Умаров Умид Дильшод ўғли



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/31
tarix27.02.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#53187
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
tijorat banklarida asosiy vositalar va ularning buxgalteriya hisobi (1)

hisoblash 

 

OATB  “Asia  Alliance  Bank”  erdan  tashqari  barcha  asosiy  vositalar 



cheklangan  foydalanish  muddatiga  ega.  Foydalanish  muddatining  cheklanganligi 

sababli  ushbu  asosiy  vositalarning  amortizatsiyalanadigan  qiymati  butun  foydali 

xizmat  muddati  mobaynida  amortizatsiya  ajratmalari  ko’rinishida  bank 

xarajatlariga taqsimlanishi lozim. Asosiy vositalarning xizmat muddati ikki asosiy 

sabab:  jismonan  eskirish  (aktivlarni  ishlatish,  ulardan  foydalanish  natijasi, 

shuningdek  tabiiy  omillar  ta’siri);  ma’nan  eskirishi  (aktivlar  zamon  talablariga 

javob  bermaydi)  bilan  cheklanadi.  Asosiy  vositalar  bo’yicha  amortizatsiya 

ajratmalari  ular  foydalanishga  topshirilgan  oydan  keyingi  oydan  boshlab 

hisoblanadi  hamda  mazkur  Yo’riqnomaning  VIII  bo’limiga  muvofiq  hisobdan 

chiqarilish  vaqtiga  qadar  davom  ettiriladi.  Amortizatsiya  xarajatlari  aktivning 

foydali xizmat muddati mobaynida muttasil har oyda aks ettiriladi. 

Aktivning foydali xizmat muddati bank uchun ushbu aktivdan olinishi taxmin 

qilinayotgan  foydani  baholash  yo’li  bilan  belgilanadi.  Foydali  xizmat  muddati 

uning  ishida  aktiv  ishlatiladigan  yillarda,  bajarilgan  ishlar  yoki  ko’rsatilgan 

xizmatlar  hajmlarida,  yo’l  yurishda  (agar  gap  avtomashinalar  hakida  borsa) 

o’lchanishi  mumkin.  OATB  “Asia  Alliance  Bank”  bo’yicha  aktivning  foydali 

xizmat muddatini belgilashda quyidagi barcha omillar hisobga olinishi lozim: 

1) bank tomonidan aktivni ishlatishning kutilayotgan hajmi, aktivning taxmin 

qilinayotgan quvvati yoki fizik unumdorligi bo’yicha baholanadi; 

2) taxmin qilinayotgan jismonan eskirishi; 

3)  aktivning  ma’nan  eskirishi  ushbu  tur  aktivning  ishlab  chiqarish 



 

33 


jarayonining o’zgarishlari yoki takomillashuvi natijasida ma’lum bo’ladi; 

4) aktivdan foydalanishdagi yuridik yoki aynan shunga o’xshash cheklovlar, 

bu foydalanish muddatini cheklash yoki ijara. 

OATB  “Asia  Alliance  Bank”  asosiy  vositalarning  foydali  xizmat  muddati 

amalga  oshirilgan  aktivning  foydali  xizmat  muddatini  uzaytiruvchi  keyingi 

xarajatlarni  hisobga  olgan  holda,  shuningdek  ushbu  muddatni  qisqartiruvchi  

texnologik  o’zgartirishlarni  hisobga  olgan  holda  bank  tomonidan  qayta  ko’rib 

chiqilishi mumkin. Banklar asosiy vositalarning tugatish qiymati va foydali xizmat 

muddatini hech bo’lmaganda har yilning oxirida qayta ko’rib chiqadilar. 

Foydali  xizmat  muddati  asosiy  vosita  holatini  dastlab  hisoblangan 

normativlardan  yuqori  darajada  yaxshilaydigan  keyingi  xarajatlar  natijasida 

uzaytirilishi  mumkin  (kapital  ta’mirlash,  takomillashtirish  va  shu  kabilarda).  Va 

aksinsha  texnologik  o’zgarishlar  yoki  xizmatlar  bozoridagi  o’zgarishlar  uning 

foydali  xizmat  muddatini  kamayishiga  olib  kelishi  mumkin.  Ushbu  hollarda 

foydali  xizmat  muddati  va,  tegishlicha,  amortizatsiya  me’yori  hisob  siyosati  va 

buxgalteriya  baholaridagi  o’zgarishlar  bo’yicha  MHXS  talablariga  muvofiq  joriy 

va kelgusi davrlar uchun tuzatiladi

17



Aktivning  tugatish  qiymati  ahamiyatli  bo’lganda,  u  xarid  sanasida  yoki 

aktivlarning har qanday avvalgi baholanish sanasida belgilanadi. Tugatish qiymati 

aktivning foydali xizmat muddati oxirida tugatish bo’yicha kutilayotgan xarajatlar 

summasiga kamaytirilishi lozim.  

Quyidagi  omillar  amortizatsiya  (eskirish)  summasini  aniqlashda  o’z  ta’sirini 

ko’rsatadi:  

- Boshlang’ich qiymat; 

- tugatish qiymati; 

- taxmin qilinayotgan foydali xizmat muddati; 

- amortizatsiya (eskirish)ni hisoblash usuli. 

OATB  “Asia  Alliance  Bank”  amortizatsiya  hisoblashda  quyidagi  usullarni 

qo’llash yo’li bilan hisoblanadi: 

                                                 

17

 Kursоv V.N. Buхgaltеrskiy uchеt v kоmеrchеskоm bankе. -Mоskva.: 2008, str. 209 




 

34 


-teng maromli (to’g’ri shiziqli) hisoblash usuli; 

-bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli; 

- jadallashtirilgan usullar: 

*yillar summasi usuli (kumulyativ usul);  

*kamayib boruvshi qoldiq usuli. 

OATB  “Asia  Alliance  Bank”  foydalanilaligan  amortizatsiya  usuli  bank 

aktivdan  olinadigan  iqtisodiy  foydani  iste’mol  qiladigan  sxemani  aks  ettirishi 

lozim. Turli xildagi aktivlarga amortizatsiya hisoblashning turli usullarini qo’llash 

mumkin.  Bunda  asosiy  vositalarning  bir  turiga  faqat  bitta  usulni  qo’llash 

foydalanadi. 

 Eskirish  hisoblashning  tanlangan  usuli  OATB  “Asia  Alliance  Bank”ning 

hisob siyosatida belgilanishi va bir hisobot davridan boshqachasiga izchillik bilan 

qo’llanishi  va  yil  davomida  o’zgartirilimasligi  kerak.  Amortizatsiya  usulini 

tanlashda foydalanilayotgan ob’ektning vazifasi va mazkur usulni ushbu ob’ektga 

nisbatan qo’llashning maqsadga muvofiqligidan kelib chiqish kerak. 

 Teng  maromli  (to’g’ri  shiziqli)  hisoblash  usuli  o’zgarmas  eskirish 

(amortizatsiya)  summasini  teng  maromda,  asosiy  vositalarning  foydali  xizmat 

muddati  mobaynida  ularning  qiymatidan  kelib  chiqqan  holda  teng  ulushlarda 

hisoblashga  asoslanadi.  Bunda  quyidagi  formulalarni  ishlatish  maqsadga 

muvofiq


18

YES = 



AQ 

 x AM; 


AXM = 

 x 100%; 



OES = 

AQ 


 x AM, 

100 


AM 

12 x 100 

     bu erda: 


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin