3.2. OATB “Asia Alliance Bank”da asosiy vositalarning chiqib ketishi hamda
inventarzatsiya o’tkazish tartibi
OATB “Asia Alliance Banki” Asosiy vositalar balansdan quyidagilar
natijasida hisobdan chiqariladi
20
:
1) to’liq jismonan yoki ma’nan eskirishi;
2) sotilishi;
3) tekinga berilishi;
4) fors-major holatlarida;
5) kamomad yoki talafot aniqlanganda;
6) aktivdan foydalanishni to’xtatish to’g’risida qaror qabul qilinganda va
uning chiqib ketishidan boshqa hech qanday iqtisodiy foyda kutilmaganda.
Asosiy vositalar ob’ektlarining chiqib ketishi yoki sotilishidan yuzaga
keladigan foyda yoki zararlar aktivning chiqib ketishi yoki sotilishidan olingan sof
tushum bilan uning sof balans qiymati o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Chiqib
ketish yoki sotishdan olinadigan foyda yoki zararlar aktiv hisobdan chiqarilgan
paytda foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi.
Foydalanilishi to’xtatilgan va chiqib ketish uchun mo’ljallangan asosiy
vositalar aktivni faol foydalanishdan chiqarish sanasida ularning balans qiymati
bo’yicha hisobga olinadi.
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularning chiqib ketishida quyidagi tarzda
aniqlanadi:
1) eskirish summasiga:
20
A.A.Tеmirоv “Tijоrat banklarida buхgaltеriya hisоbi va оpеrativ tехnika” o’quv qo’llanma.-
Tоshkеnt- 2009y.
44
Dt 165** - "Jamlangan eskirish - Asosiy vositalarning tegishli
hisobvarag’i";
Kt 165** - Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i;
2) mazkur asosiy vositalar ob’ekti bo’yicha 30908-hisobvaraqda bor bo’lgan
qoldiq summasiga:
Dt 30908 - Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash
qiymatining oshgan summasi;
Kt 31203 - "Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)".
OATB “Asia Alliance Bank” tomonidan hisobdan chiqariladigan asosiy
vositalar sotilishi, tekinga berilishi yoki tugatilishi mumkin.
Bu davrda hisobdan chiqariladigan asosiy vositalar sotilganda quyidagi
buxgalteriya o’tkazmalari bajariladi:
1) agar to’lov xaridorlar tomonidan asosiy vositalar olingandan so’ng amalga
oshirilgan holda:
Dt 19909 - "Olinadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy
qimmatliklar uchun";
Kt 165** - Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i;
2) to’lov kelib tushgandan keyingi buxgalteriya yozuvlari:
a) aktivni sotish summasiga:
Dt
Bank vakillik hisobvarag’i yoki xaridor hisobvarag’i;
Kt 29802 - "To’lanadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy
qimmatliklar va xizmatlar uchun";
b) agar sotish narxi asosiy vositalarning qoldiq qiymatidan katta bo’lsa:
Dt 29802 - "To’lanadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy
qimmatliklar va xizmatlar uchun" - sof tushum
summasiga (4);
Kt 19909 - "Olinadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy
qimmatliklar uchun" - qoldiq qiymati;
Kt 45909 - "Bank mulkini sotish yoki dispozitsiya qilishdan
foyda" - "sof tushum" va aktivning "qoldiq qiymati"
o’rtasidagi farq;
v) agar sotish narxi asosiy vositalarning balans qiymatidan kichik bo’lsa:
Dt 29802 - "To’lanadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy
qimmatliklar va xizmatlar uchun" - sof tushum
summasiga;
Dt 55902 - "Bank asosiy vositalarini sotish va dispozitsiya
45
qilishdan ko’rilgan zararlar" - "sof tushum" va
aktivning "qoldiq qiymati" o’rtasidagi farq;
Kt 19909 - "Olinadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy
qimmatliklar uchun" - qoldiq qiymati;
3) oldindan to’lov amalga oshirilgan holda:
a) aktivni sotish summasiga:
Dt
Bank vakillik hisobvarag’i yoki xaridor hisobvarag’i;
Kt 29802 - "To’lanadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy
qimmatliklar va xizmatlar uchun";
b) agar sotish bahosi asosiy vositalarning qoldiq qiymatidan katta bo’lsa:
Dt 29802 - "To’lanadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy
qimmatliklar va xizmatlar uchun" - sof tushum
summasiga;
Kt 45909 - "Bank mulkini sotish yoki dispozitsiya qilishdan
foyda" - "sof tushum" va aktivning "qoldiq qiymati"
o’rtasidagi farq;
Kt 165** - Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i - qoldiq
qiymati;
v) agar sotish bahosi asosiy vositalarning qoldiq qiymatidan kichik bo’lsa:
Dt 29802 - "To’lanadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy
qimmatliklar va xizmatlar uchun" - sof tushum
summasiga;
Dt 55902 - "Bank asosiy vositalarini sotish va dispozitsiya
qilishdan ko’rilgan zararlar" - "sof tushum" va
aktivning "qoldiq qiymati" o’rtasidagi farq;
Kt 165** - Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i - qoldiq
qiymati.
OATB “Asia Alliance Bank”ning asosiy vositalarning sotilishi munosabati bilan
hisobdan chiqarishga doir misolmizda.
1. Qoldiq qiymati 50.000 so’m bo’lgan asosiy vosita 70.000 so’mga sotildi
(undan 4.000 so’m QQS to’landi).
1) aktivni xaridorga jo’natish (ayni paytda qoldiq qiymati balansdan hisobdan
chiqariladi):
Dt 19909 - "Olinadigan hisobvaraqlar - Tovar-moddiy
qimmatliklar uchun"
50 000
so’m;
Kt 165** - Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i 50 000
so’m;
2) aktivni sotish summasiga:
Dt
Bank vakillik hisobvarag’i yoki
70 000 so’m;
46
xaridor hisobvarag’i
Kt 29802 -
"To’lanadigan hisobvaraqlar -
Tovar-moddiy qimmatliklar va
xizmatlar uchun"
70.000 so’m;
3) QQS hisoblanishi:
a) Dt 29802 -
"To’lanadigan hisobvaraqlar -
Tovar-moddiy qimmatliklar va
xizmatlar uchun"
4.000 so’m;
Kt 22504 -
"To’lash uchun hisoblangan boshqa
soliqlar"
4.000 so’m;
b) QQS to’lanishi:
Dt 22504 -
"To’lash uchun hisoblangan boshqa
soliqlar"
4.000 so’m;
Kt
Byudjetning QQS bo’yicha tegishli
hisobvarag’i
4.000 so’m;
4) QQS to’langandan so’ng qolgan summaga:
Dt 29802 -
"To’lanadigan hisobvaraqlar -
Tovar-moddiy qimmatliklar va
xizmatlar uchun"
66.000 so’m;
Kt 19909 -
"Olinadigan hisobvaraqlar - Tovar-
moddiy qimmatliklar uchun"
50.000 so’m;
Kt 45909 -
"Bank mulkini sotish yoki
dispozitsiya qilishdan foyda"
16.000 so’m.
2. Qoldiq qiymati 50.000 so’m bo’lgan asosiy vosita 45.000 so’mga sotildi.
1) aktivni sotish summasiga:
Dt
Bank vakillik hisobvarag’i yoki
xaridor hisobvarag’i (oldindan to’lov
amalga oshirilgan holda)
45.000 so’m;
Kt 29802 -
"To’lanadigan hisobvaraqlar -
Tovar-moddiy qimmatliklar va
xizmatlar uchun"
45.000 so’m
va ayni paytda quyidagi o’tkazma amalga oshiriladi:
47
Dt 29802 -
"To’lanadigan hisobvaraqlar -
Tovar-moddiy qimmatliklar va
xizmatlar uchun"
45.000 so’m;
Dt 55902 -
"Bank asosiy vositalarini sotish va
dispozitsiya qilishdan ko’rilgan
zararlar"
5.000 so’m;
Kt 165** -
"Asosiy vositalarning tegishli
hisobvarag’i"
50.000 so’m.
To’liq jismonan yoki ma’nan eskirganligi munosabati bilan yaroqsiz holga
kelgan, kamomad yoki talafot aniqlanganda (aybdor shaxslar aniqlanmagan holda),
fors-major holatlarida, tekinga berilganda asosiy vositalarning qiymati belgilangan
tartibda zararga hisobdan chiqariladi va quyidagi o’tkazma bilan rasmiylashtiriladi:
qoldiq qiymati summasiga:
Dt 55902 - "Bank asosiy vositalarini sotish va dispozitsiya
qilishdan ko’rilgan zararlar";
Kt 165** - Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i.
OATB “Asia Alliance Bank” asosiy vositalar foydalanishga yaroqli bo’lsa,
xizmat muddati tugaganligiga qaramay bank ulardan foydalanishni davom ettirishi
mumkin. Bunda asosiy vositalar asosiy vositalar balansdan hisobdan chiqarilmaydi
va eskirish hisoblanmaydi.
Asosiy vositalar bank tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ulush sifatida
berilganda ularning qiymati tegishli asosiy vositalar hisobvaraqlaridan hisobdan
chiqariladi. Ustav kapitaliga beriladigan asosiy vositaning haqqoniy (haqiqiy)
qiymati 15800-bo’lim - "Qaram xo’jalik jamiyatlariga, qo’shma korxonalarga va
sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar"dagi tegishli Investitsiyalar
hisobvarag’iga debetlanadi.
OATB “Asia Alliance Bank” asosiy vositalarning haqiqatda mavjudligi va
ularning butligini nazorat qilish maqsadida bank tomonidan vaqti-vaqti bilan, biroq
yilda kamida bir marta asosiy vositalarni inventarlash o’tkaziladi. Inventarlashni
o’tkazish tartibi bank rahbariyati tomonidan belgilanadi.
48
OATB “Asia Alliance Bank” inventarlashda aniqlangan ortiqsha asosiy
vositalar balansga baholangan qiymati bo’yicha quyidagi tarzda kirim qilinadi:
1) Dt 165** - Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i;
Kt 45994 - "Boshqa foizsiz daromadlar";
2) agar omborga kirim qilinsa:
Dt 16561 - "Ombordagi asosiy vositalar";
Kt 45994 - "Boshqa foizsiz daromadlar".
OATB “Asia Alliance Bank” xodimining aybiga ko’ra yaroqsiz holga kelgan
asosiy vositalarning qiymati yoki kamomad aniqlanganda ushbu asosiy
vositalarning qiymati qonunshilikda belgilangan tartibda aybdor va moddiy-
javobgar shaxslardan undiriladi. Zarar miqdori, bank mulkiga etkashilgan zarar
uchun xodimning moddiy javobgarligi shegaralari va tartibi O’zbekiston
Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. OATB “Asia Alliance
Bank” Bu vaqtda quyidagi yozuv rasmiylashtiriladi:
1) jamlangan eskirish summasiga:
Dt 165** - Jamlangan eskirish - Asosiy vositalarning tegishli
hisobvarag’i;
Kt 165**-
Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i;
2) agar unidirilishi lozim bo’lgan summa avtivning qoldiq qiymatidan katta
bo’lsa:
Dt 19908 - "Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi olinishi
lozim bo’lgan mablag’lar" - aybdor shaxslardan
undirilishi lozim bo’lgan qiymatga;
Kt 165** - Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i - qoldiq
qiymati; va/yoki
Kt 45994 - "Boshqa foizsiz daromadlar" - aktivning undirilishi
lozim bo’lgan va qoldiq qiymati o’rtasidagi farq
summasiga;
3) agar unidirilishi lozim bo’lgan summa avtivning qoldiq qiymatidan kichik
bo’lsa:
49
Dt 19908 - "Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi olinishi
lozim bo’lgan mablag’lar" -undirilishi lozim bo’lgan
summa;
Dt 55995 - "Boshqa foizsiz xarajatlar" - aktivning qoldiq qiymati
va undirilishi lozim bo’lgan summa o’rtasidagi farq;
Kt 165** - Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i - qoldiq
qiymati; va/yoki
4) mablag’lar undirilganda:
Dt 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" va/yoki
Dt 29803 - "Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi to’lanishi
lozim bo’lgan mablag’lar " (xodimning ish haqidan
ushlab qolish);
Kt 19908 - "Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi olinishi
lozim bo’lgan mablag’lar".
OATB “Asia Alliance Bank” foydalanishdagi va ombordagi asosiy
vositalarning saqlanishini nazorat qilish tizimdan tashqari ravishda (jurnallar,
varaqashalarda, dasturiy yo’l bilan) amalga oshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |