Умаров Умид Дильшод ўғли


 OATB “Asia Alliance Bank”da asosiy vositalarning chiqib ketishi  hamda



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/31
tarix27.02.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#53187
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
tijorat banklarida asosiy vositalar va ularning buxgalteriya hisobi (1)

3.2. OATB “Asia Alliance Bank”da asosiy vositalarning chiqib ketishi  hamda 

inventarzatsiya o’tkazish tartibi 

 

 OATB  “Asia  Alliance  Banki”  Asosiy  vositalar  balansdan  quyidagilar 



natijasida hisobdan chiqariladi

20

:  



1) to’liq jismonan yoki ma’nan eskirishi; 

2) sotilishi; 

3) tekinga berilishi; 

4) fors-major holatlarida;  

5) kamomad yoki talafot aniqlanganda;  

6)  aktivdan  foydalanishni  to’xtatish  to’g’risida  qaror  qabul  qilinganda  va 

uning chiqib ketishidan boshqa hech qanday iqtisodiy foyda kutilmaganda. 

Asosiy  vositalar  ob’ektlarining  chiqib  ketishi  yoki  sotilishidan  yuzaga 

keladigan foyda yoki zararlar aktivning chiqib ketishi yoki sotilishidan olingan sof 

tushum bilan uning sof balans qiymati o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Chiqib 

ketish  yoki  sotishdan  olinadigan  foyda  yoki  zararlar  aktiv  hisobdan  chiqarilgan 

paytda foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi. 

Foydalanilishi  to’xtatilgan  va  chiqib  ketish  uchun  mo’ljallangan  asosiy 

vositalar  aktivni  faol  foydalanishdan  chiqarish  sanasida  ularning  balans  qiymati 

bo’yicha hisobga olinadi. 

Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularning chiqib ketishida quyidagi tarzda 

aniqlanadi: 

1) eskirish summasiga: 

                                                 

20

 A.A.Tеmirоv “Tijоrat banklarida buхgaltеriya hisоbi va оpеrativ tехnika” o’quv qo’llanma.- 



Tоshkеnt-  2009y. 

 



 

44 


Dt 165** -  "Jamlangan eskirish - Asosiy vositalarning tegishli 

hisobvarag’i"; 

Kt 165** -  Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i; 

2) mazkur asosiy vositalar ob’ekti bo’yicha 30908-hisobvaraqda bor bo’lgan 

qoldiq summasiga:  

Dt 30908 -  Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash 

qiymatining oshgan summasi; 

Kt 31203 -  "Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)". 

   OATB  “Asia  Alliance  Bank”  tomonidan  hisobdan  chiqariladigan  asosiy 

vositalar sotilishi, tekinga berilishi yoki tugatilishi mumkin. 

Bu  davrda  hisobdan  chiqariladigan  asosiy  vositalar  sotilganda  quyidagi 

buxgalteriya o’tkazmalari bajariladi: 

1) agar to’lov xaridorlar tomonidan asosiy vositalar olingandan so’ng amalga 

oshirilgan holda: 

Dt 19909 -  "Olinadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy 

qimmatliklar uchun"; 

Kt 165** -  Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i; 

 2) to’lov kelib tushgandan keyingi buxgalteriya yozuvlari: 

a) aktivni sotish summasiga: 

 

Dt 



Bank vakillik hisobvarag’i yoki xaridor hisobvarag’i; 

Kt 29802 -  "To’lanadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy 

qimmatliklar va xizmatlar uchun"; 

b) agar sotish narxi asosiy vositalarning qoldiq qiymatidan katta bo’lsa: 

Dt 29802 -  "To’lanadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy 

qimmatliklar va xizmatlar uchun" - sof tushum 

summasiga (4); 

Kt 19909 -  "Olinadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy 

qimmatliklar uchun" - qoldiq qiymati; 

Kt 45909 -  "Bank mulkini sotish yoki dispozitsiya qilishdan 

foyda" - "sof tushum" va aktivning "qoldiq qiymati" 

o’rtasidagi farq; 

 v) agar sotish narxi asosiy vositalarning balans qiymatidan kichik bo’lsa: 

Dt 29802 -  "To’lanadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy 

qimmatliklar va xizmatlar uchun" - sof tushum 

summasiga; 

Dt 55902 -  "Bank asosiy vositalarini sotish va dispozitsiya 



 

45 


qilishdan ko’rilgan zararlar" - "sof tushum" va 

aktivning "qoldiq qiymati" o’rtasidagi farq; 

Kt 19909 -  "Olinadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy 

qimmatliklar uchun" - qoldiq qiymati; 

3) oldindan to’lov amalga oshirilgan holda: 

      a) aktivni sotish summasiga: 

Dt 

Bank vakillik hisobvarag’i yoki xaridor hisobvarag’i; 



Kt 29802 -  "To’lanadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy 

qimmatliklar va xizmatlar uchun"; 

b) agar sotish bahosi asosiy vositalarning qoldiq qiymatidan katta bo’lsa: 

Dt 29802 -  "To’lanadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy 

qimmatliklar va xizmatlar uchun" - sof tushum 

summasiga; 

Kt 45909 -  "Bank mulkini sotish yoki dispozitsiya qilishdan 

foyda" - "sof tushum" va aktivning "qoldiq qiymati" 

o’rtasidagi farq; 

Kt 165** -  Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i - qoldiq 

qiymati; 

v) agar sotish bahosi asosiy vositalarning qoldiq qiymatidan kichik bo’lsa:  

Dt 29802 -  "To’lanadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy 

qimmatliklar va xizmatlar uchun" - sof tushum 

summasiga; 

Dt 55902 -  "Bank asosiy vositalarini sotish va dispozitsiya 

qilishdan ko’rilgan zararlar" - "sof tushum" va 

aktivning "qoldiq qiymati" o’rtasidagi farq; 

Kt 165** -  Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i - qoldiq 

qiymati. 

OATB  “Asia  Alliance  Bank”ning  asosiy  vositalarning  sotilishi  munosabati  bilan 

hisobdan chiqarishga doir misolmizda. 

1.  Qoldiq  qiymati  50.000  so’m  bo’lgan  asosiy  vosita  70.000  so’mga  sotildi 

(undan 4.000 so’m QQS to’landi).  

1) aktivni xaridorga jo’natish (ayni paytda qoldiq qiymati balansdan hisobdan 

chiqariladi): 

Dt 19909 -  "Olinadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy 

qimmatliklar uchun"  

50 000 

so’m; 


Kt 165** -  Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i   50 000 

so’m; 


 2) aktivni sotish summasiga: 

Dt 


Bank vakillik hisobvarag’i yoki 

70 000 so’m; 




 

46 


xaridor hisobvarag’i 

Kt 29802 - 

"To’lanadigan hisobvaraqlar - 

Tovar-moddiy qimmatliklar va 

xizmatlar uchun" 

70.000 so’m; 

    3) QQS hisoblanishi: 

a) Dt 29802 - 

"To’lanadigan hisobvaraqlar - 

Tovar-moddiy qimmatliklar va 

xizmatlar uchun" 

4.000 so’m; 

Kt 22504 - 

"To’lash uchun hisoblangan boshqa 

soliqlar" 

4.000 so’m; 

   b) QQS to’lanishi: 

Dt 22504 - 

"To’lash uchun hisoblangan boshqa 

soliqlar" 

4.000 so’m; 

Kt 


Byudjetning QQS bo’yicha tegishli 

hisobvarag’i 

4.000 so’m; 

    4) QQS to’langandan so’ng qolgan summaga: 

Dt 29802 - 

"To’lanadigan hisobvaraqlar - 

Tovar-moddiy qimmatliklar va 

xizmatlar uchun" 

66.000 so’m; 

Kt 19909 - 

"Olinadigan hisobvaraqlar - Tovar-

moddiy qimmatliklar uchun" 

50.000 so’m; 

Kt 45909 - 

"Bank mulkini sotish yoki 

dispozitsiya qilishdan foyda" 

16.000 so’m. 

2. Qoldiq qiymati 50.000 so’m bo’lgan asosiy vosita 45.000 so’mga sotildi. 

1) aktivni sotish summasiga: 

Dt 


Bank vakillik hisobvarag’i yoki 

xaridor hisobvarag’i (oldindan to’lov 

amalga oshirilgan holda) 

45.000 so’m; 

Kt 29802 - 

"To’lanadigan hisobvaraqlar - 

Tovar-moddiy qimmatliklar va 

xizmatlar uchun" 

45.000 so’m 

   va ayni paytda quyidagi o’tkazma amalga oshiriladi: 




 

47 


Dt 29802 - 

"To’lanadigan hisobvaraqlar - 

Tovar-moddiy qimmatliklar va 

xizmatlar uchun" 

45.000 so’m; 

Dt 55902 - 

"Bank asosiy vositalarini sotish va 

dispozitsiya qilishdan ko’rilgan 

zararlar" 

5.000 so’m; 

Kt 165** - 

"Asosiy vositalarning tegishli 

hisobvarag’i" 

50.000 so’m. 

 To’liq  jismonan  yoki  ma’nan  eskirganligi  munosabati  bilan  yaroqsiz  holga 

kelgan, kamomad yoki talafot aniqlanganda (aybdor shaxslar aniqlanmagan holda), 

fors-major holatlarida, tekinga berilganda asosiy vositalarning qiymati belgilangan 

tartibda zararga hisobdan chiqariladi va quyidagi o’tkazma bilan rasmiylashtiriladi: 

qoldiq qiymati summasiga: 

Dt 55902 -  "Bank asosiy vositalarini sotish va dispozitsiya 

qilishdan ko’rilgan zararlar"; 

Kt 165** -  Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i. 

 OATB  “Asia  Alliance  Bank”  asosiy  vositalar  foydalanishga  yaroqli  bo’lsa, 

xizmat muddati tugaganligiga qaramay bank ulardan foydalanishni davom ettirishi 

mumkin. Bunda asosiy vositalar asosiy vositalar balansdan hisobdan chiqarilmaydi 

va eskirish hisoblanmaydi.  

Asosiy vositalar bank tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ulush sifatida 

berilganda  ularning  qiymati  tegishli  asosiy  vositalar  hisobvaraqlaridan  hisobdan 

chiqariladi.  Ustav  kapitaliga  beriladigan  asosiy  vositaning  haqqoniy  (haqiqiy) 

qiymati  15800-bo’lim  -  "Qaram  xo’jalik  jamiyatlariga,  qo’shma  korxonalarga  va 

sho’’ba  xo’jalik  jamiyatlariga  qilingan  investitsiyalar"dagi  tegishli  Investitsiyalar 

hisobvarag’iga debetlanadi. 

OATB  “Asia  Alliance  Bank”  asosiy  vositalarning  haqiqatda  mavjudligi  va 

ularning butligini nazorat qilish maqsadida bank tomonidan vaqti-vaqti bilan, biroq 

yilda  kamida  bir  marta  asosiy  vositalarni  inventarlash  o’tkaziladi.  Inventarlashni 

o’tkazish tartibi bank rahbariyati tomonidan belgilanadi. 




 

48 


OATB  “Asia  Alliance  Bank”  inventarlashda  aniqlangan  ortiqsha  asosiy 

vositalar balansga baholangan qiymati bo’yicha quyidagi tarzda kirim qilinadi:  

1) Dt 165** -    Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i;  

    Kt 45994 -    "Boshqa foizsiz daromadlar"; 

2) agar omborga kirim qilinsa: 

Dt 16561 -    "Ombordagi asosiy vositalar";  

Kt 45994 -    "Boshqa foizsiz daromadlar". 

OATB “Asia Alliance Bank” xodimining aybiga ko’ra yaroqsiz holga kelgan 

asosiy  vositalarning  qiymati  yoki  kamomad  aniqlanganda  ushbu  asosiy 

vositalarning  qiymati  qonunshilikda  belgilangan  tartibda  aybdor  va  moddiy-

javobgar  shaxslardan  undiriladi.  Zarar  miqdori,  bank  mulkiga  etkashilgan  zarar 

uchun  xodimning  moddiy  javobgarligi  shegaralari  va  tartibi  O’zbekiston 

Respublikasi  mehnat  qonunchiligiga  muvofiq  belgilanadi.  OATB  “Asia  Alliance 

Bank” Bu vaqtda quyidagi yozuv rasmiylashtiriladi: 

1) jamlangan eskirish summasiga: 

Dt 165** -  Jamlangan eskirish - Asosiy vositalarning tegishli 

hisobvarag’i; 

Kt 165**- 

Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i; 

2) agar unidirilishi lozim bo’lgan summa avtivning qoldiq qiymatidan katta 

bo’lsa: 

Dt 19908 -  "Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi olinishi 

lozim bo’lgan mablag’lar" - aybdor shaxslardan 

undirilishi lozim bo’lgan qiymatga; 

Kt 165** -  Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i - qoldiq 

qiymati; va/yoki 

Kt 45994 -  "Boshqa foizsiz daromadlar" - aktivning undirilishi 

lozim bo’lgan va qoldiq qiymati o’rtasidagi farq 

summasiga; 

  3) agar unidirilishi lozim bo’lgan summa avtivning qoldiq qiymatidan kichik 

bo’lsa: 



 

49 


Dt 19908 -  "Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi olinishi 

lozim bo’lgan mablag’lar" -undirilishi lozim bo’lgan 

summa; 

Dt 55995 -  "Boshqa foizsiz xarajatlar" - aktivning qoldiq qiymati 

va undirilishi lozim bo’lgan summa o’rtasidagi farq; 

Kt 165** -  Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i - qoldiq 

qiymati; va/yoki 

4) mablag’lar undirilganda: 

Dt 10101 -  "Aylanma kassadagi naqd pullar" va/yoki 

Dt 29803 -  "Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi to’lanishi 

lozim bo’lgan mablag’lar " (xodimning ish haqidan 

ushlab qolish); 

Kt 19908 -  "Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi olinishi 

lozim bo’lgan mablag’lar". 

          OATB  “Asia  Alliance  Bank”  foydalanishdagi  va  ombordagi  asosiy 

vositalarning  saqlanishini  nazorat  qilish  tizimdan  tashqari  ravishda  (jurnallar, 

varaqashalarda, dasturiy yo’l bilan) amalga oshirilishi mumkin.  

 


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin