 

belgilangan  tartibda  tegishli  hujjatlar  bilan  rasmiylashtirilmagan  mol-mulk, 

shuningdek  tugallanmagan  qurilish  ob’ektlari  va  o’rnatish  uchun  mo’ljallangan 

uskunalar qayta baholanishi lozim.  

Er  uchastkalari  va  tabiatdan  foydalanish  ob’ektlarining  qiymati  qayta 

baholanmaydi. 

Qayta  baholash  OATB  “Asia  Alliance  Bank”tomonidan  mustaqil  ravishda 

yoki  qonun  hujjatlariga  muvofiq  baholash  faoliyati  bilan  shug’ullanish  huquqiga 

ega bo’lgan mutaxassislar - ekspertlarni jalb etgan holda amalga oshiriladi. Asosiy 

vositalar  ob’ektlarining  haqqoniy  qiymati  odatda  ularning  bozor  qiymati 

hisoblanadi.  Agar  haqqoniy  qiymatni  tasdiqlovchi,  bozor  ma’lumotlariga 

asoslangan  axborotlar  mavud  bo’lmasa,  OATB  “Asia  Alliance  Bank”daromadga 

yoki almashtirishning amortizatsiyalanadigan qiymatiga asoslangan usulni qo’llab 

haqqoniy qiymatni taxminan baholashi mumkin. 

Asosiy vositalar qiymatining tushishi avtivlar qiymatining tushishini hisobga 

olish bo’yicha MHXS talablariga muvofiq ko’rib chiqamiz. 

OATB “Asia Alliance Bank” bugungi kunda qayta baholash uchun quyidagi 

usullar qo’llaniladi

16

:  


1. Indeks usuli. 

2. Bevosita qayta baholash usuli. 

 Indeks usuli. Indeks usuli bilan qayta baholashda qayta baholash sanasidagi 

asosiy  vositalarning  balans  qiymati  va  ushbu  aktivlarning  jamlangan  eskirishi 

muayyan  indeksdan  foydalangan  holda  qayta  baholanadi.  So’ngra  aktivlarning 

qayta  baholangan  qiymati  ularning  balans  qiymati  va  jamlangan  eskirishi  bilan 

taqqoslanadi va farqqa tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: 

                                                 

16

 F.T. Abduvaхidоv Tijоrat banklarda buхgaltеriya hisоbi o’quv qo’llanma –TDIU- 2010 y 




 

26 


1)  OATB  “Asia  Alliance  Bank”  agar  aktivning  qayta  baholangan  qiymati 

uning  balans  qiymatidan  oshsa,  bu  ko’payish  30908-"Boshlang’ich  qiymatiga 

nisbatan  baholash  qiymatining  oshgan  summasi"  hisobvarag’ida  quyidagi 

buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:  

     Dt 165** - 

Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i; 

 

    Kt 30908 - 



"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash 

qiymatining oshgan summasi"; 

        qayta  baholashdan  oldin  va  undan  keyingi  jamlangan  eskirish  summalari 

o’rtasidagi farqqa: 

Dt 30908 - 

"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash 

qiymatining oshgan summasi"; 

Kt 165** - 

Jamlangan eskirish - Asosiy vositalarning tegishli 

hisobvarag’i; 

qayta  baholash  natijasida  asosiy  vosita  qiymatining  ko’payish  summasi 

xarajat  sifatida  tan  olingan  ushbu  aktiv  qiymatining  oldingi  arzonlashish 

summasini qoplashi darajasidagina daromad sifatida tan olinishi lozim. 

OATB  “Asia  Alliance  Bank”  qayta  baholash  natijasida  asosiy  vositalarning 

haqqoniy  qiymatining  kamayishi  xarajat  sifatida  tan  olinadi.  Ushbu  summa 

bevosita  30908-"Boshlang’ich  qiymatiga  nisbatan  baholash  qiymatining  oshgan 

summasi" hisobvarag’ining tegishli moddasidan, biroq xuddi o’sha asosiy vositaga 

nisbatan oldingi qo’shimcha baholash miqdori doirasida chegirib tashlanishi lozim. 

Bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari bajariladi: 

a)  qayta  baholashdan  oldin  va  undan  keyingi  jamlangan  eskirish  summalari 

o’rtasidagi farqqa: 

Dt 165** - 

Jamlangan eskirish - Asosiy vositalarning tegishli 

hisobvarag’i; 

Kt 30908 - 

"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash 

qiymatining oshgan summasi"; 

b)  qayta  baholash  natijasida  aniqlangan  aktiv  haqqoniy  qiymatining 




 

27 


kamayishi summasiga: 

Dt 30908 - 

"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash 

qiymatining oshgan summasi"  

Kt 165** - 

Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i; 

   v) 30908-hisobvaraqda aks ettirilgan oldingi qayta baholash summasi etarli 

bo’lmagan  taqdirda,  arzonlashgan  summa  va  oldingi  qayta  baholash  summasi 

o’rtasidagi  farq  xarajat  sifatida  tan  olinadi  va  55995-"Boshqa  foizsiz  xarajatlar" 

hisobvarag’ida aks ettiriladi. Bunda quyidagi o’tkazma qayd etiladi: 

Dt 55995 - 

"Boshqa foizsiz xarajatlar"; 

 

Kt 165** - 



Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i. 

   OATB  “Asia  Alliance  Bank”  qayta  baholashning  indeks  usulida  asosiy 

vositalarning  har  bir  guruhi  bo’yicha  ularning  xarid  qilingan  davrlariga  bog’liq 

holda har xil indeks qo’llaniladi. 

OATB  “Asia  Alliance  Bank”  bevosita  qayta  baholash  usulida.  Asosiy 

vositalarning  to’liq  tiklanish  qiymati  alohida  ob’ektlar  qiymatini  baholanayotgan 

aynan o’xshash bo’lgan yangi ob’ektlarning qayta baholash sanasida shakllangan, 

hujjatlar  asosida  tasdiqlangan  bozor  narxlari  bo’yicha  bevosita  qayta  hisoblash 

yo’li bilan aniqlanadi. 

Bevosita  qayta  baholash  usuli  qo’llanilganda  ob’ektlarning  to’liq  tiklanish 

qiymatini  hujjatlar  asosida  tasdiqlash  uchun  bankning  xohishiga  ko’ra 

quyidagilardan foydalanilishi mumkin: 

1)  tayyorlovchi  tashkilotlar  va  ularning  rasmiy  dilerlari,  tovar-xom  ashyo 

birjalari,  ko’chmas  mulk  birjalaridan  yozma  shaklda  olingan  xuddi  shunday 

aktivga doir narxlar to’g’risidagi ma’lumotlar; 

2)  qayta  baholashni  o’tkazish  sanasiga  va  asosiy  fondlarni  xarid  qilish 

sanasiga MB kurslarining nisbati sifatida belgilanadigan hisob-kitob koeffitsientini 

qo’llagan  holda  xarid  qilish  sanasiga  EAVda  asosiy  fondlarning  qiymati 

to’g’risidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganida) ma’lumotlar; 

3)  tegishli  davlat  organlarida  mavjud  bo’lgan  narxlar  darajasi  to’g’risidagi 




 

28 


ma’lumotlar; 

4) qayta baholashni o’tkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus 

adabiyotlarda e’lon qilingan narxlar darajasi to’g’risidagi ma’lumotlar; 

5) asosiy fondlar qiymati to’g’risida baholovchining hisoboti. 

OATB “Asia Alliance Bank” asosiy vositalarni bevosita qayta baholash usuli 

bilan qayta baholashda tegishli asosiy vositalarning buxgalteriya hisobida hisobga 

olingan  jamlangan  eskirishi  summasi  qayta  baholashdan  keyingi  tiklanish 

qiymatini  qayta  baholashdan  oldingi  qiymatiga  nisbati  tariqasida  hisoblab 

chiqariladigan qayta hisoblash koeffitsienti bo’yicha indeksatsiyalanishi lozim. 

 Qayta  baholashdan  so’ng  aktivlarning  haqqoniy  qiymati  ularning 

Boshlang’ich (tiklanish) qiymati va jamlangan eskirishi bilan taqqoslanadi va farq 

summasiga  mazkur  Nizomning  32-bandiga  muvofiq  buxgalteriya  o’tkazmalari 

amalga oshiriladi.  

OATB  “Asia  Alliance  Bank”  30908-"Boshlang’ich  qiymatiga  nisbatan 

baholash  qiymatining  oshgan  summasi"  hisobvarag’ida  aks  ettirilgan  qayta 

baholashning  ijobiy  natijasi  har  oyda  31203-"Taqsimlanmagan  foyda  (aktiv-

passiv)"  hisobvarag’iga  hisobdan  chiqariladi.  Bunda  qo’yida  buxgalteriya 

o’tkazmasi amalga oshiriladi: 

 Dt 30908 - 

"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash 

qiymatining oshgan summasi"; 

Kt 31203 - 

"Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)". 

  Tegishli aktivni hisobdan chiqarishda 30908-hisobvaraqdagi qayta baholash 

natijasi to’lig’icha 31203-hisobvaraqqa o’tkaziladi.  

Asosiy  vositalarni  Indeks  usulida  qayta  baholash  va  uning  natijalarini 

tegishli hisobvaraqlarga aks ettirish bo’yicha misolmizda ko’rib chiqamiz. 

Asosiy  vositalarni  qayta  baholashda  indeks  usulini  qo’llash  uchun  har  yili 

navbatdagi qayta baholash bo’yicha tegishli indekslar ishlab chiqamiz va ommaviy 

axborot vositalarida rasman chop etiladi. 

Demak    2009  yil  25  mayda  bank  480.000  so’m  qiymatga  ega  kompyuterni 

sotib oladi va uni 16535-hisobvaraqqa kirim qiladi. Eskirish me’yori yillik 20%. 




 

29 


2010 yil 1 yanvarda jamlangan eskirish summasi = 56.000 so’m; 

        


480.000 so’m.* 

  x 20% = 8.000 so’m. x 7 oy = 56.000 so’m 

 

100% x 12 



       

2011 yil 1 yanvar holatiga ko’ra jamlangan eskirish summasi (8.000 x 19 oy) 

152.000 so’mni tashkil qiladi.  

2011  yil  1  yanvarda  kompyuterning  Boshlang’ich  qiymati  va  jamlangan 

eskirishi  ommaviy  axborot vositalarida  chop  etilgan  koeffitsientga  (koeffitsient  4 

ga teng deb taxmin qilamiz) ko’paytiriladi. 

480.000 x 4 = 1.920.000 so’m. - qayta baholashdan keyingi qiymati; 

152.000 x 4 = 608.000 so’m. - qayta baholashdan keyingi jamlangan eskirish 

summasi. 

Olingan natijalar kompyuterning Boshlang’ich qiymati va jamlangan eskirishi 

bilan  taqqoslanadi  hamda  farq  summasiga  buxgalteriya  o’tkazmalari  amalga 

oshiriladi: 

1.920.000 so’m - 480.000 so’m = 1.440.000 so’m. 

608.000 so’m - 152.000 so’m = 456.000 so’m. 

1) Dt 16535 - "Mebel, moslama va jihozlar";  

  1.440.000 so’m; 

Kt  30908-"Boshlang’ich  qiymatiga  nisbatan  baholash  qiymatining  oshgan 

summasi"; 

2) Dt 30908 - "Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan 

summasi";   

456.000 so’m; 

Kt 16539 - "Jamlangan eskirish - Mebel, moslama va jihozlar (kontr-aktiv)".  

Buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshirilgandan so’ng hisobvaraqlar qoldig’i: 

16535 = 1.920.000 so’m, 16539 = 608.000 so’m va 30908 = 984.000 so’m. 

30908  -  "Boshlang’ich  qiymatiga  nisbatan  baholash  qiymatining  oshgan 

summasi"  hisobvarag’iga  kiritilgan  qayta  baholashning  musbat  natijasi  har  oyda 

31203-"Taqsimlanmagan  foyda  (aktiv-passiv)"  hisobvarag’iga  bevosita  hisobdan 



 

30 


chiqariladi.  Ushbu  holda  qayta  baholashning  har  oyda  hisobdan  chiqariladigan 

musbat natijasi summasi tegishli aktiv tiklash qiymatining eskirish summasi bilan 

Boshlang’ich  qiymatining  eskirish  summasi  o’rtasidagi  farqqa  teng  (ya’ni 

1.920.000  so’mdan  kompyuterning  oylik  eskirishi  32.000  so’mni  va  kompyuter 

Boshlang’ich  qiymatining  eskirishi  8.000  so’mni  tashkil  qiladi.  Farq  =  24.000 

so’m). Bunda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi: 

Dt  30908  -  "Boshlang’ich  qiymatiga  nisbatan  baholash  qiymatining  oshgan 

summasi";  

24.000 so’m; 

Kt 31203 - "Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)". 

2. Bevosita qayta baholash usuli 

a) chet el valyutasiga sotib olingan asosiy vositalar bo’yicha.  

Chet  el  valyutasiga  sotib  olingan  asosiy  vositalarni  qayta  baholash  uchun 

qo’llaniladigan koeffitsientlar quyidagi tarzda aniqlanadi:  

Shartli  misolmizda,  bank  2008  yil  1  avgustda  qiymati  500  AQSH  dollariga 

teng bo’lgan kompyuterni sotib oldi va 2008 yil 1 avgustdagi Markaziy bank kursi 

(1$  =  150  so’m)  bo’yicha  75.000  so’mga  balansga  kirim  qildi.  2011  yil  1 

yanvardagi  Markaziy  bank  kursi  1  AQSH  dollariga  nisbatan  350  so’mni  tashkil 

qiladi.  

Chet  el  valyutasiga  sotib  olingan  asosiy  vositalarni  qayta  baholash  uchun 

qo’llaniladigan  koeffitsient 2011  yil  1  yanvardagi  (qayta  baholash sanasidagi) va 

asosiy  vositalar  xarid  qilingan  sanadagi  Markaziy  bank  kurslarining  nisbati 

tariqasida aniqlanadi (koeffitsient 2,3 ga teng, ya’ni 350/150 = 2,3). Kompyuter 2,3 

koeffitsient  bo’yicha  qayta  baholangandan  so’ng  uning  tiklash  qiymati  75.000  x 

2,3  =  172.500  so’mga,  jamlangan  eskirishi  (2011  yil  1  yanvarda  jamlangan 

eskirishi 35.000 so’m) 35.000 x 2,3 = 80.500 so’mga teng. 

b) milliy valyutada sotib olingan asosiy vositalar bo’yicha.  

Indeks  usuli  uchun  keltirilgan  misoldan  foydalanamiz.  Bunda  2011  yil  1 

yanvar holatiga ko’ra jamlangan eskirish summasi 152.000 so’mni (8.000 x 19 oy) 

tashkil qiladi.  




 

31 


Asosiy  vositalarni  bevosita  qayta  hisoblash  usuli  bilan  qayta  baholashda 

tegishli  asosiy  vositalarning  buxgalteriya  hisobida  hisobga  olingan  jamlangan 

eskirishi  summasi  qayta  baholashdan  keyingi  tiklash  qiymatining  qayta 

baholashdan  oldingi  qiymatga  nisbati  tariqasida  hisoblab  chiqariladigan  qayta 

baholash koeffitsienti bo’yicha indekslanadi. 

Qayta  baholangandan  keyin  Boshlang’ich  qiymat  aktivning  baholangan 

haqqoniy qiymati bilan taqqoslanadi. Taxmin qilamiz, ushbu kompyuterning bozor 

qiymati  800.000  so’m.  Ushbu  holda  jamlangan  eskirishning  qayta  hisoblash 

koeffitsienti 1,66 ga teng bo’ladi: 

800.000 so’m / 480.000 so’m = 1,66 

1,66  koeffitsient  bo’yicha  qayta  hisoblangandan  keyin  jamlangan  eskirish  - 

252.320 so’m (ya’ni 152.000 x 1,66). 

Qayta baholash natijasi bo’yicha buxgalteriya o’tkazmalari: 

1) Dt 16535 - "Mebel, moslama va jihozlar";  

320.000 so’m; 

Kt  30908  -  "Boshlang’ich  qiymatiga  nisbatan  baholash  qiymatining  oshgan 

summasi"; 

 2)  Dt  30908  -  "Boshlang’ich  qiymatiga  nisbatan  baholash  qiymatining 

oshgan summasi"; 

100.320 so’m; 

Kt 16539 - "Jamlangan eskirish - Mebel, moslama va jihozlar (kontr-aktiv)".  

Buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshirilgandan so’ng hisobvaraqlar qoldig’i: 

16535 = 800.000 so’m, 16539 = 252.320 so’m va 30908 = 219.680 so’m. 

OATB “Asia Alliance Bank” ombordagi asosiy vositalarning qayta baholash 

natijalari quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan hisobga olinadi: 

1) tegishli aktivlar bo’yicha qayta baholashning ijobiy natijasi: 

Dt 16561 - 

"Ombordagi asosiy vositalar" - tegishli aktiv; 

Kt 30908 - 

"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash 

qiymatining oshgan summasi"; 

 2) qayta baholash natijasida asosiy vositalar qiymatining kamayish summasi: 




 

32 


Dt 30908 - 

"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash 

qiymatining oshgan summasi"  

Dt 55995 - 

"Boshqa foizsiz xarajatlar"; 

Kt 16561 - 

"Ombordagi asosiy vositalar" - tegishli aktiv. 

                  

  2.4. OATB “Asia Alliance Banki” asosiy vositalarning amortizatsiyasini 


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin